Akademiya vakili Bolgar islom akademiyasida o‘tkazilayotgan forumda ma’ruza qildi
Rossiya Federatsiyasining Bolgar islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining diniy merosi” mavzusida V xalqaro Bolgar forumi o‘tkazilmoqda.Forum doirasida “Zamonaviy yoshlarning fuqarolik oʻziga xosligi: ijtimoiy-madaniy voqeliklar mazmunida din va taʼlim siyosati” mavzusida konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’lumot uchun aytish joizki, forum “VII Bolgar oʻqishlari “Musulmonlarning maʼnaviy merosi anʼanaviy qadriyatlarni mustahkamlash asosi sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, “Zamonaviy yoshlarning fuqarolik oʻziga xosligi: ijtimoiy-madaniy voqeliklar mazmunida din va taʼlim siyosati” mavzusida xalqaro talabalar konferensiyasi hamda “Global muammolar davrida dinlararo muloqot va an’anaviy qadriyatlar” nomli Butunrossiya anjumani kabi shu’ba yig‘ilishlarig
Batafsil
Erasmus + dasturi bo‘yicha almashinuv
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Turkiyaning Istambul universiteti o‘rtasida imzolangan Erasmus+KA107 almashinuv dasturi bo‘yicha professor Merve Ozkayal boshchiligidagi delegatsiya Akademiyada mehmon bo‘ldi.Dastlab delegatsiya a’zolari hamda Akademiya vakillari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, Habibullo Sadibaqosev hamda Olim Astanakulov ishtirokida muloqot o‘tkazildi. Akademiya prorektori Zohidjon Islomov mehmonlarga Akademiya faoliyati haqida ma’lumot berdi. Merve Ozkayal tashrifdan mamnunligini va bu hamkorlik ikki ta’lim muassasalari uchun ham manfaat keltirishiga umid bildirdi. Shundan so‘ng professor Merve Ozkayal “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi talabalariga ma’ruza darslarini o‘tdi. Merve xonim tomonidan ingliz tilida olib borilgan darslar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.O‘z navbatida Merve Ozkayal talabalarning f
Batafsil
Xalqaro hamkorlik tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida Malayziya islom ilmlari universiteti rahbariyati o‘rtasida “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedrasi”ni tashkil etish mavzusida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakili E.Saidov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, Malayziya islom ilmlari universiteti rektori, professor Sharifudin Shaaroniy, prorektor Muhammad Tavfiq Mohd Nur, rektor yordamchisi, doktor Asmadi Haris, Liderlik va menejment fakulteti lektori, professor Muhammad Xair
Batafsil
Janubiy Koreyalik o‘qituvchi ishtirokida mashg‘ulot darsi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Koreyadagi intellektual transport tizimi xavfsizligi” mavzusida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov hamda Janubiy Koreyalik o‘qituvchi, dotsent Byung Vonn Choi hamkorligida tashkil etilgan seminarda Akademiyada faoliyat yuritayotgan JICA volontyori Mori Yasyuki hamda “Axborot xavfsizligini boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.Mahorat darsida Byung Voon Choi intellektual transport tizimi xavfsizligi mutaxassisi sifatida katta ilmiy salohiyati, axborot xavfsizligini boshqarish yo‘nalishiga oid boy bilimlari, ko‘p yillik tajriba va yuksak malakasi bilan o‘rtoqlashdi. Axborot texnologiyalari, IT sohasini bugungi kundagi roli, intellektual tizimlarning transport sohasi va xavfsizligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar kabi yirik loyihalarida faol ishtiro
Batafsil
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Singapur elchisi oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi
Singapur Respublikasi Adliya va ichki ishlar vaziri Kasivisvanatxon Shanmugam hamda ushbu mamlakatning Oʻzbekistondagi elchisi Zulkifli Baharuddin boshchiligidagi delegatsiya Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.Tashrif davomida Markaz rahbariyati va Singapur Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida ikki tomonlama amaliy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi. Muloqotda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev va markaz xodimlari ishtirok etdi.Suhbat avvalida Markaz direktori Jamoliddin Karimov hurmatli mehmonni mazkur tashrifidan mamnan ekanligini bildirdi. O‘z navbatida Kasivisvanatxon Shanmugam Oʻzbekiston hududidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir allomalarning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivo
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi Istanbul universitetida ma’ruza o‘qiydi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Nilufar Botirova Turkiyaning Istanbul universitetida, ikki ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligi va Erasmus+ dasturi doirasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Tashrifning birinchi kunida Istanbul universitetining “Ilohiyot” fakulteti dekan o‘rinbosari, doktor Sultan Shimsek hamda fakultetning “Xalqaro bo‘lim” boshlig‘i, doktor Merva O‘zaykul bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet vakillari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. Sultan Shimsek tashrifdan mamnun ekanini bildirib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik qilish har ikki oliy ta’lim muassasasi uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi. Shundan so‘ng Akademiya o‘qituvchisining Istanbul universitetida safari davom
Batafsil
Akademiya vakillarining Qozog‘iston Respublikasiga xizmat safari samarali o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri v.b. Roziya Matibayeva hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Durbek Rahimjonov Qozog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida xizmat safarida bo‘lib qaytishdi. Dastlab Akademiya vakillari Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti Teologiya va Filologiya fakultetlarida bo‘lishdi. U yerda Filologiya fakulteti dekani professor D.Kenjetayev hamda Teologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda delegatsiya a’zolari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, nashr va o‘quv ishlari bo‘yicha suhbatlashildi. Shu kunning o‘zida universitetning Filologiya va Teologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari hamda
Batafsil
Akademiya vakillarining O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yurtimizning Malayziya hamda Indoneziyadagi elchixonasi vakilllari bilan hamkorlik uchrashuvlar o‘tkazilib, unda mazkur davlatlarning turistik salohiyati, hamkorlikda O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari haqida so‘z borgan edi. O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov bilan o‘tkazilgan navbatdagi muloqot esa ana shu mavzuga bag‘ishlandi.Uchrashuv onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokir Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov ishtirok etdi.Dav
Batafsil
Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama etildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi vakili Muzaffar Abduazimov bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.Onlayn formatda tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokir Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov ishtirok etdi.Muloqotda Indoneziyaning turistik salohiyati, hamkorlikda Oʻzbekistonda Ziyorat turizmini rivojlantirish, talaba-yoshlar uchun ikki tomonlama yozgi maktablar (Summer school) loyihalarini joriy etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, Indoneziya oliy taʼlim muassasalaridan birida Akademiyaning Turizm kafedrasini tashkil etis
Batafsil
Imom-xatiblar uchun mahorat darsi tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida imom-xatib va noib imomlar uchun Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” universiteti “Usul ad-din” kafedrasi o‘qituvchisi, doktor Muhammad Abdulaziz Mish’al tomonidan “Moturidiy ta’limoti asoslari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.Dars mashg‘ulotida islom aqidasi, aqidaviy ta’limotlar, moturidiy ta’limoti asoslari va manbalari, zamonaviy aqidaviy ixtiloflarga ilmiy raddiyalar berishda moturidiy ulamolarining aqliy va naqliy dalillaridan foydalanish masalalari borasida fikrlar almashildi.Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Batafsil
Malayziyalik dinshunos olimlar bilan onlayn davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya islom ilmlari universiteti (USIM) professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi. “Malayziyada dinshunoslik fanlarini o‘qitishdagi yondashuvlar” mavzusidagi uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Malayziya universitetining Liderlik va boshqaruv fakulteti “Aqida va dinshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – doktor Mohd Rosmizi Abd Rahman hamda Marina Munira Abdul Mutalib ishtirok etdi.ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan muloqotda ikki ta’lim muassasalarida dinshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, o‘zbekistonlik va malayziyalik olimlarning o‘zaro ilmiy hamkorligi istiqbolla
Batafsil
Akademiya vakillarining O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi bilan onlayn formatdagi muloqoti bo‘lib o‘tdi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida o‘zaro manfaatli, ishonchli va do‘stona asosdagi aloqalar jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Jumladan, oliy ta’lim sohasida ham hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilayotir.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov bilan onlayn formatda muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokir Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov ishtirok etdi.Muloqotda Malayziyaning turistik salohiyati, hamkorlikda Oʻzbekistonda Ziyorat turizmini rivojlantirish,
Batafsil