O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Akademiya professorining maqolasi xorijning nufuzli jurnalida chop etildi
Xalqaro

Akademiya professorining maqolasi xorijning nufuzli jurnalida chop etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori Ahmad Musoning “Padarkush” – otasining qotili va o‘zbek teatrining kashshofi” nomli maqolasi Misrdagi nufuzli jurnalda chop etildi. Mazkur maqola Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, jamoat arbobi, buyuk alloma, yozuvchi va oʻzbek dramaturgiyasi asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi haqida bo‘lib, unda muallif asarning mazmun-mohiyati, ma’no ko‘lami, fojianing bosh sabablarini batafsil tahlil qiladi.Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi 1911-yilda yozilgan bo‘lib, o‘zbek adabiyoti tarixida birinchi dramatik asarlardan biri sanaladi. Ushbu asar asosida sahnalashtirilgan spektakl Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etilgan. Bu jihatdan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ygan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Dramada jaholat,

Batafsil
Akademiya magistrlari xalqaro loyihada g‘olib bo‘ldi
Xalqaro

Akademiya magistrlari xalqaro loyihada g‘olib bo‘ldi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasining magistratura bosqichi talabalari Yevroosiyo yoshlarning “Jahon iqtisodiyotining makoni: gʻoyalar, strategiyalar, hamkorlik” nomidagi loyiha maktabida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.Mazkur III Yevroosiyo yoshlarining loyiha maktabida Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti, Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozogʻiston universiteti, Belorussiya davlat universiteti, Armaniston milliy politexnika universiteti, Tojikiston davlat universiteti va boshqa universitetlarning 150 dan ortiq iqtidorli talabalari qatorida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ham faol qatnashdi.Loyida doirasida talabalar Rossiya va xorijiy kompaniyalar yetakchi ekspertlari, davlat organlari vakillari, xalqaro tashkilotlar m

Batafsil
Xorijlik professor ishtirokida dars mashg‘uloti o‘tkazildi
Xalqaro

Xorijlik professor ishtirokida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Har bir soha rivojida o‘zaro tajriba almashish, malakali, yetuk kadrlarni tarbiyalashda hamkorlik aloqalari muhim. Shu bois, bugun yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida nafaqat mahalliy, balki dunyoning nufuzli mamlakatlaridagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari, malakali pedagoglari ham yoshlarga zamonaviy ilm-fan sirlaridan saboq bermoqda. Mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosda o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham xorijlik professor-o‘qituvchilarning dars-mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan.Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti professori Mavluda Raximshikovaning falsafa fanidan amaliy dars mashg‘ulotlari oʻtkazildi. Mazkur darslar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa doktor PhD Mo

Batafsil
Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan tanlov e’lon qilindi
Xalqaro

Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan tanlov e’lon qilindi

Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yilda quyidagi o‘quv dasturlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilindi. – “Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;– “Boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot dasturi”.Mazkur dasturlar doirasida xalqaro aviachipta (borish va kelish), yashash hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 31-yanvar.Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi xalqaro forumda ma’ruza qildi
Xalqaro

Akademiya o‘qituvchisi xalqaro forumda ma’ruza qildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Gender aspektlarni integratsiyalash hamda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash jarayonida inklyuziv muhitni yaratishda Oʻzbekistondagi Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining oʻrni” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.Markaziy Osiyoda Yevroosiyo Fondi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupova ekspert sifatida ishtirok etmoqda. Mazkur forum tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash jarayonida ayollarga nisbatan zoʻravonlik, odam savdosi, ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha Fuqarolik jamiyati tashkilotlari salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan. Anjumanda Nigora Yusupova “Xotin-qizlar orasida yot gʻoyalarga qarshi kurashning dolzarb masalalari. Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz!” mavzus

Batafsil
Hamkorlikdagi mahorat darsi samarali o‘tdi
Xalqaro

Hamkorlikdagi mahorat darsi samarali o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Onlayn darslarni samarali tashkil etish yo‘llari” mavzusida onlayn mahorat darsi o‘tkazildi. “Chet tillari” kafedrasi tomonidan ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar ham talabalar ishtirok etdi. Onlayn seminarda AQShning Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti doktoranti Shuhrat Tagayev ma’ruza qildi.Shuhrat Tagayev 1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2005-yilda Samarqand davlat chet tillari universiteti, 2011-yilda esa Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti magistraturasini tamomlagan. Lingvistika (ingliz tili), ta’lim menejmenti mutaxassisi. 2022-yilda Kolumbiya universiteti doktoranturasida tahsil olmoqda.Seminarni “Chet tillari” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova ochib berdi. Shundan so‘ng Shuhrat Tagayev yurtimiz va xorijda tadqiqot olib borishning o‘ziga xos afzalliklari, farqlari h

Batafsil
Oʻzbekiston delegatsiyasi xalqaro tadbirda ishtirok etdi
Xalqaro

Oʻzbekiston delegatsiyasi xalqaro tadbirda ishtirok etdi

Islom olami taʼlim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti (ICESCO) tomonidan musulmon mamlakatlari shaharlariga “Islom madaniyati poytaxti” maqomining berilishi oʻsha mamlakatda islom sivilizatsiyasi va qadriyatlarini oʻrganish hamda keng targʻib qilish yoʻlida amalga oshirilgan ishlarning xalqaro koʻlamdagi eʼtirofi hisoblanadi. Oʻz vaqtida Oʻzbekistonning Toshkent va Buxoro shaharlari ushbu nufuzli maqomga munosib deb topilgan. 2023-yilda esa bunday maqomga Mavritaniya Islom Respublikasi poytaxti Nuakshot shahri sazovor boʻldi. Shu munosabat bilan Mavritaniyada mamlakat Prezidenti Muhammad Valad Shayx al-Gʻaznavi tashabbusi bilan xalqaro darajadagi tadbir tashkil qilindi.Unda Mavritaniya hukumatining taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Dilshodxon Bobojonov hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi I

Batafsil
Vengriya hukumati “Stipendium Hungaricum” ta’lim grantlari dasturini e’lon qildi
Xalqaro

Vengriya hukumati “Stipendium Hungaricum” ta’lim grantlari dasturini e’lon qildi

Vengriya hukumati o‘zining “Stipendium Hungaricum” ta’lim grantlari dasturi doirasida ushbu mamlakat OTMlarida o‘qish uchun ta’lim grantlarini e’lon qildi.Mazkur stipendiya dasturi doirasida Vengriya tomoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 2023/2024-o‘quv yilida quyidagi tartibda jami 170 ta ta’lim grantini taqdim etadi:– bakalavriat 20 ta o‘rin;– bakalavriat magistratura bilan birlashtirilgan tarzda 10 ta o‘rin, ya’ni hujjatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi, unga magistratura (OTM – One time master) ham kiradi, o‘qish muddati ta’lim yo‘nalishiga qarab 5 yoki 6 yil davom etadi; – magistratura 60 ta o‘rin;– doktorantura (PhD) 60 ta o‘rin; – Jismoniy tarbiya universitetida o‘qish uchun 20 ta o‘rin (Budapesht shahrida).Stipendiyalardan uch oydan o‘n oygacha bo‘lgan ta’lim dasturlari uchun ham foydalanish mumkin.Ma’lumot uchun: Muhandislik-texnika, shuningdek,

Batafsil
Akademiya rektori ICESCO Bosh direktori bilan muzokara o‘tkazdi
Xalqaro

Akademiya rektori ICESCO Bosh direktori bilan muzokara o‘tkazdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov Marokash Qirolligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO) Ijroiya Kengashining 43-sessiyasida ishtirok etdi. Tadbirlar davomida Akademiya rektori ICESCO Bosh direktori, doktor Salim al-Malik bilan muzokara o‘tkazdi. Unda ikki tomon uchun muhim bo‘lgan qator masalalar muhokama etildi. Xususan, Akademiya tomonidan 2023-yilda O‘zbekistonda “Islom va hozirgi zamon” va “Dinlararo muloqot” mavzularida xalqaro anjumanini tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkazish haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining arab tili o‘qituvchilari va qo‘lyozmalar bilan ishlovchi mutaxassislarini malakasini oshirish hamda 2023-yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining iqtidorli talabalariga ICESCO maxsus stipendiyalarini ajratish muhoka

Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari Tojikiston Respublikasida xizmat safarida bo‘lishdi
Xalqaro

Akademiya professor-o‘qituvchilari Tojikiston Respublikasida xizmat safarida bo‘lishdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, professor Muhammadolim Muhammadsidiqov, falsafa doktori PhD, dotsent Mo‘minjon Xoʻjayev, siyosiy fanlar doktori, dotsent Farhod Karimov Tojikiston Respublikasining Xoʻjand shahrida xizmat safarida boʻlishdi. Mazkur xizmat safari xorijiy mamlakatlar oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni oʻrnatish va mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Akademiya vakillari safar davomida Xoʻjand davlat universiteti hamda Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetiga tashrif buyurishdi. Talabalar va professor-oʻqituvchilar ishtirokida turli tadbirlar tashkil etildi. Xususan, Xoʻjand davlat universiteti Ijtimoiy-fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talabalari uchun “Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya masalalari va istiqbollari”, “Mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashda din omil

Batafsil
ICESCO Ijroiya Kengashining 43-sessiyasi o‘z ishini boshladi
Xalqaro

ICESCO Ijroiya Kengashining 43-sessiyasi o‘z ishini boshladi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ayni paytda Marokash podshohligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda. Tadbirlar davomida ICESCO Ijroiya Kengashining 43-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda ICESCO Bosh kotibi, doktor Salim al-Malik, Misr Arab Respublikasi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Ayman Ashur qatnashib, ma’ruza qildi.Shundan so‘ng a’zo davlatlarning 2022-yilda amalga oshirgan loyiha va dasturlarining hisobot taqdimoti o‘tkazildi.Konferensiyada yosh mutaxassis dasturini amalga oshirish, Ijroiya Kengashining 44-sessiyasi o‘tkaziladiga sana va joyni tanlash haqida so‘z yuritildi. Muhokamalar davomida turli davlat delegatsiyalari tomonidan taʼlim, ilm-fan va texnologiya, madaniyat sohalarini yanada rivojlantirish borasidagi hisobotlar

Batafsil
Xalqaro konferensiyada muhim masalalar haqida so‘z yuritildi
Xalqaro

Xalqaro konferensiyada muhim masalalar haqida so‘z yuritildi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Marokash podshohligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.Mazkur nufuzli anjumanda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham ishtirok etmoqda. Maslahat uchrashuvining ikkinchi kunida aʼzo mamlakatlar vakillari boʻlgan ishtirokchilar guruhlarga boʻlingan holda, taʼlimni rivojlantirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishdi. Xususan, muhokamalar oliy taʼlimdan oldingi bosqich va oliy taʼlim bosqichlarini rivojlantirish xususida boʻldi.Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan respublikamizning bu boradagi tajribasi aks etgan taqdimot o‘tkazildi. Unda umummtaʼlim maktablarida ilm-fanning turli sohalariga oid chuqurlashtirilgan taʼlim beruvchi Prezident maktablarini taʼsis etishda Oʻzbekiston tajribasi, har bir mamlakatda ularning turli mintaq

Batafsil
Ko'rinish