O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Akademiya vakillari Tojikiston Respublikasidagi forumda faol ishtirok etdi
Xalqaro

Akademiya vakillari Tojikiston Respublikasidagi forumda faol ishtirok etdi

Avval xabar berganimizdek, Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Diniy xilma-xillik va bag‘rikenglik bo‘yicha mintaqalararo mediaforum” o‘tkazilmoqda. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Mohira Abdullayeva hamda Akademiya doktoranti Tolibjon Nizomov faol ishtirok etdi.Forum doirasida turli seminar-treninglar tashkil etildi. Tadbirda media-trenerlar, ommaviy axborot vositalari sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar yetakchilari va diniy ekspertlar uchun hududlarda vijdon erkinligini targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.Akademiya vakillari seminarlarda o‘zlarining qiziqarli taklif-mulohazalari, fikrlari bilan ishtirok etdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Bursa Uludag’ universiteti talabalari uchun professor-o‘qituvchilarimizdan mahorat darsi
Xalqaro

Bursa Uludag’ universiteti talabalari uchun professor-o‘qituvchilarimizdan mahorat darsi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatlarimizning Bursa Uludag’ universitetida tashkil qilinayotgan o‘quv-seminarlardagi ishtiroki davom etmoqda.O‘quv-seminarining 26-may kunidagi rejasi bo‘yicha Akademiya professor-o‘qituvchilari Bursa Uludag’ universiteti talabalari uchun ma’ruza mashg’ulotini olib bordi.“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan ma’ruza mashg’ulotlari Bursa Uludag’ universiteti Ilohiyot fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi “Bilgi TV” kanali orqali onlayn translatsiyasi amalga oshirildi.Ma’ruza mashg’uloti so‘ngida Akademiya ustozlari va magistrantlariga sertifikatlar topshirildi.Akademiya delegatlari kunning ikkinchi yarmida Bursa

Batafsil
Bursa Uludag’ universiteti rahbariyati bilan uchrashuv
Xalqaro

Bursa Uludag’ universiteti rahbariyati bilan uchrashuv

Shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat bir guruh vakillarimiz Turkiyada bo‘lib turibdi.Ilmiy safarning navbatdagi kunida delegatlarimiz Bursa Uludag’ universiteti rektori, professor Ahmet Saim Kilavuz qabulida bo‘lishdi. Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik, o‘qituvchi hamda talabalar almashinuvi, sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari borasida suhbatlashildi.Do‘stona kechgan muloqotdan so‘ng universitet mutasaddilari hamrohligida vakillarimizga universitet fakultetlari, bo‘limlar, kutubxona va o‘quv xonalari tanishtirildi. Bursa shahri tarixiga bag’ishlangan muzeylarga sayohat tashkil etildi.Delegatlarimizning Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizma

Batafsil
Akademiya vakillarining Turkiyadagi tashrifi mazmunli o‘tmoqda
Xalqaro

Akademiya vakillarining Turkiyadagi tashrifi mazmunli o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Islomshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatsiya Istanbuldagi IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyati tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. U yerda “Islomshunoslik sohasida tadqiqotlar olib borishda Sharq qo‘lyozmalarining ahamiyati” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Professor Sadik Unay va professor Ashirbek Mo‘minov moderatorlik qilgan ushbu seminar-treningda IRCICA kutubxona va arxivlar direktori Didar Bayir tinglovchilarga kitob fondlari, arxivlar va dasturlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida professor Fazil Bayat “Usmonlilar arxivlarida tadqiqot olib borish”, Mehmet Serdar Bekar esa “Imom at-Termiziyning “Shamoil an-Nabiy” qo‘lyozmalari” mavzularida ma’ruzalar qildi. Shundan so‘ng delegatsiya a’z

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi xalqaro forumda ma’ruza qildi
Xalqaro

Akademiya o‘qituvchisi xalqaro forumda ma’ruza qildi

Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Diniy xilma-xillik va bag‘rikenglik bo‘yicha mintaqalararo mediaforum” o‘tkazildi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Mohira Abdullayeva ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Mazkur forum Tojikiston va O‘zbekiston jurnalistlari va media ekspertlariga dinlararo muloqot va diniy bag‘rikenglik mavzularini ommaviy axborot vositalarida xolis, oqilona va obyektiv yoritishlari maqsadida tashkil etildi.Forum doirasida ikki davlat jurnalistlari, media ekspertlari va dinshunos, huquqshunos olimlarining bag‘rikenglik mavzusini yoritishda jurnalistlar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan, e’tiqodga chaqiruvchi, turli tajovuz va nizolarni keltirib chiqaruvchi hamda har bir shaxs erkinliklarini chegaralovchi jihatlariga e’tiborli bo‘lish haqida mutaxassisl

Batafsil
Anqarada “O‘zbekiston islom tamadduni markazi” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi
Xalqaro

Anqarada “O‘zbekiston islom tamadduni markazi” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi

Anqaradagi Strategik tadqiqotlar institutida “O‘zbekiston islom tamadduni markazi” nomli anjuman tashkil etildi.Unda Turkiyadagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olimlar, soha mutaxassislari qatnashdi. Jumladan, Turkiyada ilmiy safarda bo‘lib turgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari mazkur tadbirda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.Anjumanda so‘z olgan turkiyalik olimlar O‘zbekiston zamini dunyo tamadduni va islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozonganini bildirishdi. Ajdodlar bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirib borayotgani e’t

Batafsil
Vakillarimizning Bursa Uludag’ universitetidagi o‘quv-seminarlarda ishtiroki davom etmoqda
Xalqaro

Vakillarimizning Bursa Uludag’ universitetidagi o‘quv-seminarlarda ishtiroki davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlari Bursa Uludag’ universiteti Ilohiyot fakultetida o‘quv seminarlarda ishtirok etmoqda.O‘quv seminar rejasiga muvofiq, Ilohiyot fakulteti professorlari dars mashg’ulotini olib bordi. Jumladan, professor Kasim Kuchukalp “Falsafa, fan va din” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada falsafa, fan va bilim tushunchalarini batafsil yoritish bilan bir qatorda bog’liqlik masalasiga alohida to‘xtab o‘tildi.Seminar rejasi bo‘yicha ikkinchi ma’ruza professor Ahmad Dog’ ishtirokida o‘tkazildi. Professor Ahmad Dog’ “XXI asrda texnologiya falsafasi” mavzusidagi ma’ruzasida tabiiy va ijtimoiy fanlar o‘rtasida munosabatlarni bog’lash va insoniyat taraqqiyotining navbatdagi bosqichiga olib chiqishida falsafiy bilimlar ahamiy

Batafsil
Delegatlarimiz Bursa Uludag’ universitetida
Xalqaro

Delegatlarimiz Bursa Uludag’ universitetida

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat bir guruh vakillarimiz Turkiyaning Bursa Uludag’ universitetida o‘quv-seminardagi ishtiroklarini boshladi.Dastlab Bursa Uludag’ unverstetining Ilohiyot fakulteti mezbonligida tashkil etilgan o‘quv seminarini universitet rektori, professor Ahmet Saim Kilavuz tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Rektor o‘z nutqida ikki o‘lka xalqlari madaniy, ilmiy va ta’lim hamkorligi uzoq tarixga oidligi va ushbu tarixiy aloqalar Bursa Uludag’ universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yanada rivojlanishini, bunga ilmiy va pedagogik salohiyat yetarli ekanligiga joriy yilning yanvar oyida Akademiyaga xizmat safari davomida guvoh bo‘lganini ta’kidladi.Shuningdek, seminar

Batafsil
O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy soha islohotlari Turkiya jamoatchiligi e’tiborida
Xalqaro

O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy soha islohotlari Turkiya jamoatchiligi e’tiborida

Xabar berganimizdek, bir guruh olim va tadqiqotchilarimiz Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Anqara universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga asosan, Akademiya professor-o‘qituvchilari mazkur universitetning Ilohiyot fakultetida ma’ruza darslari bilan ishtirok etmoqda.Anqara xalqaro universitetining Ilohiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun vakillarimiz “O‘zbekistonda din sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi”, “O‘zbekiston buyuk allomalar yurti” mavzularida seminarlar o‘tkazishdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO”, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi”, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedralari professor-o‘qituvchilari, Xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari h

Batafsil
Akademiya vakillari Turkiya Respublikasida
Xalqaro

Akademiya vakillari Turkiya Respublikasida

Shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari, magistr va tadqiqotchilaridan iborat yana bir guruh delegatsiyasi Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Tashrifning birinchi kuni Anqara universitetining Ilohiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun “Islomda oila va nikoh masalalari hamda gender tenglikni tushunish muammolari” mavzusida Akademiya “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari doktori Nigora Yusupova tomonidan seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yaratilgan “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma va undan o‘rin olgan mavzular Anqara universiteti mutaxassislari, tadqiqotchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Darhaqiqat mazkur qo‘llanma islomda gender tenglik mohiyati, reproduktiv salom

Batafsil
Akademiya o‘qituvchilariga sertifikat topshirildi
Xalqaro

Akademiya o‘qituvchilariga sertifikat topshirildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Istanbul universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga asosan, Akademiya professor-o‘qituvchilarining Istanbul universitetida almashinuv dasturi doirasida ma’ruza darslari tashkil etilayotgan edi.Kuni kecha Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti dekani professor Ramazan Muslu tomonidan amalga oshirilgan ma’ruza darslari uchun Akademiya “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri, professor O.Astanakulov, dotsent G.Gulyamova, katta o‘qituvchilar (PhD) N.Batirova va O.Jiyanov hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Xudayberganova va Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi D.Mavlonovaga sertifikatlar taqdim etildi.Professor Ramazan Muslu Akademiya bilan muntazam hamkorlik aloqalarini o‘zaro almashinuv dasturlari doirasida uzluksiz ravishda davom ettirish, ikk

Batafsil
Istanbul universiteti talabalari uchun Akademiya o‘qituvchilari tomonidan navbatdagi ma’ruza darslari o‘tkazildi
Xalqaro

Istanbul universiteti talabalari uchun Akademiya o‘qituvchilari tomonidan navbatdagi ma’ruza darslari o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilarining Istanbul universitetida safari davomida rejalashtirilgan navbatdagi ma’ruza darslari tashkil etildi.“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizimi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Nilufar Botirova Ilohiyot fakulteti 4-bosqich talabalari uchun “Islom banklarida Murobaha instrumentidan foydalanish samarasi va uni an’anaviy banklarga tadbiqi” mavzusida ma’ruzasini amalga oshirdi. Shuningdek, ushbu kafedra katta o‘qituvchisi O‘ktam Jiyanov “O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo allomalarining iqtisodiy rivojlanish omillari talqini” mavzusida ingliz guruh talabalari uchun ma’ruza qildi.Darslar yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ma’ruzachilar talabalarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Ko'rinish