Akademiya o‘qituvchisi Misrda malaka oshirmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nilufar Botirova Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi homiyligidagi “Nasser Fellowship for International Leadership 2022” ikki haftalik malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Mazkur malaka oshirish dasturida dunyoning 80 ta davlatidan 150 nafar professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda turli tashkilotlarning xodimlari qatnashmoqda. Dastur davomida davlatlar o‘rtasida hamkorlikning samarali va barqaror mexanizmini rivojlantirish, ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini rag‘batlantirishga qaratilgan samarali hamkorlikka erishish, Barqaror rivojlanish maqsadlari – 2030, sarmoya kiritish “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish kabi masalalarda o‘quv-ilmiy seminarlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Misr Tashqi ishlar vazirligi, Politsiya Akademiy
Batafsil
Xorijlik professor bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasining Misr Arab Respublikasidagi safari davom etmoqda.Tashrif davomida delegatsiya a’zolari “Nasser Fellowship for International lidership 2022” dasturi ishtirokchisi va professor-o‘qituvchilaridan biri doktor Magdiy Za’bal bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida talaba-qizlar O‘zbekiston va Misr aloqalari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, buyuk allomalarimiz va yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berishdi. O‘z navbatida doktor Magdiy Za’bal yurtimiz haqida turkum kitoblar yozayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonni ikkinchi vatani deb hisoblashini e’tirof etdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Safar mazmunli va samarali o‘tmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasining Misr Arab Respublikasidagi safari davom etmoqda. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida Qohiradagi “Safir” mehmonxonasida talabalar uchun kechki dasturxon uyushtirildi. Tadbirda Akademiya vakillari Misrda ta’lim olayotgan talaba-qizlar bilan uchrashdi. Ularga Akademiya “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi o‘qituvchisi Zulfiya Shokirova yurtimizda xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun berilayotgan imtiyozlar, shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Davra suhbati davomida Akademiya talabalari yig‘ilganlarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Akademiya delegatsiyasining Misr Arab Respublikasidagi safari davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiya vakillarining Misrdagi tashrifi davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘qituvchi va besh nafar talaba-qizlaridan iborat delegatsiyasi Misr Arab Respublikasida bo‘lib turibdi.Akademiya vakillari safar davomida Misr sivilizatsiyasi muzeyiga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida talabalar muzey eksponatlari bilan tanishdi.Ikki qavatdan iborat, zamonaviy uslubda barpo etilgan muzeyda tosh asridan boshlab, XX asrgacha bo‘lgan insoniyat tarixidan so‘zlovchi manbalar saqlanadi. Delegatsiya a’zolari Misr tarixi, uning madaniy yodgorliklari, boy merosi kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Misr sivilizatsiyasi muzeyidan so‘ng Qohiraning Tahrir maydonida joylashgan Misr milliy muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tashrif ham vakillarimizda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiya delegatsiyasi Misrga safar uyushtirdi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Misr Arab Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy va ijodiy safarlar tobora rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida navbatdagi hamkorlik amalga oshirildi. Misr Arab Respublikasiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘qituvchi va besh nafar talaba-qizlaridan iborat delegatsiya o‘z safarini boshladi.Delegatsiya tomonidan Misrdagi qator nufuzli universitetlarga tashrif buyurish hamda O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida ushbu mamlakatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.O‘zbekisto
Batafsil
Doktor Hamza Bakriy ishtirokidagi o‘quv mashg'ulotining ikkinchi kuni o‘tkazildi
Doktor Hamza Bakriy ishtirokida “Qo'lyozma manbalarni tadqiq qilish” hamda “Kalom ilmi” mavzularidagi o‘quv mashg'ulotlari davom etmoqda. Jumladan, ma'ruzachi tomonidan tinglovchilarga qo‘lyozmalarning ishonchliligi, muallifi, unvoni hamda nisbasini aniqlash, shuningdek matnni o‘qish, nusxalar bilan ishlash haqida ma'lumotlar taqdim qilinmoqda.
Batafsil
Kalom va islom falsafasi bo‘yicha yetuk olim Akademiyada
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro ilmiy hay’ati a’zosi, Turkiya Respublikasi Ibn Xaldun universiteti professori, doktor Hamza Bakriy Akademiyaga tashrif buyurdi.Olimning yurtimizga tashrifi davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh”, “Xadichai kubro” o‘rta maxsus islom bilim yurtlari mutaxassislari uchun “Qo‘lyozma manbalarni tadqiq qilish” hamda “Kalom ilmi” kurslari doirasida bir haftalik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish rejalashtirilgan.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Mohd Al Adib Samuri: “Akademiya bilan hamkorligimiz davom etadi”
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Movarounnahr diyoridan yetishib chiqqan allomalar hayoti va ilmiy merosi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan dunyodagi nufuzli xorijiy ilmiy muassasalardagi xorijlik tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya joriy etilgan edi. Mazkur stipendiyaning ilk sovrindori bo‘lgan Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori o‘rinbosari Mohd Al Adib Samuri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bir hafta davomida tadqiqot ishlarini olib bordi. Mazkur muddat davomida Manbalar xazinasi bo‘limidagi noyob qo‘lyozmalar, Axborot resurs markazidagi kitoblar bilan tanishdi. Tadqiqot yakunida Mohd Al Adib Samuri bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-taqdiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Xorijiy
Batafsil
Turkiyadagi ilmiy safar sayyohat bilan yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Islomshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatsiya Istanbuldagi Ayo Sofiya, To‘p Qopi, Ayub Sulton, Ali Qushchi majmualarida bo‘lishdi. Dastlab kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ZOOM dasturi orqali onlayn ishtirok etishdi. Mazkur anjumanda tarix fanlari nomzodi, dotsent Saidmuxtor Oqilov “Moturidiya ta’limotida din va siyosat masalasi” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, kafedra a’zosi Ilhom Bekmirzayev Oksford islom tadqiqotlari markazi professor Mustafa Usmon Amin bilan birgalikda “Islom tushunchasida global
Batafsil
Akademiyaga Germaniyaning Xalqaro madaniy hamkorlik tashkiloti vakili tashrif buyurdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Germaniyaning Xalqaro madaniy hamkorlik tashkiloti vakili Kaslin Gyubel bilan uchrashuv tashkil etildi.Unda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dono Qalandarova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xujayev ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida Kaslin Gyubel Akademiya tomonidan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, bugungi kunda islomshunoslik va dinshunoslik yo‘nalishlarida ko‘plab ilmiy ishlar qilinayotganini ta’kidladi.Shundan so‘ng Zohidjon Islomov yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohaga bo‘lgan e’tibor, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berdi.Muloqot davomida Kaslin Gyubel “Allohning 99 ismi” nomli kitobni esdalik
Batafsil
Delegatlarimizga sertifikat topshirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatlarimiz Bursa Uludag‘ universitetida tashkil etilgan o‘quv-seminarida ishtirok etishdi.Seminarda Akademiya professor-o‘qituvchilari, magistrantlari, Bursa Uludag‘ universiteti talabalari, Ilohiyot fakulteti professori Yashar Aydinlining “Islom falsafasiga oid tushunchalar shakllanishida Movarounnahr ulamalarining o‘rni” mavzusidagi ma’ruza mashg‘ulotida qatnashdi.Mashg‘ulot yakunida Akademiya vakillariga sertifikat topshirildi. Shundan so‘ng, o‘quv seminarining yopilish marosimi tashkil qilinib, unda Ilohiyot fakulteti dekani, professor Ali Kaya ishtirok etdi. Professor Ali Kaya o‘zaro hamkorlik uchun Akademiya vakillariga minnatdorlik bildirib, esdalik sovg‘alarini taqdim qildi.O‘zbeki
Batafsil
Vakillarimiz IRCICA xalqaro tashkilotida
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Islomshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatsiya Istanbulda amaliy safar bilan bo‘lib turibdi. Tashrif davomida IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiqot qilish markazi va Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan “Islomshunoslik sohasida tadqiqotlar olib borishda Sharq qo‘lyozmalarining ahamiyati” mavzusida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.Unda IRCICA ilmiy xodimi Veysel Bulut “Ibn Sino asarlari katalogi” ilmiy-tadqiqot loyihasi, professor Najat Xalil va Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti tarix fakulteti professori Alfrid Bustanov “Shihobiddin al-Marjoniyning “Vafiyat al-aslof” asarining tanqidiy nashri”, Alido‘st Eltugral “Islom arxitekturasi” hamda Ferhat Kurluning “Islom kalligrafiyasi” mavzular
Batafsil