Akademiya rektori xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Ayni paytda Marokash podshohligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.Mazkur nufuzli anjumanda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham ishtirok etmoqda. Konferensiya “Musulmon dunyosida taraqqiyotning strategik indikatorlari: Bilim indikatori model sifatida” mavzusidagi 1-maslahatlashuv uchrashuvi bilan oʻz ishini boshladi.Taʼkidlash joiz, tashkilot 1979-yilda tashkil topgan boʻlib, bosh qarorgohi Marokash davlati poytaxti Rabot shahrida joylashgan. Tashkilot tomonidan aʼzo davlatlar oʻrtasida taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar hamda dinlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni oʻrnatishga muhim eʼtibor qaratib kelinmoqda. Islom olami va dunyo tamadduni rivojida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrni beqiyos boʻlgani bois I
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi oʻqituvchisi Nigora Xakimova Oksford universitetining Vadam kollejida oʻtkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etdi.Dinshunoslik mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda Akademiya vakili “Oʻzbekiston tarixida ulamolar tomonidan intellektual plyuralizmning qoʻllanilishi (Qaffol Shoshiyning “Mahosin” asari misolida)” mavzusida ma’ruza qildi. Simpoziumda ishtirok etgan Hindiston, AQSH, Kanada, Belgiya, Avstriya, Turkiya va Buyuk Britaniya universitetlari tadqiqotchi-olimlari hamda professor-oʻqituvchilari Movarounnahr ulamolari ilmiy merosiga yuqori baho berdi.Ma’ruzalar davomida dunyo dinlari tarixi, dinshunoslik fanining tadrijiy rivojlanishi, bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Poytaxtimizda Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (UNFPA) koʻmagida “Zoʻravonlikka qarshi kurashni institutsionalizatsiya qilish. Mediada gender sezgir obrazlarni yaratish” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, BMT Bosh kotibi oʻrinbosari – BMTning Jenevadagi vakolatxonasi Bosh direktori Tatyana Valovaya, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva, BMT doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi va UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sharlotta Adrian, tegishli davlat organlari va nodavlat sektor vakillari, xalqaro tashkilotla
Batafsil
Safar ilmiy-madaniy taassurotlarga boy o‘tmoqda
Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasining bir guruh o‘qituvchilari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Istanbuldagi Islom madaniyati va sanʼati muzeyida bo‘lishdi. Muzey Ibrohim Poshoning saroyi binosida joylashgan boʻlib, unda koʻplab osori-atiqalar tarixiy xronologiya asosida sulolalar davri boʻyicha islom madaniyati va sanʼatiga doir koʻrgazmali qurollar, noyob ashyolar, qoʻlyozma va tarixiy hujjatlar, bebaho artefaktlar oʻrin olgan. Uchrashuv davomida muzey rahbariyati tomonidan Akademiya vakillariga “Islom va sanʼat” nomli fotoalbom sovgʻa qilindi.Shundan so‘ng Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari uchun Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasi, Kitoblar shifoxonasi (Restavratsiya) markazi, Istanbuldagi Boyazid davlat kutubxonasiga sayohat tashkil etildi.O‘z navbatida
Batafsil
Akademiya vakillarining IRCICA tashkilotiga safari samarali o‘tmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasining bir guruh o‘qituvchilari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib turibdi. Akademiya vakillari mazkur xizmat safari davomida IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazida malaka oshirishmoqda. Bugun esa Markaz Bosh direktori, professor Mahmud Erol Qilich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra mudiri, tarix fanlari doktori, dotsent Ne’matullo Muxamedov, kafedra dotsenti, tarix fanlari nomzodi Ne’matullo Nasrullayev hamda katta o‘qituvchi, PhD Ziyodulla Zinatullayev, IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Akademiya rahbariyati nomidan esdalik sovg‘alari va kitoblar topshirildi.Shundan so‘ng IRCICA tashkilotida “Islomshunoslik sohasida tadqiqotlar olib borishda Sharq qo‘lyozmalarining ahamiyati
Batafsil
O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti
So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy nomlari bilan atalgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi mazkur merosni keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilmoqda.2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 91-bandida IHT, IRCICA, ICESCO, UNESCO kabi dunyoning nufuzli tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida xalqaro konferensiya, simpozium va anjumanlar tashkil etish vazifasi belgilangan.Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzuri
Batafsil
Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etishdi
Marokash Podshohligining Fes shahrida “BMTning sivilizatsiyalar alyansi”ning “Tinchlik ittifoqi sari: yagona insoniyat sifatida birga yashash” mavzusida 9-global forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimjonov ishtirok etishdi.Forum davomida 40 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mamlakatning sobiq prezidentlari va hukumat rahbarlari, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Pokiston, Portugaliya, Xorvatiya, BAA, Qatar va boshqa davlatlar vakillari so‘zga chiqdi. Ularning ma’ruzalarida dunyodagi inqirozli vaziyat, o‘zaro hurmat, dinlararo, madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo muloqotga asoslangan tinchlik, birlik va hamjihatlikni ta’minlash yo‘llari va yondashuvlari yuzasidan fikr-mulohazal
BatafsilYaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) koordinatorlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) koordinatorlari Nakayama Mayu, Odil Xasanov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’lim jarayoniga jalb qilinayotgan yaponiyalik volontyor, mutaxassis-o‘qituvchi Mori Yasuyuki Akademiyada mehmon bo‘ldi. Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani H.Sadibaqosev, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Q.Rahmonov hamda Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abdullajonov ishtirok etdi.Uchrashuvda Akademiya o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Ro‘ziyev JICA tashkiloti bilan muntazam olib borilayotgan hamkorlik yangi bosqichga chiqayotgani va Akademiyaga volontyor sifatida jalb qilingan yaponiyalik mutaxassislar talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi bilimlarni olishda katta ahamiyat kasb etgani uchun agentlik vakillariga minnat
Batafsil
Malayziya islomni anglash instituti bilan hamkorlikda anjuman tashkil etildi
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziya islomni anglash instituti (IKIM), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi ishtirokida “Islom va zamonaviylik” mavzusida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Islomov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori I.Bekmirzayev qatnashdi.Ushbu onlayn konferensiyada IKIM bosh direktori, doktor Mohamed Azam bin Mohamed Adil vebinar ishtirokchilarini tabriklab, anjuman faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Zohidjon Islomov yuqorida keltirilgan muassasa vakillariga ushbu vebinarda qatnashish orqali birgalikda fikr almashib, ilg‘or tajribalarni yanada boyitish, hamkorli
Batafsil
Akademiya vakillari Qozog‘istonda gender tenglikni ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda
BMT Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan Qozog‘istonning Ostona shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender tenglikni ta’minlashga erkaklarni jalb etish va gender zo‘ravonlik profilaktikasi” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazilmoqda.Seminarda soha mutasaddilari, xorijlik mutaxassislar bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova ishtirok etmoqda.Eslatib o‘tamiz, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasining bilan hamkorlikda “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan edi. Kitobda islomda gender tenglik mohiyati, ayol huquqlari va erkinliklariga doir islom konsepsiyasi, islom huquqida ayolning huquqiy maqomini tadq
Batafsil
Akademiya vakillari xalqaro seminarda ishtirok etdi
Yurtimizda gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta’minlash yuzasidan qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar inson manfaatlari ustunligini taʼminlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquqlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida roʻyobga chiqarilmoqda.Shu maqsadda poytaxtimizda “Reabilitatsiya va reintegratsiya masalalariga gender nuqtai nazaridan yondashuvlar” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir Oila va xotin-qizlar masalalari davlat qo‘mitasi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo vakolatxonasi, BMT Ayollar tashkiloti hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.Sem
Batafsil
Akademiyada BAA Xalqaro madaniy diplomatiya instituti kuzatuv kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Birlashgan Arab Amirligi Xalqaro madaniy diplomatiya instituti kuzatuv kengashi raisi, doktor Yusuf al-Sabri boshchiligidagi delegatsiya Akademiyaga tashrif buyurdi.Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev kutib oldi.Uchrashuvda Akademiya vakillari Yusuf al-Sabrini yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Delegatsiya a’zolarining ishlariga muvaffaqiyat tiladi.Shundan so‘ng Zohidjon Islomov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni haqida so‘z yuritdi. So‘nggi yillarda islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berishda O‘zbekiston xalqaro islom aka
Batafsil