Malayziya milliy universiteti samarali tashrif va do‘stona muloqotlar maydoniga aylandi
Akademiya delegatsiyasining navbatdagi manzili – Malayziya milliy universiteti (UKM) bo‘ldi. Universitetda delegatsiya a’zolari hamda Malayziya milliy universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.Unda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, prorektorlar Zokirjon Roʻziyev va Salim Dusanov, dotsent Durbek Rahimdjanov, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Ilhom Berdiyarov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xo‘jayev hamda UKM universitetining Oʻquv ishlar va xalqaro masalalar boʻyicha prorektori, professor Muhammad bin Kassim, shuningdek, universitet vakillari ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Muhammad bin Kassim universitet va uning faoliyati haqida maʼlumot berib, universitetda 12 fakultet, 13 ilmiy tadqiqot instituti faoliyat yuritishini bildirdi. Shuningdek, universitet dunyo universitetlari reytingida 129 oʻrinni egallaydi. Universitetda ayni vaqtda 30000 tala
Batafsil
Islomni anglash instituti – ko‘p yillik hamkor, mushtarak maqsadlar
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Malayziyaga tashrifi davomida Islomni anglash insitituti (IKIM)da uchrashuv oʻtkazdi.Samimiy muloqotda Akademiya vakillari va IKIM raisi, professor Muhammad Nur Manuti, institut bosh direktori Muhammad Azam Muhammad Adil, shuningdek, institut vakillari ishtirok etdi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2020-yil 4-iyun kuni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Malayziya islomni anglash instituti (IKIM) oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etilib, unda ikki tomonlama Anglashuv Memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtgan edi.Uchrashuv avvalida professor Muhammad Nur Manuti delegatsiya aʼzolarini tashrif bilan samimiy qutlab, ularga institut tarkibiy boʻlimlari va asosiy vazifalari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berdi. Jumladan, institut 1992-yilda Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida tashkil etilgan davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi. Un
Batafsil
Milliy reytingdan xalqaro reyting sari qadam
Malayziyaning Malaya universiteti rektori, professor Nur Azuan va Akademiya vakillari oʻrtasida muzokara oʻtkazildi.Unda professor Nur Azuan akademiya delegatsiyasini universitetda qabul qilayotganidan mamnun ekanini bildirib, ikki muassasa oʻrtasida oʻqituvchi va talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va nashrlar borasida hamkorlik oʻrnatish muhimligini aytdi.Qayd etish lozimki, Malaya universiteti xalqaro QS reytingida 65-oʻrindagi ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Batafsil
Hamkorlik aloqalari muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi hamda Malaya universiteti Oʻquv va xalqaro masalalar boʻyicha prorektori, professor Yatimah Alias boshchiligidagi universitet mutasaddilari va Malayziya Oliy taʼlim vazirligi vakillari ishtirokida yana bir uchrashuv tashkil etildi.Unda ikki tomon ham oʻz taʼlim muassasalari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Xususan, Malaya universiteti faoliyati haqida gapirib, professor Yatimah Alias ikki oliy taʼlim muassasasining oʻxshash tomonlari koʻpligini qayd etdi. Jumladan, oʻzaro hamkorlikni Islomshunoslik akademiyasi, Tillar fakulteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti va Axborot texnologiyalari fakultetlari doirasida amalga oshirish mumkinligini bildirdi.Amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.Uchrashuv yakunida professor Yatimah Alias tomonlar oʻrtasida anglashuv memorandumini imzolash ahamiyati haqida toʻxtalib, akademiyag
Batafsil
Akademiya rektori QS reytingida 65-oʻrindagi taʼlim muassasasida maʼruza qildi
Malayziyaning nufuzli oliy taʼlim muassasasi Malaya universitetida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov "Oʻzbekistonda islom taʼlimi" mavzusida professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchi va talabalar uchun maʼruza qildi.Tashrif dasturiga muvofiq, Akademiya vakillari Malaya universiteti Islomshunoslik akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.
Batafsil
Delegatsiya a’zolariga UCSI universiteti faoliyati tanishtirildi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi delegatsiya UCSI universiteti faoliyati bilan tanishdi.Akademiya delegatsiyasiga universitet boʻylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi. Jumladan, universitet media markazi, kutubxona va sunʼiy intellekt laboratoriyalari tanishtirildi.Mazkur ekskursiya Akademiya vakillarida katta taassurot qoldirdi.Xizmat safari davom etmoqda.
Batafsil
Akademiyaning Malayziyadagi yangi hamkori – UCSI universiteti
Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, prorektorlar Zokirjon Roʻziyev va Salim Dusanov, dotsent Durbek Rahimdjanov, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Ilhom Berdiyorov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xo‘jayev, UCSI universitetining Ilmiy ishlar va tadqiqotlar boʻyicha prorektori professor Phang Siyev Moi, shuningdek universitet vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.Qayd etish lozimki, UCSI universiteti Kuala-Lumpur shahrida 1986-yilda tashkil etilgan xususiy universitet hisoblanadi. Hozirda universitetda 12 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Malayziyaning dunyoning TOP universitetlari reytingida 284-o‘rinni qayd etgan. Xususiy universitetlar ichida Malayxziyadagi eng nufuzli oliy taʼlim muassasasi sanaladi. Universitet professor-oʻqituvchilaridan 57 foizidan ortigʻi ilmiy darajalarga ega. Universitetda ayni vaqtda 120 millat vakillari tahsil oladi, ular tala
Batafsil
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Malayziyada xizmat safarida boʻlib turibdi
Joriy yilning 3-11-dekabr kunlari Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom taraqqiyot banki hamkorligida Reverse Linkage dasturi orqali Malayziyaga tashrifi tashkil etilmoqda. Mazkur xizmat safari orqali mamlakat oliygohlari bilan yaqindan tanishishga imkon berib, kelgusidagi samarali hamkorlik uchun muhim zamin yaratiladi. Ushbu safar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.Maʼlumot uchun aytish joizki, Reverse Linkage dasturi 2012-yildan boshlab amaliyotga kiritilgan dastur boʻlib, bu Islom taraqqiyot bankiga aʼzo mamlakatlar va aʼzo b
Batafsil
Kalom va islom falsafasining yetuk olimi bilan uchrashuv
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiya Respublikasining Ibn Xaldun universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, markaz xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Hamza Bakriy iordaniyalik mashhur olim hisoblanadi. Xalqaro ilmiy anjumanlarda ko‘plab ma’ruzalari bilan qatnashgan va ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan. Bundan tashqari, Hamza Bakriy juda ko‘plab tahqiq ishlarini amalga oshirgan. Davra suhbati davomida ma’ruzachi tomonidan tinglovchilarga aqidaga oid masalalar, mazhab, shuningdek, zamonamizning turli ixtilofli masalalari va ularning yechimlariga oid ilmiy ma’lumotlar haqida so‘z yuritildi.Mahorat darslari barchaga man
Batafsil
Saloh Muhammad Solim Abul Haj Akademiyada mehmon bo‘ldi
Islom ilmlari xalqaro universiteti hanafiy fiqhi fakulteti dekani, professor Saloh Muhammad Solim Abul Haj O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mehmon bo‘ldi.Hurmatli mehmon bilan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, prorektorlar – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Saloh Muhammad Solim Abulhoj 1974-yili 24-iyulda Iordaniyaning Ummon shahrida tugʻilgan. 2002-yili Bagʻdod universitetining shariat fakultetida hanafiy fiqhi boʻyicha doktorlik darajasini olgan. 2006-yili Iordaniyadagi Balqo amaliy universitetining usulud din fakultetida assistent (yordamchi ustoz) vazifasini egallagan. 2016-yili Iordaniyadagi Is
Batafsil
Akademiya vakillari xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Moskvada Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Jahon iqtisodiyoti makoni: g‘oya, strategiya, hamkorlik” mavzusidagi IV Xalqaro Yevroosiyo ilmiy maktabida ishtirok etishmoqda.Ma’lumot uchun aytish joizki, mazkur tadbirda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professori A.Isajonov, dotsent G.Gulyamova va dotsent N.Botirova hamda bir guruh talabalar qatnashmoqda.Ilmiy maktab joriy yilning 1-dekabriga qadar davom etadi. Ilmiy maktabga tashrif buyurgan yetakchi Rossiya va xorijiy universitetlarning professor-o‘qituvchilari ishtirokida talabalar uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.Shuningdek, turli universitetlardan kelgan talabalar professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligini va m
Batafsil
Islom olamining yirik olimi bilan uchrashuv
Mir Arab oliy madrasasining 500 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Musulmon ulamolari xalqaro uyushmasi Bosh kotibi, professor Ali Qoradog‘iy Akademiyaga tashrif buyurdi.Uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari, doktorant va talabalar ishtirok etdi. Muloqotni Akademiya rektori ochib berdi va hurmatli mehmonni Akademiyada koʻrib turganidan mamnunligini bildirdi.Uchrashuvda Ali Qoradog‘iy islom dini ezgulik dini ekanini, bu dinning asl mohiyati haqida so‘z yuritdi. O‘zbek zamini azaldan buyuk olimlar, muhaddislar, islom dinining yirik olim-u fuzalolari kamol topgan zamin ekanini, bugungi yoshlar ajdodlariga munosib voris bo‘lishlari kerakligini ta’kidladi.Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil