AQSh bilan kelgusidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga AQShning Yuta shtati vakillari Jak Jerard va Pol Pikard tashrif buyurdi.Tashrif munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, rektor Muzaffar Kamilov boshchiligidagi Akademiya rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikning bugungi holati hamda uning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashdilar.Jak Jerard koʻrsatilayotgan yuksak hurmat, cheksiz mehmondoʻstlik va samimiy qabul uchun Akademiya rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik izhor etdi. Ushbu uchrashuv ular uchun yuksak sharaf va qalblarida umrbod muhrlanib qoladigan unutilmas tarixiy voqea ekanligini taʼkidladi.Xorijiy vakillar tomonidan oʻzbek xalqining mehr-oqibati va bagʻrikengligi ham ularni shunday maftun etgani qayd etildi. Shu munosabat b
BatafsilRadikallashuvga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik
Shu kunlarda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Singapurda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.Rektor maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazi rahbari Abdulhamid Muxtorov, Akademiya xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xo‘jayev Singapurdagi Diniy reabilitatsiya guruhi (Religious Rehabilitation Group (RRG)ga tashrif buyurdi.Tashkilot kotibi, doktor Mohamed Feysal Mohd Hassan va maslahatchi Muborak Habib Muhammad qabul qildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi elchixonasi konsuli Akmal Maxmudov ishtirok etdi. Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad radikallashuv va ekstremizmga qarshi kurashish, shaxslarni deradikalizatsiya qilish hamda ularni jamiyatga qayta moslashtirish boʻyicha Singapur va Oʻzbekiston tajribasi, mazkur yoʻnalishdagi ilgʻor yondashuvlar hamda RRG bilan Akad
Batafsil
London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi professori Akademiyada
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) professori Rehman Chishmi tashrif buyurdi.Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Olim Astanakulov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Ilhomjon Bekmirzayev ishtirok etdi. Suhbat avvalida Ilhom Bekmirzayev mehmonni Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, mehmonlarga Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, Akademiyada davlat ta’lim muassasasi sifatida islomshunoslik, dinshunoslik kabi akademik ta’lim yo‘nalishlari bilan bir qatorda, islom moliya, islom huquqi, informatika va axborot texnologiyalari, psixologiya kabi zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari borligini qayd etdi. Bugungi kunda Akademiyada yuqoridagi barcha yo‘nalishlarda qat
BatafsilHamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda ekspertlari tashrif buyurdi.Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Akademiya rektori maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, prorektorlar Olim Astanakulov, Ilhom Bekmirzayev, Mahfuza Alimova, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov va “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori Mirmuhsin Akramov ishtirok etdi.Suhbat avvalida rektor maslahatchisi mehmonlarni Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, mehmonlarga Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan “Ziyo” media markazi toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Shuningdek, Akademiyada davlat taʼlim muassasasi sifatida islomshunoslik, dinshunoslik kabi akademik taʼlim yoʻnalishlari bilan bir qatorda, xalqaro moliya,
Batafsil
Talaba yoshlar uchun ssuda ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-son qaroriga asosan “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talabayoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bog‘liq xarajatlar uchun ssuda ajratish tizimi ishga tushirilgan.Talaba yoshlarni xalqaro dasturlarda ishtirok eting! G‘olib bo‘ling va davlat tomonidan ajratilgan ssudani qo‘lga kiriting!Targ‘ibot materiallari: @yoshlar_work_travel_uz, @WorkTravelUz_BotVideorolik havolasi: https://t.me/yoshlareduuz/22269
Batafsil
Akademiyada o‘tkazilgan xalqaro seminar yakunlandi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi vakillari tomonidan xalqaro ilmiy seminar o‘tkazilayotgan edi.Bugungi yakuniy seminarda ham Akademiya bilan birgalikda ekstremizmga qarshi loyihalar, videoroliklar, soha mutaxassislari ishtirokida video qo‘llanmalar, risolalar tayyorlash haqida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.Seminar davomida xorijlik ekspertlar tomonidan “Ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshirish”, “Ma’lumotlarni tahlil qilish va natijalarni sharhlash”, “Refleksiya va o‘rganilgan saboqlardan foydalanish” kabi sessiyalar doirasida ma’ruzalar qilindi.Terrorizmga qarshi kurashdagi xorij tajribasi, O‘zbekistonning bu boradagi keng jamoatchilik uchun namunaviy pozitsiyasi, soha mutaxassislari, ekspertlarning raddiya videolarni tayyorlashda ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida
BatafsilIndoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Akademiyada
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Siti Ruhaini Juhayatin boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, Akademiya rektori Muzaffar Kamilov, prorektorlar Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Ilhom Bekmirzayev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanbayev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy, ilmiy va akademik hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Toshkentdagi Indoneziya elchixonasi, Indeneziyaning Jojakarta islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 20-may kuni “O‘zbekiston – Indoneziya tajriba almashinuv dasturi: O‘zbekistondagi mahalla va Indoneziyadagi
Batafsil
Akademiyada xalqaro seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi vakillari tomonidan seminar trening mashg‘ulotlari olib borilmoqda.Bugun ham Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi loyiha menejeri Dimitriy Ponomaryov boshchiligidagi BMT vakillari tomonidan seminarlar davom etdi.Uchrashuv davomida Akademiya vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi.Unda Akademiya prorektorlari Olim, Astanakulov, Ilhomjon Bekmirzayev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, fakultet dekanlari, “Ziyo” media markazi vakillari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.Seminar-trening “P/CVE sohasida tahdidlarni baholash asoslari”, “Ma’lumot to‘plash va tahlil qilish usullari”, “Tahdidlarni baholash tizimlari va xalqaro hamjamiyatlar bilan hamkorlik” hamda “Tahdidlarni baholash vos
Batafsil
BMT va O‘zXIA: hamkorlik aloqalarida yangi davr
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi loyiha menejeri Dimitriy Ponomaryov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Uchrashuv davomida Akademiya vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi.Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Ilhomjon Bekmirzayev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, fakultet dekanlari, “Ziyo” media markazi vakillari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.Muloqot avvalida BMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari yuqori darajada faol davom etayotgani, xususan, jaholatga qarshi ma’rifat shiori ostida zo‘ravonlik va ekstremizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini qayd etildi.O‘z navbatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash
Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilarining Buxarest universitetidagi stajirovkasi yakunlandi
Buxarest universitetida Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida amalga oshirilayotgan stajirovka davomida universitetning ilmiy-ta’lim muhiti, kutubxona-resurs markazlari, Falsafa fakultetining o‘quv-metodik faoliyati hamda ilmiy nashrlar tizimi batafsil o‘rganildi.O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odiljon Ernazarov, kafedra dotsentlari Dilafruz Turdiyeva va Mohira Abdullayeva hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Nilufar To‘ychiyeva stajirovka jarayonida Buxarest universiteti Falsafa fakulteti kutubxonasi va “Carol I” nomidagi Markaziy universitet kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.“Carol I” Markaziy universitet kutubxonasi Ruminiyaning muhim akademik markazlaridan biri bo‘lib, u markaziy bino, pedagogika bo‘limi va universitet ta
Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari Buxarest universitetida stajirovka o‘tamoqda
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odiljon Ernazarov, kafedra dotsentlari Dilafruz Turdiyeva va Mohira Abdullayeva hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Nilufar To‘ychiyeva Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Buxarest universitetida (University of Bucharest) xalqaro stajirovka amaliyotida ishtirok etishmoqda.Stajirovka davomida universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha mas’uli, Erasmus koordinatori Anca Stoika bilan uchrashuv o‘tkazildi.Unda Erasmus+ dasturlari doirasidagi hamkorlik istiqbollari, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, ishtirokchilar Buxarest universiteti Falsafa fakulteti dekani, professor Viorel Vizureanu qabulida bo‘ldilar. Uchrashuv jarayonida fakultetning
BatafsilICESCO Ijroiya kengashining 46-sessiyasi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ICESCO Ijroiya kengashining 46-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov onlayn tarzda ishtirok etdi. Tadbir davomida ICESCO Bosh direktori hamda Ijroiya kengashi raisi lavozimiga nomzodlarni tasdiqlash jarayoni o‘tkazildi. Ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra amaldagi Bosh direktor Salim Malik qayta tasdiqlandi. Ma’lumot uchun aytish joizki, Tashkilotga a’zo 53 mamlakatdan 44 tasi ishtirok etdi. Akademiya rektori Muzaffar Kamilov Salim Malik rahbarligi davrida O‘zbekiston va ICESCO o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, amaliy natijalarga erishilgani qayd etdi. Shuningdek, Ijroiya kengashi raisi lavozimiga Iordaniya H
Batafsil