O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Onlayn muloqotda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
Xalqaro

Onlayn muloqotda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

BAAning Muhammad bin Zayd gumanitar fanlar universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Onlayn uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev va tarjimon Bahodir Pirmuhammedov ishtirok etdilar.Mazkur muloqot Akademiya talabalari uchun Muhammad bin Zayd gumanitar fanlar universiteti tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan toʻliq grant va almashinuv dasturlarini muhokama etish uchun tashkil etildi.Uchrashuv avvalida universitet Qabul va registratsiya boshqarmasi boshqarmasi boshligʻi Xalifa al-Mehrazi universitetning Akademiyaga tashrifi doirasida koʻrsatilgan mehmondoʻstlik va samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi hamkorlikning oʻzaro manfaatli boʻlishiga ishonch bildirdi.Xalifa al-Mehrazi avvalo bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlariga a

Batafsil
Akademiyaga Eronning Dinlar va mazhablar universiteti rektori tashrif buyurdi
Xalqaro

Akademiyaga Eronning Dinlar va mazhablar universiteti rektori tashrif buyurdi

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Eron Islom Respublikasi Din va mazhablar universiteti rektori Sayyid Abulhasan Navvob va Toshkentdagi Eron Islom Respublikasi Elchixonasi Madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi Amir Said Karami tashrif buyurdi.Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, rektor maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov va Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdilar.Dastlab mehmonga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.Akademiya rektori so‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosati sababli dunyoning barcha mamla

Batafsil
Xorijlik ekspert tomonidan Akademiyaning gender tenglik va ayollar huquqlari borasidagi ishlari e’tirof etildi
Xalqaro

Xorijlik ekspert tomonidan Akademiyaning gender tenglik va ayollar huquqlari borasidagi ishlari e’tirof etildi

BMT Aholishunoslik jamg‘armasi UNFPA Gumanitar va taraqqiyotni baholash bo‘yicha eksperti Ketrin Luiz Tong boshchiligidagi delegatsiya Akademiyada mehmon bo‘ldi. Mazkur uchrashuv Akademiya mutaxassislari tomonidan gender tenglik masalasida amalga oshirilgan ishlar, to‘plangan tajriba bilan tanishish hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi UNFPA tashkiloti faoliyatini baholash maqsadida tashkil etildi.Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova kutib oldi.Uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov Ketrin Luiz Tongni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Shundan so‘ng yurtimizdagi gender siyosati, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va UNFP

Batafsil
ICESCO va Oʻzbekiston taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga intilmoqda
Xalqaro

ICESCO va Oʻzbekiston taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga intilmoqda

Shveytsariyaning Jeneva shahridagi Qoʻshilmaslik harakati parlament tarmogʻining 3-konferensiyasida Islom olami taʼlim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti (ICESCO) Bosh direktori, doktor Salim al-Malik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashdi.“Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda parlament harakatlarini jadallashtirish” mavzusida boʻlib oʻtgan yigʻilish avvalida Salim al-Malik ICESCO Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlik qoʻshma dastur va tashabbuslar sifatida Samarqand shahrining 2025-yil uchun “Islom madaniyati poytaxti” sifatida eʼtirof etilgani munosabat bilan mazkur bayramni nishonlashga tayyorgarlik koʻrishga shayligini taʼkidladi. UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qilishi munosabati bilan yil davomida koʻplab dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.Bundan tashqari, ICESCO Bosh dire

Batafsil
BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
Xalqaro

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya rahbariyati hamda BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) loyihalar menejeri Sarvar Tursunov, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha mintaqaviy boshqarmasi (UNODC) Yoshlar bilan ishlash boʻyicha loyiha menejeri Gulnar Kudaybergenova hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha mintaqaviy boshqarmasi (UNODC) loyihalarni boshqarish boʻyicha menejeri Azizxon Bahodirov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, prorektorlar – Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdilar.Muloqotda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Samimiy o

Batafsil
Zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda xorij tajribasi muhokama etildi
Xalqaro

Zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda xorij tajribasi muhokama etildi

Avval xabar berganimizdek, Musulmon jamiyatlari xalqaro kengashi bosh direktori Xolid Xalifa al-Kaʼbiy boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida yurtimizdagi diniy-ma’rifiy muassasalar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarida amaliy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Mazkur delegatsiya a’zolari kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham bo‘lib, Akademiya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgandi.Bugun esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chegara bilmas oʻqituvchilar” xalqaro tashkiloti vitse-prezidenti, doktor Nasr Muhammad Orif tomonidan doktorant-magistrlar, yosh tadqiqotchilar uchun ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, tarjimon Akbar Kazakbayev ishtirok etdilar.Davra suhbatida doktor Nasr Muhammad Orif “Muta

Batafsil
AQSHning Sivilizatsiyalar almashinuvi va hamkorligi fondi rahbari Akademiyada
Xalqaro

AQSHning Sivilizatsiyalar almashinuvi va hamkorligi fondi rahbari Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga AQSHning Sivilizatsiyalar almashinuvi va hamkorligi fondi (CECF) rahbari va asoschisi, doktor Bashar Arafot bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muloqotda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Akademiya o‘qituvchisi va tarjimon Akbar Kazakbayev hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Akademiya vakillari doktor Bashar Arafotni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Shundan so‘ng Akademiya rektori yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni haqida so‘z yuritdi. So‘nggi yillarda islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosi

Batafsil
Akademiyaning xalqaro aloqalari yanada rivojlanmoqda
Xalqaro

Akademiyaning xalqaro aloqalari yanada rivojlanmoqda

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyaning Yaqin Sharq universiteti Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha koordinatori va Rumiy tadqiqot markazi rahbari, professor Gʻadir Golkarian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Zokirjon Roʻziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev va “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi Nargiza Shoaliyeva ishtirok etdilar.Muloqotda prorektor Zohidjon Islomov Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, hamkor xorijiy taʼlim muassasalar hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.O‘z navbatida Gʻadir Golkarian samimiy qabul uchun Akademiya rahbariyatiga minnatdorlik bil

Batafsil
Akademiyada Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalqaro

Akademiyada Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov tashrif buyurdi.Uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdilar.Uchrashuv avvalida, ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov samimiy qabul uchun Akademiya rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi toʻgʻrisida va uning faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Qobuljon Sobirov Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi markazini tashkil etishni davlat tomonid

Batafsil
Akademiya vakili xalqaro dasturda qatnashmoqda
Xalqaro

Akademiya vakili xalqaro dasturda qatnashmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Chet tillari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilbar Hasanova Hindistonning Uttar Pradeshi shtatida joylashgan Akademik kompyuterlashtirishni rivojlantirish markazi (Centre for Development of Academic Computing (CDAC)da tashkil etilgan “Sun’iy intellekt bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dastur” doirasida stajirovka o‘tamoqda. Ma’lumot uchun aytish joizki, Akademiya o‘qituvchisi 1964-yil 15-sentabrda ta’sis etilgan Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (Indian technical and economic cooperation (ITEC)ning g‘olibi sifatida mazkur dasturda ishtirok etmoqda.Dastur doirasida sun’iy intellektdan ta’lim tizimiga tatbiq etish uchun ishlatiladigan GitHub, dockerhub va Spark kabi platformalar imkoniyatlari o‘rganildi. Shu bilan bir qatorda talabalar bajargan vazifalarni tekshirishda qo‘llaniladigan turnitin platformasining so‘ngi imkoniyatlaridan foydalanis

Batafsil
Alisher Navoiyning Eronda saqlanayotgan qo‘lyozmalari tadqiq etilmoqda
Xalqaro

Alisher Navoiyning Eronda saqlanayotgan qo‘lyozmalari tadqiq etilmoqda

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov Eron Islom Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan ilmiy safar doirasida ishtirokchilar Alloma Tabotaboiy universitetida boʻldilar. U yerda universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.Shundan so‘ng Eron milliy kutubxonasida Alisher Navoiy qo‘lyozmalari bilan tanishdilar.

Batafsil
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilindilar
Xalqaro

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilindilar

Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtayotgan Musulmon donishmandlar kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengashga qabul qilinganlari eʼlon qilindi.Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli kengash aʼzoligiga qabul qilish haqidagi qarorni oʻqib eshittirdi. Ahmad Toyyib janoblari oʻz soʻzida Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan koʻplab ulamolar orasidan faqatgina Oʻzbekiston muftiysi aʼzo qilinganiga alohida urgʻu qaratdi.Yigʻilishda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi va taniqli ulamolari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari tarixiy voqea boʻlganini taʼkidlab, yu

Batafsil
Ko'rinish