BMT Aholishunoslik jamg‘armasi UNFPA delegatsiyasi Akademiyada mehmon bo‘ldi
BMT Aholishunoslik jamg‘armasi UNFPAning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Florens Bauer boshchiligidagi delegatsiya Akademiyada mehmon bo‘ldi. Mazkur uchrashuv Akademiya mutaxassislari tomonidan gender tenglik masalasida amalga oshirilgan ishlar va to‘plangan tajriba bilan tanishish hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi UNFPA tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova kutib oldi.Uchrashuvda Akademiya vakillari Florens Bauerni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Delegatsiya a’zolarining ishlariga muvaffaqiyat tiladi.Shundan so‘ng Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ba
Batafsil
Hamkorlik masalalari muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida AQSh Kongressi kutubxonasi Yaqin Sharq va Afrika adabiyoti bo‘limi direktori Joan Viks va Arab dunyosi bo‘limi boshlig‘i Muhannad Salxi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Bahrom Mamadiyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.Mazkur muloqot O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilib, unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom
Batafsil
Akademiya vakillari ICESCO tashkilotining xalqaro dasturida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) tomonidan ona tili arab tili bo‘lmaganlar uchun arab tilini o‘rgatish bo‘yicha onlayn seminar dasturi tashkil etildi.ICESCO tashkilotining “Mishkot” masofaviy o‘qitish yillik dasturiga ko‘ra, ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent islom instituti o‘qituvchilari ham ishtirok etdi. Dasturning ochilish darsi “Ona tili arab tili bo‘lmaganlar uchun arab tili o‘qituvchilarining malakalari” mavzusiga bag‘ishlandi. Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilib, O‘zbekistonda arab tilini o‘qi
Batafsil
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori xalqaro simpoziumda ishtirok etdi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jamoliddin Karimov Turkiya Respublikasining Uludag‘ universitetida o‘tkazilayotgan “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” mavzusidagi xalqaro simpoziumda ishtirok etdi. Anjumanda Jamoliddin Karimov “Temuriylar davri allomasi al-Jazariyning qiroat va uning ko‘rinishlari haqida qarashlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. Shuningdek, sho‘ba yig‘ilishida moderator sifatida ishtirok etdi. Simpoziumda Sulton Yildirim Boyazid hamda Amir Temurning siyosiy faoliyati, ularning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissalariga oid ilmiy masalalar keng muhokama qilindi.Shu bilan birga, tadbir doirasida Imom Moturidiy “Ta’vilot al-Qur’on” asari 29-juzining Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida amalga oshirilgan o‘zbek tilidagi tarjimasi taqdimoti ham o‘tkazildi. Taqdimotda
Batafsil
AQSh davlat departamenti vakili Akademiyada mehmon bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida AQSh davlat departamenti vakili Robin Shulman boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi. Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Bahrom Mamadiyev kutib oldi. Uchrashuvda Akademiya prorektori Zohidjon Islomov Robin Shulmanni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Delegatsiya a’zolarining ishlariga muvaffaqiyat tiladi.Muloqot davomida Zohidjon Islomov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni haqida so‘z yuritdi. So‘nggi yillarda islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berishda O‘zbekiston xalqaro islom
Batafsil
Hamkorlikda ilmiy-ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti “Psixosemantik tadqiqotlar” laboratoriyasining yetakchi mutaxassisi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Olga Mitina bilan ilmiy-ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Akademiyaning “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali psixologiya yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi. “COVID-19 pandemiyasi global psixologik eksperiment sifatida: tadqiqot imkoniyatlari va natijalari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda hozirgi zamon psixologiya fani, shu jumladan, din psixologiyasining rivojlanish istiqbollari hamda sohadagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Davra suhbatida har ikki oliy ta’lim muassasasi talabalari pandemiya davri insoniyat hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatgani va shaxs psixikasi va ruhiyatida qanda
Batafsil
Treninglar Xorazm viloyatida ham o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmasida aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida respublika bo‘ylab seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagisi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, mahallalar yetakchilari hamda soha vakillari ishtirok etdi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova kitobda aks etgan mavzular bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’lumot berishdi. Ta’kidlash joizki, mazkur kitob BMT Aholishunoslik
Batafsil
Treninglar Surxondaryo viloyatida ham davom etdi
E’tirof etish joizki, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar inson manfaatlariga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Xususan, mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash masalasi yangi bosqichga ko‘tarildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham gender tenglikni ta’minlashda ko‘plab xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Jumladan, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqdi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ishtirokida joylarda o‘quv qo‘llanmada aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagisi Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va
Batafsil
Gender tenglik mavzusiga bag‘ishlangan treninglar Samarqand viloyatida ham davom etdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmasida aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida respublika bo‘ylab seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagisi Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, mahallalar yetakchilari hamda soha vakillari ishtirok etdi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda Akademiya o‘qituvchisi Nigora Yusupova mazkur kitob BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikda ishlab chiqilganini ta’kidladi. Kitobda aks
Batafsil
Treninglar Qashqadaryo viloyatida ham davom etdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmada aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida respublika bo‘ylab seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. Ana shunday treninglarning navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida o‘tkazildi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, shuningdek, mahallalar yetakchilari va soha vakillari ishtirok etdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda Akademiya o‘qituvchisi Nigora Yusupova mazkur kitob haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.Eslatib o‘tamiz, mazkur kitob BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ha
Batafsil
Navbatdagi trening Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikda “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqqan edi. Mazkur kitobda aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining vakillari ishtirokida treninglar bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi seminar esa Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi. Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, shuningdek, mahallalar yetakchilari va soha vakillari ishtirok etdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib berarkan, loyiha va
Batafsil
Akademiya vakillari muhim mavzuda ma’ruza qildi
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar inson manfaatlariga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Xususan, yurtimizda gender tenglikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Gender tenglik nafaqat inson huquqini ta’minlash, balki, jamiyatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan ezgu qadriyat sanaladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deb belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, tan olib aytish kerakki, so‘nggi besh yilda bu boradagi ishlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi.Buning samarasi o‘laroq, so‘nggi yillarda jamiyatning turli sohalarida, ham milliy, ham mintaqaviy darajada ayollarning roli va mavqeida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
Batafsil