O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Akademiya o‘qituvchisi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universitetida ma’ruza o‘qidi
Xalqaro

Akademiya o‘qituvchisi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universitetida ma’ruza o‘qidi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa doktori PhD Mo‘minjon Xo‘jayev Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universitetida talabalarga ma’ruza o‘qidi.Akademiya o‘qituvchisi “Sharq mutafakkirlari va Renessans davri allomalari”, “Abayning falsafiy qarashlari” va “Ibn Xaldun falsafasi” mavzusida ma’ruza qildi.Mazkur hamkorlik darsi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy qilish, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining o‘zaro malaka almashinuvi doirasida tashkil etildi.Shuningdek, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti “Falsafa” kafedrasi tomonidan yaqin aloqani o‘rnatish va kelgusida hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishl

Batafsil
Uchrashuvda hamkorlik masalalari muhokama etildi
Xalqaro

Uchrashuvda hamkorlik masalalari muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Muloqot davomida UNESCO kafedralari doirasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik, xalqaro grantlarda ishtirok hamda istiqboldagi rejalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, UNESCO xalqaro tashkilotining dinlararo va madaniyatlararo bag‘rikenglikni targ‘ib qilish yo‘nalishida xalqaro grant loyihalari haqida ma’lumot olindi. “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasining oxirgi 5 yillik faoliyati UNESCO xalqaro tashkiloti tomonidan ijobiy baholanib, kafedraning tashkilot bilan hamkorlik shartnomasining muddati 2026-yilgacha uzaytirilgani e’tirof etildi. Ma’lumot uchun aytish joizki, “UNITWIN/UNESCO kafedralari” dastu

Batafsil
Bolgar islom akademiyasi maqolalar tanlovini e’lon qiladi
Xalqaro

Bolgar islom akademiyasi maqolalar tanlovini e’lon qiladi

Rossiya Federatsiyasining Bolgar islom akademiyasi tomonidan o‘qituvchi va talabalar uchun “Rossiya musulmonlarning diniy merosi” V xalqaro Bolgar forumi o‘tkaziladi. Joriy yilning 21-26-may kunlari tashkil etiladigan mazkur forum doirasida quyidagi konferensiyalarda ishtirokchilar o‘z maqolalari bilan onlayn yoki oflayn qatnashish imkoniyati mavjud. VII Bolgar oʻqishlari “Musulmonlarning maʼnaviy merosi anʼanaviy qadriyatlarni mustahkamlash asosi sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi;“Zamonaviy yoshlarning fuqarolik oʻziga xosligi: ijtimoiy-madaniy voqeliklar mazmunida din va taʼlim siyosati” mavzusidagi xalqaro talabalar konferensiyasi;“Global muammolar davrida dinlararo muloqot va an’anaviy qadriyatlar” Butunrossiya konferensiyasi.Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga o‘z maqolalari bilan 19-a

Batafsil
Akademiya o‘qituvchilari Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida xizmat safarida bo‘ldi
Xalqaro

Akademiya o‘qituvchilari Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida xizmat safarida bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchilari Mohira Abdullayeva, Ramziddin Isoqjonov va Nurilla Turambetov Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahridagi Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida xizmat safarida bo‘ldi.Akademiya vakillari mazkur xizmat safari davomida II Xalqaro Farobiy Forumi doirasida tashkil etilgan “Abu Nasr Farobiyning falsafiy tili va til falsafasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada dinshunos-ekspert sifatida ishtirok etdi. Xalqaro forumda Mohira Abdullayeva tomonidan “Вопросы почитания родителей в Коране и хадисах”, Ramziddin Isoqjonov “Гносиологические принципы в теологии Ибн Сины” hamda Nurilla Turambetov “Актуальные вопросы теолингвистики в исследованиях немецких религиоведов XIX в.” mavzularida ma’ruza qildi.Forum doirasida Akademiya vakillari bilan bir qatorda xorijiy davlatl

Batafsil
O‘zbekiston delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi amaliy uchrashuvlari xorij ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi
Xalqaro

O‘zbekiston delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi amaliy uchrashuvlari xorij ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safari bilan bo‘ldi. Mazkur tashrif davomida delegatsiya a’zolari Birlashgan Arab Amirliklarining diniy-ma’rifiy soha vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, mazkur tashrif BAAning Emirates News Agentligi, Sharja 24, Sharja TV, alittihod hamda www.msn.com bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Jumladan, delegatsiya a’zolarining BAA Islom ishlari va vaqf bosh boshqarmasi raisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Islom ishlari va vaqf bosh boshqarmasi raisi Muhammad Matar Salim al-Kaabi bilan muloqoti alittihod axborot agentligi sahifalarida faol yoritildi. Xabarda Muhammad Matar Salam al-Kaabi Oʻzbekiston dele

Batafsil
Mamlakatimiz delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy safari samarali kechdi
Xalqaro

Mamlakatimiz delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy safari samarali kechdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib, o‘ndan ortiq ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Jumladan, BAA Islom ishlari va vaqf bosh idorasi raisi Muhammad Matar Salim al-Kaabi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Matar al-Kaabi O‘zbekiston qadimdan buyuk allomalarga beshik bo‘lgan tadarruk zamin ekanligini qayr etgani barobarida so‘nggi yillar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan din sohasidagi islohotlarni ijobiy baholadi.O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezident maslahatchisi ikki davlat rahbarlari o‘z mamlakatlari aloqalarini yana-da rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotganini taʼkidlar ekan, musaffo Islom eʼtiqodi va madaniyatini to‘g‘ri anglash hamda tarqatishda paydo bo‘layotgan muammolar, turlicha qarashlarni oldini olish

Batafsil
Oʻzbekiston delegatsiyasi Sharja Qurʼoni karim akademiyasida boʻlishdi
Xalqaro

Oʻzbekiston delegatsiyasi Sharja Qurʼoni karim akademiyasida boʻlishdi

Delegatsiya a’zolari xizmat safari davomida Qosimiya universiteti tarkibidagi Sharja Qurʼoni karim akademiyasi faoliyati bilan tanishishdi. Shu bilan birga, Akademiya rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi.Qosimiya universiteti va Qurʼoni karim akademiyasi 2018-yilda Sharja amiri tomonidan tashkil etilgan. Mazkur Qurʼoni karim akademiyasining asosiy maqsadlaridan biri Qurʼoni karimni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qadar uzluksiz yetib boruvchi isnod bilan yod olgan “ijoza”li qiroat olimlarini yetishtirish sanaladi. Uning faoliyati asosan uch yoʻnalishda olib boriladi: Qurʼoni karimni yod olgan hofizlarga ijozalar berish; Qurʼoni karim muzeyi; Qurʼoni karim qiroatiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish (Qurʼoni karimga oid ellik jildlik ensiklopediya nashr etilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirda uning oʻn jildi nashrga tayyorlangan).Akademiya binosida Qurʼoni karim muzeyi, qi

Batafsil
Qosimiya universitetida o‘zbekistonlik talabalar bilan muloqot oʻtkazildi
Xalqaro

Qosimiya universitetida o‘zbekistonlik talabalar bilan muloqot oʻtkazildi

Birlashgan Arab Amirligining Sharja Amirligida joylashgan Qosimiya universiteti rektori Avad Xalaf va universitet masʼullari hamda o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi. Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirligi oʻrtasidagi doʻstona aloqalarning rivojlanayotganligi eʼtirof etildi. Oʻzbekistonda soʻngi yillarda diniy-maʼrifiy sohada olib borilgan islohotlar, ajdodlar meʼrosini oʻrganish, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash yoʻnalishidagi faoliyat toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Jumladan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Margʻiloniy, Imom Moturidiy va boshqa allomalarning qadamjolari obod etilib, ula

Batafsil
Abu-Dabi Tinchlik forumi taʼsischisi Shayx Abdulloh bin Bayya bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalqaro

Abu-Dabi Tinchlik forumi taʼsischisi Shayx Abdulloh bin Bayya bilan uchrashuv o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida diniy-ma’rifiy soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.Ana shunday tadbirlardan biri Abu-Dabi Tinchlik forumi taʼsischisi Shayx Abdulloh bin Bayya bilan bo‘lib o‘tdi. Shayx Abdulloh bin Bayya islom olamidagi yirik zamonaviy sunniy olimlaridan biri boʻlib, koʻplab tashkilotlar aʼzosi va muassasisi sanaladi. Jumladan, Abu-Dabi Tinchlik forumi taʼsischisi, Londondagi Global yangilanish va soddalashtirish markazi boshqaruv kengashi raisi, Islom hamkorlik tashkiloti Fiqh akademiyasi Kengashi, Islom olami uyushmasida Butunjahon masjidlar oliy kengashi, Qurʼon va Sunnatda ilmiy moʻjizalar hayʼati aʼzosi, Hindiston Fiqh Kengashi va boshqa kengashlar aʼzosi hisoblanadi. Shayx Abdulloh bin Bayya yoshligidan qadim Movarounnahr haqida kitoblardan

Batafsil
Shayx Nahayon: “Oʻzbekiston bilan hamkorlikka tayyormiz”
Xalqaro

Shayx Nahayon: “Oʻzbekiston bilan hamkorlikka tayyormiz”

Birlashgan Arab Amirliklarining Bagʻrikenglik vazirligida Shayx Nahayon Muborak Ol Nahayon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi. Suhbat davomida ikki davlat rahbarlari orasida shakllangan iliq va samimiy munosabatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirgan rasmiy tashrifi, ikki yetakchining doimiy muloqotlari hamda buning natijasida davlatlar oʻrtasida hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani alohida taʼkidlandi.Shuningdek, Imom Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk allomalar vatani boʻlgan Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik haqida maʼlumotlar berildi. Oʻz navbatida Shayx Nahayon Muborak Ol Nahayon Oʻzbekiston va uning Rahbariga boʻl

Batafsil
Hamkorlik aloqalari muhokama etildi
Xalqaro

Hamkorlik aloqalari muhokama etildi

Delegatsiya a’zolari Muhammad Bin Zoid nomidagi Gumanitar fanlar universiteti rektori, doktor Xalifa al-Zohiriy rahbarligidagi universitet rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.Muloqotda Oʻzbekistonning milliy davlatchiligi, dunyo taraqqiyotiga hissa qoʻshgan olimlarining ilmiy merosi va bugungi kunda diniy-maʼrifiy soha hamda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. 2020-yilda tashkil etilgan Gumanitar fanlar universiteti bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda gender tengilgiga eʼtibor berilganligi bois, ayol-qizlarning rahbariyat, oʻqituvchilar va talabalar orasidagi ulushi

Batafsil
Oʻzbekiston delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklari Islom ishlari va vaqf bosh boshqarmasi raisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Xalqaro

Oʻzbekiston delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklari Islom ishlari va vaqf bosh boshqarmasi raisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo‘ldi. Mazkur tashrif davomida vakillarimizning Islom ishlari va vaqf bosh boshqarmasi raisi Muhammad Matar Salim al-Kaabi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Islom ishlari va vaqf bosh boshqarmasi 1999-yilda BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zayd Ol Nahyon tomonidan joriy etilgan taʼsis etilgan.Uchrashuv avvalida Muhammad Matar Salam al-Kaabi Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, mazkur yurtda qadimdan buyuk allomalar yetishib chiqqani, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan din sohasidagi islohotlar haqida ijobiy fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Oʻz navbatida, Oʻzbekiston

Batafsil
Ko'rinish