Akademiya vakili xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, PhD Habibullo Sagdiyev Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida xizmat safarida boʻldi. Akademiya o‘qituvchisi xizmat safari davomida “Postsovet davri Rossiyadagi musulmon jamiyatining rivojlanish natijalari” mavzusidagi umumrossiya ilmiy-ilohiy konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston hamda Rossiya Federatsiyadan 80 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.Konferensiya oʻz ishini ikki qismda – “Rossiya musulmonlarining diniy merosi: tayanch manbasi va konseptual tushunishning yangi jihatlari” hamda “Postsovet hududida islom taʼlimi: muammolar va istiqbollar” mavzularidagi davra suhbati bilan davom ettirdi. Ertasi kuni “Islomshunoslik va ilohiyotshunoslik tadqiqotlar metodologiyasi muammolari: anʼanalar va innovats
Batafsil
Akademiya o‘qituvchilari xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Raximdjanov va “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Ramzjon Isakdjanov Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Bolgar shahridagi Bolgar islom akademiyasida xizmat safarida boʻlishdi.Akademiya vakillari “Zamonaviy taʼlim tizimida islom teologiyasi: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.Dastlab mezbon taraf vakillari boshqa davlatlardan ham mehmonlarni kutib olib, ularni Akademiya majmuasi hamda Bolgar davlat tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi bilan tanishtirdilar. Mehmonlar Bolgar islom akademiyasi qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan koʻplab islom ilmlariga oid qoʻlyozma va toshbosma manbalar hamda ularni qayta tiklash laboratoriyasi bilan tanishdilar. Ertasi kuni Akademi
Batafsil
Akademiya vakili AQSHda ma’ruza qildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori Aftondil Erkinov AQSHning Pittsburg universiteti Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyati (CESS) konferensiyasida ishtirok etdi.Anjumanda turli mamlakatlardan kelgan 300 ga yaqin olimlar Oʻrta Osiyoga oid maʼruzalari bilan qatnashdi.Akademiya vakili Aftondil Erkinov “Sovet Oʻzbekistonida ayollar sheʼriyatining soxtalashtirilishi” mavzusida maʼruza qildi.Maʼruza tinglovchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Batafsil
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi koordinatorlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Volontyorlar dasturi kotibiyatining masʼul rahbari Goto Dayske boshchiligidagi delegatsiya Akademiya rahbariyati bilan uchrashish hamda ta’lim jarayoniga jalb etilgan yaponiyalik volontyor, mutaxassis-o‘qituvchi Mori Yasuyuki faoliyatini o‘rganish maqsadida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi.Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov ishtirok etdi.Uchrashuvda Akademiya rektori JICA tashkiloti bilan muntazam olib borilayotgan hamkorlik yangi bosqichga chiqayotgani, Akademiyaga volontyor sifatida jalb qilingan yaponiyalik mutaxassis talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi bilimlarn
Batafsil
Xalqaro hamkorlik rivojida yana bir qadam
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Birlashgan Arab Amirligining Muhammad bin Zayd gumanitar fanlar universiteti rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi Akademiya rahbariyati kutib oldi. Akademiya rektori delegatsiya a’zolarining yurtimizdagi ishlariga muvaffaqiyat tilab, yuzma-yuz uchrashib turganidan mamnun ekanini bildirdi.Tashrif avvalida mehmonlarga Akademiya faoliyati, maqsad-vazifalari, “Manbalar xazinasi”da saqlanayotgan nodir qoʻlyozmalar, shuningdek, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.Shundan soʻng boʻlib oʻtgan Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan rektor Uyg‘un Gʻafurov, prorektorlar – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Roʻziyev, Salim Dusanov, rektor maslaha
Batafsil
Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etdi
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston – Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi. Forumda so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Darhaqiqat, bugungi kunga kelib, yurtimizda oliy ta’lim muassasalari soni 211 taga yetdi, jumladan 30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari tashkil etilishi alohida e’tirofga loyiq.Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘sh davlat universiteti o‘rtasida Angl
Batafsil
Bolgar islom akademiyasida Akademiya professorining monografiyasi taqdimoti o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Rossiyaning Tatariston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov boshchiligidagi guruh a‘zolari Bolgar islom akademiyasida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarovning “Burhoniddin Marg‘iloniynig “Hidoya” asari va O‘zbekiston Respublikasi kodeksida oila va nikoh munosabatlarining qiyosiy tahlili” nomli monografiyasininig taqdimotida qatnashishdi.Unda Bolgar islom akademiyasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.Shuningdek, Bolgar islom akademiyasi talabalariga Akademiyamizning faoliyati, ilmiy salohiyati va erishayotgan yutuqlari haqida ma‘lumotlar berildi.Tashrif davomida Bolgar islom akademiyasi faoliyati, ta
Batafsil
Akademiya talabasi XVI – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
Tatariston Respublikasining Qozon shahrida Rossiya islom instituti hamda BAAning Islom madaniyati fan va ta‘limni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan hamkorlikda islom taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida XVI – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasi oʻtkazildi.Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan talabalar “Islom huquqi (Hanafiy fiqhi)”, “Islom huquqi (Shofi’iy mazhabi)”, “Islom asoslari (Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, siyrat)”, “Arab tili” yo‘nalishlarida ishtirok etishdi.Mazkur olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Hanafiy fiqhi yo‘nalishida Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi Fotima Botirova “Islom huquqi (Hanafiy fiqhi)”, Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi Abdulbosit Ahmadjonov esa “Islom asoslari (Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, siyrat)” yo‘nalishida hamda Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi A’zamjon Muhamadjonov esa “Arab tili” yo‘
Batafsil
Akademiya vakillari Rossiya Islom institutining 25 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan forumda ma’ruza qildi
Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining vakillaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Delegatsiya vakillari 27-28-sentabr kunlari Rossiya Islom institutining 25 yillik yubileyi munosabati bilan Qozon shahrida tashkil etilgan “Rossiyada musulmon ta’limidagi an’ana va yangiliklar” nomli forumda qatnashdi.Anjuman doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov “O‘zbekiston va Rossiya islom ulamolari o‘rtasidagi hamkorlik” mavzusida, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarov esa “O‘zbekiston Respublikasida diniy ta’lim sohasidagi islohotlar” mavzusida ma‘ruza qildi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilariga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi haqida rus t
Batafsil
Hamkorlikdagi tadbirlar mazmunli o‘tkazildi
Xabar berganimizdek, bugun Indoneziya Ulamolar kengashi Bosh kotibi Amirshox Tambunan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mehmon bo‘ldi.Rasmiy uchrashuvlar bilan bir qatorda Akademiya majlislar zalida Ulamolar kengashi vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi.Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, kafedra professor-o‘qituvchilari, magistr-doktorantlar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida Zohidjon Islomov Akademiya ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida hassos soha – muqaddas islom dinini ilmiy nuqtayi nazardan fundamental tadqiq etish, ulug‘
Batafsil
Akademiyaga Indoneziya Ulamolar kengashi Bosh kotibi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham o‘z nufuziga ega oliy va ilmiy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu borada xalqaro aloqalarning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlash joiz, Akademiyada xorijiy oliy ta’lim muassasalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi muntazamlik kasb etgan. Bugun ana shunday uchrashuvlardan biri Indoneziya Ulamolar kengashi vakillari bilan o‘tkazildi.Indoneziya Ulamolar kengashi Bosh kotibi Amirshox Tambunan boshchiligidagi delegatsiyani Akademiya rahbariyati kutib oldi.Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalar boʻyicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Indoneziyaning O‘zbekistondagi fav
Batafsil
Akademiya vakillarining Qozon federal universitetida uchrashuvi tashkil etildi
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining vakillaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Tashrif doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarov hamda bir guruh Akademiya talabalarining Rossiya islom instituti rektori bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ikki oliy o‘quv yurtining bugungi salohiyati va hamkorlik imkoniyatlari haqida muzokaralar olib borildi. Rossiya islom instituti rektori professor Rafik Muhametshin O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan do‘stona aloqalar hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘z istaklarini bildirdi. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlar va doktorlik ishi himoyalariga
Batafsil