Akademiya vakili Bursa Ulug‘dag‘ universiteti talabalariga dars mashg‘ulotini o‘tkazdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Chet tillari” kafedrasi dotsenti Dilshoda Muminova Turkiya Respublikasining Bursa Ulug‘dag‘ universitetidagi dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.Akademiya vakili universitet rahbariyati taklifiga binoan u yerda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari, talabalar va professor-o‘qituvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.Shu bilan birga, Bursa Ulug‘dag‘ universiteti Ilohiyot fakulteti talabalariga “Islomshunoslikka oid terminlarning ingliz tilidagi istilohiy qo‘llanilishi” mavzusida dars mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Batafsil
Akademiya jamoasiga bayram munosabati bilan tabriklar keldi
Yangi 2024-yil kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasiga xorijiy davlatlar elchilari, oliy taʼlim muassasasi rektorlari, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari hamda taniqli olimlardan samimiy tabriklar keldi.Jumladan, Kuvayt Davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Xolid al-Jiyron, O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vafa al-Busaidi hamda Islom tarixi, madaniyati va san’atini tadqiq etish markazi IRCICA bosh direktori, doktor Mahmud Erol Qilich, Qatar Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hassam bin Hamza Hashem, O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Karomiddin Gadoyevdan tabriklar keldi.Shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, O‘zbekiston milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi, O‘zbekist
Batafsil
Akademiya professori Al-Azhar universitetidagi oʻquv kurslarida ishtirok etmoqda
Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda tegishli davlat tashkilotlari, boshqa yetakchi olim va mutasaddi xodimlar ishtirokida Misr Arab Respublikasining Al-Azhar universitetida oʻquv va tajriba almashish safari bilan bo‘lib turishibdi.BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining “Islomda gender” mavzusidagi loyihasi doirasida qatnashayotgan delegatsiya a’zolari safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupova ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Maʼlumki, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomda gender tenglikning oʻziga xos tamoyillari” nomli qoʻllanma tayyorlangan.Ushbu qoʻllanma asosida Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida seminarlar tashkil eti
Batafsil
Akademiya vakili Kiprdagi xalqaro anjumanda ma’ruza qildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva Mavlono Jalololiddin Rumiy vafotining 750 yilligiga bag‘ishlangan VIII xalqaro anjumanda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Mazkur anjuman Kiprning Lefkoshe shahridagi Yaqin sharq universitetida bo‘lib o‘tdi.Unda Akademiya vakili “O‘zbekistonda Mavlono Jaloliddin Rumiy o‘rganilishi va uning ijodida ayol o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi.Nargiza Shoaliyevaning ma’ruzasi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Yakunda muvaffaqiyatli ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Indoneziya ulamolar kengashi vakillari Akademiyada
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Indoneziya ulamolar kengashining Janubiy Sulavesi provinsiyasi bo‘linmasi rahbari Hoji Najamuddin hamda uning o‘rinbosari Mustari Borsa boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi. Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov kutib oldi.Muhammadiyah Makassar sogʻliqni saqlash politexnikasi kasb-hunar oliy taʼlim muassasasi boʻlib, 2010-yilda Makassar shahrida tashkil etilgan. Ushbu muassasa dastlab tibbiyot sohasida faoliyat yuritib, 2018-yilga kelib sohalari kengaygan.Uchrashuvda Akademiya vakillari hurmatli mehmonlarni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Delega
Batafsil
Malayziya islom sanʼati muzeyi – mamlakatning nodir majmuasi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiya aʼzolari Malayziyadagi xizmat safari yakunidagi Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Islom sanʼati muzeyiga tashrif buyurdilar. Kuala-Lumpur markazida joylashgan Malayziya islom sanʼati muzeyi 30 ming kvadrat metrlik katta maydonni egallaydi.1998-yilda ochilgan muzeyda hozirgi kunda 10 mingdan ortiq artefakt hamda islomiy sanʼatga oid kitoblarning ajoyib toʻplami saqlanadi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan sanʼat buyumlari eng mayda zargarlik buyumlaridan tortib, Makka va Madinadagi eng katta masjidlarning dunyodagi eng katta hajmdagi maketlarini oʻz ichiga oladi.Muzey fors va Yaqin Sharqdagi asarlarga eʼtibor qaratish oʻrniga, Osiyo mamlakatlariga urgʻu bergan. Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo ayniqsa yaxshi ifodalangan. Muzeyning 12 galereyasida toʻplamning boshqa qismlari geografik kelib chiqishidan koʻra turlarga koʻra koʻrsatilgan.Muzey binosining meʼ
Batafsil
Malayziyadagi diplomatik missiyamiz – Akademiya xalqaro aloqalarining asosiy tashkilotchisi
Akademiya delegatsiyasi Malayziyadagi xizmat safari davomidа mamlakatimizning mazkur davlatdagi elchixonasi bilan doimiy hamkorlik qildi. Jumladan, tashrif avvalida ikki tashkilot o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.Samimiy muloqotda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, prorektorlar Zokirjon Roʻziyev va Salim Dusanov, dotsent Durbek Rahimdjanov, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Ilhom Berdiyarov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xo‘jayev hamda mamlakatimizning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev va elchixona birinchi kotibi Elbek Saidov ishtirok etdi.Uchrashuvda Akademiya vakillari xizmat safarini tashkil etishda amaliy yordam va sharoit yaratib bergani uchun O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev va elchixona birinchi kotibi Elbek Saidovga minnatdorlik bildirdi.Ta’kidlash joiz, ushbu safar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi begʻaraz
Batafsil
Ta’lim sohasidagi muhim hamkorlik aloqalari muhokama etildi
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasining Malayziya oliy ta’lim muassasalaridagi safari davom etmoqda.Navbatdagi manzil Malayziya islom ilmlari universiteti (USIM) bo‘ldi.Tashrif davomida Akademiya delegatsiyaning USIM rektori, professor Sharifudin Shaarani, universitetning Oʻquv va xalqaro masalalar boʻyicha prorektori, doktor Muhammadrozi Ibrohim, shuningdek, universitet vakillari bilan rasmiy uchrashuvi o‘tkazildi.Akademiya tomonidan rektor Uyg‘un Gʻafurov, prorektorlar Zokirjon Roʻziyev va Salim Dusanov, dotsent Durbek Rahimdjanov, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Ilhom Berdiyarov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xo‘jayev qatnashdi.Uchrashuv avvalida Sharifudin Shaarani universitet va uning faoliyati haqida maʼlumot berib, universitetda 9 fakultet faoliyat yuritishini bildirdi. Shuningdek, universitet dunyo universi
Batafsil
Malayziyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining taʼlim sohasidagi tajribasi namoyish etildi
Malayziya xalqaro islom universitetida Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov “O‘zbekistonda islom ta’limi”, oʻqituvchilar – Durbek Rahimdjanov “Movarounnahr buyuk allomalari” va “O‘zbekistondagi qo‘lyozma fondlari” hamda Ilhom Berdiyarov “O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati” mavzularida IIUM talabalari uchun maʼruza o‘qishdi.Sermazmun va qiziqarli faktlarga boy boʻlgan maʼruzalar yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.Xizmat safari davom etmoqda.
Batafsil
Amaliy hamkorlik sari yana bir qadam
Malayziya xalqaro islom universitetida muassasa rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi. Unda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, prorektorlar Zokirjon Roʻziyev va Salim Dusanov, dotsent Durbek Rahimdjanov, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Ilhom Berdiyarov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xo‘jayev hamda IIUM universitetining Oʻquv ishlar va xalqarolashtirish boʻyicha prorektori, professor Ahmad Faris bin Ismail, shuningdek, universitet vakillari ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Ahmad Faris bin Ismail universitet va uning faoliyati haqida maʼlumot berdi.Oʻz navbatida rektor Uyg‘un Gʻafurov universitet rahbariyatiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ishtirokchilarga Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, uning faoliyati va tarkibidagi markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Jumladan, Akademiyaning Malayziya universitetlari bilan aloqal
Batafsil
Delegatsiya a’zolari Malayziya xalqaro islom universitetining kutubxonasi va muzey faoliyati bilan tanishdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Malayziya xalqaro islom universiteti (IIUM)ga tashrif buyurdi.Tashrif avvalida Akademiya delegatsiyasiga universitet boʻylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Jumladan, universitet galeriyasi va kutubxonasi tanishtirildi.Universitetda 13 fakultet, 10 ilmiy tadqiqot instituti faoliyat yuritadi. Shuningdek, universitet dunyo universitetlari reytingida 711-oʻrinni egallab turibdi. Oliygohda ayni vaqtda 30 ming nafar talaba tahsil oladi.
Batafsil
Malayziyada O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati targ‘ib qilindi
Malayziya milliy universiteti (UKM)dagi tashrif davomida Akademiya vakillari ma’ruza o‘qidi.Jumladan, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimdjanov “Movarounnahr buyuk allomalari” va “Oʻzbekistondagi qoʻlyozma fondlari” hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i Ilhom Berdiyorov esa “Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyati” mavzusida ma’ruza qildi.Malayziya milliy universiteti (UKM) xalqaro QS reytingida 159-oʻrindagi ta'lim muassasasi hisoblanadi.Ma’ruzachilar o‘z nutqlari davomida yurtimizning islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, jahon tamadduni rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan movarounnahrlik buyuk allomalar, ularning fanning turli sohalariga oid asarlari haqida so‘z yuritishdi. Bugungi kunda yurtimizda ilm-ma’rifatga berilayotgan e’tibor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yilay
Batafsil