Akademiyada o‘tkazilgan konferensiyalarning materiallari to‘plami IRCICAning rasmiy saytiga joylashtirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi – IRCICA bilan hamkorlikda respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, anjumanlar o‘tkazilishi odat tusiga kirgan. Mazkur tadbirlar davomida soha mutaxassislari tomonidan ko‘tarilgan mavzular, ular tomonidan yozilgan ilmiy maqolalar to‘plam shaklida chop etiladi. Ahamiyatlisi, ushbu kitoblar tashkilotning rasmiy saytiga joylashtirildi. Jumladan, 2020-yilda “Buxoro – islom madaniyati poytaxti” forumi doirasida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyoda islom madaniyati va san’ati: o‘tmish va hozirgi zamon” I xalqaro onlayn konferensiyasining o‘quv materiallari, 2021-yilda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami hamda “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, diniy an
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisining maqolasi xorijning nufuzli gazetasida e’lon qilindi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Nargiza Shoaliyevaning “O‘zbekistondagi ta’lim islohotlari” deb nomlangan maqolasi Tehronning “Obtobe sobh” gazetasida e’lon qilindi.Muallif maqolasida bugungi kunda yangi O‘zbekiston keng ko‘lamli islohotlar maydoniga aylanganini e’tirof etadi. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar keltiradi.Maqolada “O‘zbekistonda yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi izchil rivojlantirilmoqda. Oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilmoqda”, deya qayd etilgan.O‘zbekiston xalqaro
BatafsilOnlayn uchrashuvda hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Pokiston Oliy ta’lim komissiyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim komissiyasi direktori Muhammad Raza Chohan, Peshovar universiteti professorlari doktor Said Minhaj ul Hassan va Shabir Ahmed Xon, Kengash raisi Qibla Ayaz hamda Akademiyaning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahrom Mamadiyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Islom ensiklopediyasi bo‘limi mudiri Nurislom To‘xliyev va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Oliy ta’lim komissiyasi direktori Muhammad Raza Chohan bugungi yig‘ilishdan asosiy maqsad Islom ensiklopediyasini tuzish bo‘yicha fikrlar almashish va o‘zaro aloqalar o‘rnatgan holda istiqboldagi rejalarni ko‘rib chiqish ekanini bildirdi
Batafsil
Islom taraqqiyot banki vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom taraqqiyot banki vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bankning Texnik hamkorlik bo‘limi xodimi Farruq Muhammad, bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Husan Hasanov, vakolatxona xodimi A.Qodirov, shuningdek, Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev va Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Farruq Muhammad Islom taraqqiyot bankining texnik ko‘mak dasturlari, xususan, Reverse Linkage dasturi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Mazkur dastur rivojlanayotgan mamlakatlardagi davlat tashkilotlari va turli muassasalar uchun o‘z faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba bilan boyitish imkonini yaratishini qo‘shimcha qildi.O‘z navbatida Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev Akademiya ham aynan yuqoridagi dasturlar yordamida nufuzli oliy t
Batafsil
E’LON!
Marokash hukumati tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun 2022/2023-o‘quv yiliga ushbu davlatning oliy va texnik ta’lim muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.Marokashda ta’lim fransuz tilida bo‘lganligi bois, nomzodlar O‘zbekistondagi xalqaro til markazlarida (Fransiya madaniyat markazi yoki Fransuz alyansi) imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi.Muddat – 2022-yil 1-sentabr.Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi. (Tel:+998 71 244 95 93)
Batafsil
E’LON!
Misr Arab Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi va “Al-Azhar” majmuasi tomonidan 2022/2023-o‘quv yilida ushbu davlatda arab tilini 1 yillik o‘qitish kursiga tanlov e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.Muddat – 2022-yil 29-iyul.Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi. (Tel:+998 71 244 95 93)
Batafsil
Akademiya professori xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Kuni kecha Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahrida “Yevrosiyo mamlakatlarida moliyaviy xavfsizlik, korrupsiyaga qarshi choralar: raqamlashtirish, buxgalteriya hisobi, tahliliy, monitoring va huquq” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.Anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda yurtimizdagi soha mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda buxgalteriya hisobi va audit hamjamiyatining mutaxassislari ishtirok etdi.Jumladan, konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori To‘lqin Alimardonov ham ishtirok etib, “Amir Temurning Yevroosiyo geopolitikasi” mavzusida ma’ruza qildi.Akademiya o‘qituvchisi o‘z nutqida o‘zbek davlatchiligining tarixan shakllanishida Amir Temurning qo‘shgan hissasi ulkan ekanligini qayd etib, XIV-XV asrlar
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisining maqolasi Misrning nufuzli jurnalida nashr etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori (DSc) Zuhra Aripovaning “Mamluklar davrida tasavvuf” nomli maqolasi Misrdagi “Tasavvuf” jurnalining 2022-yil iyul oyi 528-sonida arab tilida nashr etildi. O‘zbekiston va Misr aloqalarini tarixiy-madaniy mushtaraklik, an’anaviy do‘stlik va yaqin hamkorlik birlashtirib turadi. Ma’lumki, Mamluklar hukmronligi davrida (1250-1517) Qohira shahrida “al-hadiqa al-Uzbakiya” deb nomlangan birinchi bog‘ qurilgan. Vaqt o‘tishi bilan o‘zbeklar mahalliy aholi bilan shu qadar aralashib ketdiki, natijada, ular alohida etnik guruh xususiyatlarini yo‘qotgan bo‘lsa-da, “o‘zbeklar” nomi shu kungacha saqlanib qolgan. “Hadiqa al-Uzbakiya” bog‘i hozirgi kunga qadar Qohira shahri markazidagi eng katta tarixiy, diqqatga sazovor joylardan biri sanaladi.Maqolada mamluklar davridagi tasavvuf borasida ta
Batafsil
Akademiya vakili xalqaro simpoziumda ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Saidmuxtor Oqilov 2022-yil 27-29-iyun kunlari Istanbul shahrida Turkiy millatlar uyushmasi Istanbul shoʻbasi va Istanbul shahar hokimiyati (Türk ocaklari İstanbul şubesi ve İstanbul büyükşehir belediyesi) tomonidan tashkil etilayotgan “Bugungi kunda islom dunyosidagi zamonaviy muammolar va ularga yechim topish yo‘llari” (Günümüz islâm dünyasında meseleler ve çözüm yolları-II) mavzuidagi ikkinchi xalqaro simpoziumda ishtirok etmoqda.Mazkur simpoziumda bugungi kunda dunyoda islom faktori bilan bog‘liq muammolarga yechim topish yo‘llari muhokama qilinmoqda. Simpoziumda Turkiya, Tunis, Rossiya, Ozarbayjon, Qozoqiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston kabi davlatlardan islomshunos mutaxassislar ishtirok etmoqdalar. Simpozium quyidagi jami 10 ta shoʻ
Batafsil
Hindistonlik professor Akademiya mehmoni bo‘ldi
Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahridagi Lal Bahadur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi direktori, professor Chander Shekhar bilan uchrashuv tashkil etildi.Unda Akademiya Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-taqdiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.Muloqotda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, sohaga oid ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bilan o‘zaro fikr almashish kabi masalalarda suhbatlashildi.O‘zbek va hind xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishi, jumladan, Buyuk ipak yo‘li davrida xalqlarimiz o‘rtasida nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy va gumanitar sohalarda ham yaqin munosabatlar bo‘lga
Batafsil
Akademiya professori Oksford universitetida ma’ruza qildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom tarixini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Ilhom Bekmirzayev Buyuk Britaniyaning Oksford Islom tadqiqotlari markazida “Qisqa muddatli malaka oshirish” dasturida ishtirok etayotganini xabar bergan edik.Akademiya o‘qituvchisi mazkur safar davomida “X-XIII asrlarda Movarounnahrda faoliyat yuritgan musulmon olimlarining darajalari va ularning ijtimoiy hayotdagi faoliyati” mavzusidagi tadqiqot loyihasida ishtirok etmoqda.Kuni kecha Ilhom Bekmirzayev Oksford universitetida “The Role of the faqihs of Banu Moza (Oli Moza) in the social and cultural life of Bukhara in the XI-XIII centuries” mavzusida ma’ruza qildi.Ma’ruzada Oksford Islom tadqiqotlari markazi tadqiqotchilardan tashqari jahon islomshunosligi ilmida munosib o‘rin egallagan professorlar ham ishtirok etdi. Jumladan, AQSHning Kolumbiya universite
Batafsil
Akademiya talabalari hamda Qohira universiteti magistrantlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari Misr Arab Respublikasidagi safarini davom ettirmoqda.Safar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari O‘zbekistonning Misr Arab Respublikasidagi elchixonasiga tashrif buyurishdi. U yerda Qohira universitetining magistrantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Universitet magistrlari o‘zbek tilini o‘rganayotganliklarini, bu orqali o‘zbek tilidagi manbalarni mutolaa qilishga qiziqishlarini ta’kidlashdi. Akademiya talabalari ular bilan Qohira universiteti va ularning ilmiy ishlari haqida suhbat qurishdi. Samimiy va do‘stona kayfiyatda kechgan uchrashuv har ikki tomon vakillari uchun samarali bo‘ldi.Talabalar Akademiya haqidagi taqdimotlarini namoyish etishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil