O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Qozogʻiston va Rossiyaning yetakchi islom universitetlari rektorlari Akademiya talabalari uchun maʼruza oʻqidi
Xalqaro

Qozogʻiston va Rossiyaning yetakchi islom universitetlari rektorlari Akademiya talabalari uchun maʼruza oʻqidi

Xabaringiz bor, Mir Arab oliy madrasasida “Mir Arab madrasasining 500 yilligi” tantanalari munosabati bilan “Boqiy Buxoroning islom sivilizatsiyasidagi oʻrni” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tgan edi. Tadbir doirasida yurtimizga xorijlik koʻplab muftiylar, ulamolar va taʼlim muassasalari rektorlari tashrif buyurdi.Anjumanda ishtirok etgan bir qator olimlar bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lishdi.Jumladan, Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi muftiysining o‘rinbosari, Rossiya islom instituti hamda Qozon islom universiteti rektori Rafik Muhametshin hamda Qozog‘istondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti rektori, doktor Muhammad al-Shahhat Abdulhamid Muhammad al-Jindiy professor-oʻqituvchilar va talabalarga maʼruza qildi.Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari, professor-oʻqituvc

Batafsil
Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Akademiya talabalariga ma’ruza qildi
Xalqaro

Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Akademiya talabalariga ma’ruza qildi

Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy idorasi raisining birinchi oʻrinbosari, Moskva islom instituti rektori, “Medina” nashriyoti uyi Bosh muharriri Damir Muxetdinov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-oʻqituvchilari hamda talabalariga “Rossiyada islom tarixi: muammolar va istiqbollar” mavzusida maʼruza qildi.Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev va Akademiyaning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Zohidjon Islomov mehmonni Akademiyada yana bir bor koʻrib turganligidan mamnunligini bildirib, Akademiya professor-oʻqituvchilariga Damir Muxetdinovni tanishtirdi hamda maʼruza qilishi uchun unga soʻz

Batafsil
Xorijiy delegatsiya Akademiyaga tashrif buyurdi
Xalqaro

Xorijiy delegatsiya Akademiyaga tashrif buyurdi

Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy idorasi raisi birinchi o‘rinbosari, Moskva islom instituti rektori, “Medina” nashriyot uyi bosh muharriri Damir Muxetdinov boshchiligidagi xorijiy delegatsiya Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi.Uchrashuvni rektor Uyg‘un G‘afurov kirish soʻzi bilan ochib, mehmonlarni Oʻzbekistonga xususan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrifi bilan qutladi. Akademiya rektori oʻz soʻzida Akademiyaning ochilish tarixi, hozirgi kundagi faoliyati, fakultetlari hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida maʼlumot berdi.Oʻz navbatida mehmon Damir Muxetdinov Akademiya rahbariyatiga avvalo samimiy qabul va tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Rossiyaning ayni vaqtdagi musulmon dunyosi uchun Oʻzbekiston beshik vazifasini bajarganligini taʼkidlab, bugun faoliyat yuritayotgan nufuzli diniy

Batafsil
Shayxulislom Ollohshukur Poshozodaga “Faxriy doktor” unvoni berildi
Xalqaro

Shayxulislom Ollohshukur Poshozodaga “Faxriy doktor” unvoni berildi

Bugun, 24-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining toʻrtinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshozodaga Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Uygʻun Gʻafurov Ilmiy kengashning “Faxriy doktor” ilmiy unvonini topshirdi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Komilov ushbu yuksak eʼtirof Shayxulislom Ollohshukur Poshozodaning qardosh xalqlar munosabatlarini rivojlantirish, Islom dini maʼrifatini keng yoyish, moʻmin-musulmonlar hamjihatligini mustahkamlash hamda ilmiy-ijodiy faoliyatlaridagi samarali mehnatlarining natijasi ekanini taʼkidladi.Oʻz navbatida Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda yuksak eʼti

Batafsil
Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda
Xalqaro

Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Sharif Hidoyatillo islom universiteti Xalqaro hamkorlik markazi rahbari Mayla Dinia Xusni Raxim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Uchrashuvda Akademiya rektor maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdi.Muloqot avvalida rektor maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev uchrashuvni ochib berib, mehmonga Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurovning salomini yetkazdi. Shundan soʻng, Akademiyaning bugungi kundagi xalqaro hamkorlik aloqalari, ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari haqida toʻxtalib oʻtdi hamda 40 dan ziyod xorijiy universitet va ilmiy markaz

Batafsil
Akademiya professori xalqaro forumda ma’ruza qildi
Xalqaro

Akademiya professori xalqaro forumda ma’ruza qildi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Islom Hamkorlik Tashkiloti hamkorligida Samarqand viloyatida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston va Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga a’zo mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova ishtirok etib, “Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashning ma’naviy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi.Mazkur forumning maqsadi – IHTga a’zo davlatlarda davlat va jamiyatning rivojlanishida xotin-qizlarning ishtiroki yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashish hamda yangi g‘oya va takliflarni ilgari surish, shuningdek, yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xalqaro hamjamiyatga yetkazishdan

Batafsil
Akademiyada Kudus davlat islom instituti rektori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Xalqaro

Akademiyada Kudus davlat islom instituti rektori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Kudus davlat islom instituti rektori Abdurrohman Kasdi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Akademiyaga delegatsiya a’zolari prorektor Kisbiyanto Surani, Institut maʼmuriyati boʻlimi boshligʻi Adrian Ahmad Kasidin, Aspirantura direktori Adri Efferi, Tadqiqot va jamoat xizmatlari agentligi raisi Shobirin Sobri Kasrifan, Iqtisodiy va islom biznesi fakulteti dekani Vahibur Rohman, Xalqaro aloqalar markazi rahbari Fauzan Adim, Indoneziyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi birinchi kotibi Sintia Sayeh tashrif buyurdi.Uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, rektor maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, prorektorlar – Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Roʻziyev, Zohidjon Islomov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Kudus

Batafsil
Akademiyaga “Musulmon oqsoqollar kengashi” Bosh kotibi tashrif buyurdi
Xalqaro

Akademiyaga “Musulmon oqsoqollar kengashi” Bosh kotibi tashrif buyurdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Birlashgan Arab Amirliklarining “Musulmon oqsoqollar kengashi” Bosh kotibi Muhammad Abdulsalom boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, rector maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Akbar Kazakbayev ishtirok etdi.Samimiy va do‘stona kechgan uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berishda turli xalqaro ilmiy O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va boshqa diniy ta’lim muassasalari orasida muhim ahamiyat kasb

Batafsil
Xalqaro hamkorlik rivoji yo‘lida yana bir qadam
Xalqaro

Xalqaro hamkorlik rivoji yo‘lida yana bir qadam

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Birlashgan Arab Amirliklarining “Musulmon oqsoqollar kengashi” Bosh kotibi Muhammad Abdulsalom boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, qo‘mita raisi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda Akademiya mutasaddilari kutib oldi.Muloqotda Muzaffar Komilov so‘nggi yillarda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor, “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurash tajribasi haqida so‘z yuritdi.O‘z navbatida Muhammad Abdulsalom O‘zbekistonga tashrifidan mamnun ekanini ta’kidladi. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotganini e’tirof etdi. Ma’lumki, “Musulmon oqsoqollar kengashi”

Batafsil
Akademiyada xalqaro simpozium o‘tkazildi
Xalqaro

Akademiyada xalqaro simpozium o‘tkazildi

Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Asrlar davomida ajdodlarimiz jahon tamadduni rivojiga beqiyos hissa qo‘shib, ilm-fanning turli sohalarga oid nodir asarlar yozib qoldirgan. E’tirof etish joiz, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda islom dini qadriyatlariga e’tibor tobora ortib bormoqda. Mamlakatimizda pok islom dinini o‘rganish uni jamiyatimizning ijtimoiy hayotiga tatbiq etish muhim masalalardan hisoblanadi. Shu ma’noda, islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan bu allomalarning hayot yo‘llari va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylandi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Millat rivojida islom sivilizatsiyasidan olinadigan hikmatlar” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkazildi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi ma

Batafsil
Malayziya islomni anglash instituti raisi bilan uchrashuv
Xalqaro

Malayziya islomni anglash instituti raisi bilan uchrashuv

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya islomni anglash instituti raisi Muhammad Nur Manuti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov kutib oldi.Uchrashuvda Akademiya vakillari hurmatli mehmonlarni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Delegatsiya a’zolarining ishlariga muvaffaqiyat tiladi.Akademiya rektori yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni haqida so‘z yuritdi. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xassos soha – muqaddas islom

Batafsil
Akademiyaga Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning rafiqasi Jamile Alamulhudo tashrif buyurdi
Xalqaro

Akademiyaga Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning rafiqasi Jamile Alamulhudo tashrif buyurdi

Bugun poytaxtimizda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toshkent sammiti o‘tkazildi. Mazkur nufuzli tadbirda bir qator xorijiy davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi. Xususan, sammitda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ham qatnashdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning rafiqasi Jamile Alamulhudo tashrif buyurdi.Hurmatli mehmonlarni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi mutasaddilar kutib oldi.Nufuzli mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova hamrohlik qildi. Dastlab mehmonga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.Shundan so‘ng Akademiya rektori Jamile Alamulhudoni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom a

Batafsil
Ko'rinish