Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti bilan memorandum imzolandi
Uchrashuvdan soʻng Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti rahbariyati ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Xalqaro qozoq-turk universiteti tomonidan rektor vakili Peyami Battal, prorektorlar Ainash Oshibayeva va Mustafo Nursoy ishtirok etdilar.Mazkur rasmiy uchrashuvda tomonlar oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Universitet rektori vakili doktor Peyami Battal Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Yakunda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.Mazkur memorandumning amal qilish muddati 5 yilga moʻljallangan boʻlib, unda quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish koʻzda tutilgan:– dinshunoslik, ilohiyotshunoslik va islomshunoslik,
Batafsil
Akademiya delegatsiyasi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida xizmat safarida bo‘ldilar
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov boshchiligidagi delegatsiya Qozogʻiston Respublikasining Turkiston shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida xizmat safarida bo‘ldilar.Dunyoning nufuzli universitetlari reytingi QS World University Rankingsda 781-790-o‘rinda turuvchi muassasaga tashrifda Akademiya rektori va delegatsiya aʼzolari – “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Roziya Matibayeva, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO” kafedrasi mudiri Mahfuza Alimova, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova va oʻqituvchilar – Gavhar Fuzailova hamda Yulduzxon Dosjanova ishtirok etdilar.Dastlab Ilohiyot fakulteti dekani Dosay Kenjetayev va professor-oʻqituvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil
Oʻzbekiston delegatsiyasi Turkiyadagi xalqaro ilmiy anjumanda qatnashdi
Istambul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Paygʻambarimiz alayhissalom siyratlari va hadis ilmi tadqiqiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjuman boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli tadbir doirasida Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan ishtirokida Imom Termiziyning “Sunan” asarini xatm qilgan yosh olimlarga zamonamiz muhaddisi Shayx Muhammad Avvoma tomonidan maxsus ijozalar taqdim etildi.Mazkur anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev kabi bir qator vakillarimiz ishtirok etdi. Soʻzga chiqqan notiqlar tomonidan hadisi shariflarni zamonaviy talqinda sharhlash va bu orqali hozirgi murakkab davrda mafkuraviy tahdidlar hamda gʻoyaviy xurujlarga qarshi tur
Batafsil
ICESCO yillik faoliyati natijalari va istiqbol rejalari muhokama qilindi
Jidda shahrida davom etayotgan ICESCO Ijroiya kengashi 44-sessiyasida tashkilotning ta’lim, fan, informatsion texnologiyalar, madaniyat ishlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Strategik prognoz markazi, Xorijliklar uchun arab tili markazi, Huquqiy ishlar va xalqaro standartlar bo‘limi, Sivilizatsiyalar muloqoti markazining 2023-yildagi faoliyati natijalari tinglandi.Sessiyada, shuningdek, ICESCOning 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyalari va ularni amalga oshirishga ajratiladigan moliyaviy xarajatlar rejasi muhokama qilindi. Tashkilotning 2024-2025-yillardagi faoliyat rejasida a’zo davlatlar orasida savodxonlikni oshirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va IT-texnologiyalariga asoslangan xizmat turlarini rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Batafsil
ICESCO Maslahatlashuv kengashida O‘zbekistonning diplomatik yutug‘i yuqori e’tirof etildi
Avval xabar berilganidek, Jidda shahrida o‘tayotgan ICESCO II Maslahatlashuv kengashida Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov ishtirok etmoqda.II Maslahatlashuv kengashida ICESCO Bosh direktori Dr. Salim Malik va barcha ishtirokchilar a’zo davlatlarda tashkil qilinadigan yirik loyihalar qatorida 2025-yilda UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilishini O‘zbekiston davlat rahbariyatining ulkan yutug‘i ekanini e’tirof etdilar.ICESCO rahbariyati allomalar beshigi bo‘lgan O‘zbekistonning boy sivilizatsion salohiyatini xalqaro hamjamiyatga namoyish etadigan mazkur global tadbirni o‘tkazish yuzasidan barcha yordamga tayyor ekanini bildirdi.
Batafsil
JICA mutaxassisi Mori Yasuyukining yillik hisoboti tinglandi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida JICA Volontyorlar Dasturi doirasida Akademiya taʼlim jarayoniga jalb qilingan yaponiyalik mutaxassis Mori Yasuyukining yillik hisoboti tinglandi.Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov, kafedra oʻqituvchisi Olim Dadamuxamedov hamda Xorijiy talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Navro‘zbek Abdullajonov, JICA tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari, janob Bito Yoshibumi, Volontyorlar Dasturi koordinatorlari Nakayama Mayu, Ivata Shoichi hamda Odilxon Hasanov ishtirok etdi.Suhbat avvalida Mori Yasuyuki oʻzining Akademiyada olib borgan faoliyati va kelgusidagi rejalari bilan tanishtirdi. Unga koʻra, Mori Yasuyuki 2022-yil noyabr oyid
Batafsil
Akademiya rektori xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida ICESCO ijroiya kengashining 44-sessiyasi va Milliy komissiyalar Bosh kotiblarining Ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi boshlandi.Saudiya Arabistoni ta’lim, madaniyat va fan bo‘yicha milliy komissiyasi mezbonligida tashkil qilinayotgan ushbu xalqaro anjumanda ICESCO Ijroiya Kengashi a’zolari, milliy komissiyalar bosh kotiblari hamda a’zo mamlakatlarning sohaviy tashkilot vakillari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash mexanizmlari, tashkilotning 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan harakat dasturini muhokama qilishlari rejalashtirilgan.ICESCOga a’zo davlatlar vakillarining ushbu yirik uchrashuvida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham ICESCO Ijroiya Kengashi a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.
Batafsil
Akademiya o‘qituvchilari Al-Azhar universitetidagi UNICEF oʻquv seminarlarida ishtirok etishdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari – Nigora Yusupova, Ilhom Bekmirzayev hamda doktorant Muslim Atayev Misr Arab Respublikasining Al-Azhar universitetidagi oʻquv seminarlarida ishtirok etishdi.Mazkur seminar Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi oʻrtasida imzolangan uch tomonlama Anglashuv memorandumi asosida tashkil etildi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimlari ham qatnashdi. Oʻquv kurslari davomida Al-Azhar universiteti olimlari va mutaxassislari tomonidan bolalar xuquqlarini, ularning salomatligini himoya qilish, onalik va reproduktiv salomatlikni taʼminlash boʻyicha qilingan maʼruzalari tinglandi. Shuningdek, Misr muftiysi Shavqi Ibrohim Abdulkarim Allam, Al-Azhar oliy shayxi bosh kotibi qabulida ishtirok etildi. Mazkur nufuzli olimlarning bola huquqlariga b
Batafsil
Akademiyada Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Volontyorlar dasturi koordinatorlari – Ivata Shoichi hamda Odilxon Hasanov bilan uchrashuv o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov hamda Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov ishtirok etdi.Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda JICA tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, Akademiya ta’lim jarayoniga marketing va menejment sohasida amaliy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan yaponiyalik volontyor mutaxassislarni jalb qilish masalalari muhokama etildi.Uchrashuvda Habibullo Sadibaqosev JICA tashkiloti bilan muntazam olib borilayotgan hamkorlikdan mam
Batafsil
Oʻzbekiston delegatsiyasining Jiddaga tashrifi Saudiya Arabistoni OAV diqqat markazida
Saudiyaning ommabop “Neprass”, “Wakeb”, “Mjdalwatan” va “Al-Kifah news” elektron nashrlari “Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri bilan uchrashdi” sarlavhali maqolalarni oʻz sahifalariga joyladi.“Muloqot chogʻida tomonlar Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda “Haj-2024” mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi ishonchli va doʻstona muloqot tufayli oʻzaro aloqalar yangi bosqichga koʻtarilganini, jumladan, din va maʼrifat sohalarida hamda haj va umra ibodatlarini tashkil etishda yuqori natijalarga erishilganini qayd etdilar”, deyiladi maqolalarda.Manba: Din ishlari boʻyicha qoʻmitaAxborot xizmati
Batafsil
Akademiya tayanch doktorantining yana bir yutug‘i
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova Innovatsion Rivojlantirish Agentligining “Yosh olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkaga yuborish” tanlovida g‘olib bo‘lib, sentabr-oktabr oylarida Germaniyaning Berlin shahrida ilmiy stajirovkasini to‘liq grant asosida o‘tab qaytgan edi.Quvonarlisi, xalqaro maqola chop etishdan tashqari Akademiya doktoranti “The Capital Voice” hamda “The Picture Agency” tashkilotlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Eng asosiysi, ilmiy stajirovka davomida Shahzoda Abduraimova Agentlik hamda Cultur-Cooperation International E.V tashkiloti o‘rtasida memorandumni imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Innovatsion Rivojlantirish Agentligi tomonidan ushbu tanlov har yili o‘tkazilib, tanlov g‘oliblarining xorijiy ilmiy stajirovkalari Jamg‘arma tomonida to‘liq moliyalashtiriladi.
Batafsil
Akademiya tayanch doktoranti ICESCO xalqaro stipendiyasiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova ICESCO – Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti tomonidan e’lon qilingan xalqaro stipendiya g‘olibi bo‘ldi.Tanlov 2023-yil iyun-sentabr oylarida o‘tkazilgan edi.Eslatib o‘tamiz, ICESCO stipendiyasi har yili ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning nomzodlari uchun ilm-fan, ta’lim va madaniyatni rivojlantirish maqsadida ajratiladi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi Shahzoda Abduraimovaning mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi.
Batafsil