Xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya islom ilmlari universiteti Akademik va xalqaro masalalar bo‘yicha prorektor Mohd Radhi Ibrohim va Yetakchilik va boshqaruv fakulteti dekani Mohd Yahyo Muhammad Ariffin tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, Salim Dusanov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov kutib oldi.Uchrashuvda Akademiya vakillari hurmatli mehmonlarni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Delegatsiya a’zolarining ishlariga muvaffaqiyat tiladi.Ta’kidlash joiz, joriy yilning 22-may kuni Malayziya islom ilmlari universiteti va Akademiya vakillari o‘rtasida onlayn formatda uchrashuv o‘tk
BatafsilO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Valisongo davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning Indoneziyadagi xizmati safari samarali uchrashuvlarga boy kechdi. Tashrif davomida bir qator diniy-ma’rifiy tashkilotlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan konstruktiv va amaliy muloqotlar o‘tkazildi.Xususan, tashrifning ikkinchi kunida Indoneziyaning Valisongo davlat universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, doktor Imom Taufiq hamda fakultet dekanlari ishtirok etdi. Muloqotlarda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini amalga oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, ikki muassasaning ilmiy jurnallarida maqolalar nashr etishga kelishib olindi.Valisongo davlat uni
BatafsilAkademiya vakillarining Indoneziya Ulamolar kengashi a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Indoneziya Ulamolar kengashi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida yangi O‘zbekistonda azaliy diniy qadriyatlarni qayta tiklash, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Bahouddin Naqshband va yetti pir allomalarining tabarruk qadamjolarini obod etishga katta e’tibor qaratilayotgani, masjid va madrasalar obod bo‘layotgani, fuqarolarimiz haj va umra ibodatlarini yuksak saviyada ado etayotganlari to‘g‘risida keng qamrovli ma’lumot berildi.Indoneziya Ulamolar kengashi bilan o‘zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi ikki mamlakat imom-xatiblarining o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, joriy yilda Indoneziya Ulamolar kengashi rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini
BatafsilHamkorlik rivojida yangi bosqich
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Indoneziyada bo‘lib turishibdi. Akademiya vakillarining navbatdagi uchrashuvi Indoneziya Din ishlari vaziri o‘rinbosari S.Dasuki bilan bo‘lib o‘tdi.Unda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohani qo‘llab-quvvatlash, islom ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz ilmiy merosini o‘rganishga katta e’tibor qaratilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.Uchrashuvda ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash, dinlararo bag‘rikenglik va muloqotni yanada rivojlantirish sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, Indoneziya Din ishlari va
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Indoneziyada xizmat safarida bo‘lib turibdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Indoneziyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Indoneziyaning bir qator diniy-ma’rifiy tashkilotlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan konstruktiv va samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.Xususan, Sahid universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Indoneziya tomoni o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy stajirovkalar tashkil etish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.Shu kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Sahid universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, Sahid universiteti huzurida Turizm sohasida akademik tadqiqot markazining ochish bo‘yicha
Batafsil
Turkiyada seminar tashkil etildi
Xabar berganimizdek, Akademiya vakillari Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Islom tadqiqotlari markazi (ISAM) qoshida malaka oshirayotgan ilmiy tadqiqotchilar uchun vakillarimiz “O‘zbekistonda din sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi” mavzusida seminar o‘tkazishdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarov O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy sohada erishilgan yutuqlar, yangi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlagan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy va o‘rta maxsus diniy bilim yurtlari faoliyati, ajdodlarimiz qoldirgan qo‘lyozma manbalarga oid tadqiqotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.Ma’ruza tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Shundan so‘ng ma’ruzachiga berilgan savollarga to’liq javoblar berildi.Ilmiy safar davomida Akademiya vakillari xor
Batafsil
Akademiya vakillarining Turkiyadagi amaliyoti mazmunli o‘tmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarov va Islomshunoslik fakulteti 2-bosqich talabalari – Shukrulloh Jo‘ramirzayev va Yosinxon Ahmadxonov Turkiya Diyonat boshqarmasi qoshidagi Islom tadqiqotlari markazi (ISAM)da qisqa muddatli amaliyot o‘tamoqda.Akademiya vakillari Islom tadqiqotlari markazi (ISAM) direktori professor Murtazo Bedir bilan uchrashib, tashrif maqsadi va istiqboldagi xalqaro hamkorlik masalalari haqida suhbatlashishdi.Shundan so‘ng markaz professori Ahmad O‘zel ISAMdagi katta kutubxonada saqlanayotgan kitob fondlari, arxivlar, ilmiy tadqiqot ishlari, maqolalar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan elektron dasturlardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.Ilmiy safar davomida Akademiya vakillari Istanbul shahrining diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishishdi.Safa
Batafsil
Onlayn muloqotda hamkorlik aloqalari muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Indoneziyaning Jakarta Sahid universiteti rahbariyati bilan onlayn uchrashuv bo‘lib oֲ‘tdi.Uchrashuvda O‘zbekistonning Indoneziyadagi Elchixonasi vakili A.Omonqulov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Ro‘ziyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori J.Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Xo‘jayev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Abdirashidov hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri O.Astanakulov ishtirok etdi.Hamkor tashkilot tomonidan Indoneziyaning Jakarta Sahid universiteti rektori, professor Ir Halil, M.Kom qatnashdi.Mazkur muloqotda Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat guruhning yozgi maktab dasturi doirasida joriy yil avgust oyida Indoneziya davlatiga tashrifi hamda hamkor muassasada Akademiya markazini tashkil etish, shuni
Batafsil
Xalqaro aloqalar rivojida yana bir qadam
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mojarolarni oldini olish, barqarorlik va xavfsizlik jamg‘armasi (CSSF) rahbari Bett Marshall boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan ucrashuv bo‘lib o‘tdi.Ularni Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova kutib oldi.Uchrashuvda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi UNFPA vakillari ham qatnashdi.Suhbat avvalida Akademiya vakillari mehmonlar yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Delegatsiya a’zolarining ishlariga muvaffaqiyat tilashdi.Shundan so‘ng UNFPA va Akademiya vakillari tomonidan 2020-yildan buyon amalga oshirilayotgan “Islomda gender” mavzusidagi loyihasi muhokama etildi. Xabaringiz bor, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston R
Batafsil
Xalqaro hamkorlik aloqalari muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Germaniyaning “Cultur-Cooperation e.V.” nomli tashkiloti ijrochi direktori Ketlin Gyobel tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi. Ketlin Gyobel kuni kecha muddatidan ilgari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Hurmatli mehmon Prezidentlik saylovi xalqaro standartlarga toʻliq mos holda oʻtganini qayd etdi. Muloqot davomida O‘tkir Hasanboyev tomonidan mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. So‘nggi yillarda islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish yangi bosqic
Batafsil
Akademiyada Yaponiyaning Rivojlanayotgan iqtisodiyot instituti vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Yaponiyaning Rivojlanayotgan iqtisodiyot instituti professori Manabu Shimizu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi. Akademiya vakillari Manabu Shimizu janoblari bilan yuzma-yuz uchrashib turishganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.Uchrashuv Manabu Shimizu janoblarining Akademiyaning Manbalar xazinasi bo‘limi bilan tanishishidan boshlandi. Turli davrlarga oid qo‘lyozmalar mehmonda katta taassurot qoldirdi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Manabu Shimizu joriy yilning 9-iyulida muddatidan
Batafsil
Akademiyada Islom Hamkorlik Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Islom Hamkorlik Tashkiloti kotibiyati bo‘lim boshlig‘i Bubakar Adamu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Akademiyaning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.Muloqot avvalida Zohidjon Islomov Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.Shundan so‘ng Ilyos Mirziyotov Akademiyaning bugungi kundagi xalqaro hamkorlik aloqalari haqida so‘zlab, 40 dan ziyod xoriji
Batafsil