Akademiya rektori xalqaro sammitda ishtirok etdi
Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Bolgar islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining diniy merosi” nomli IV xalqaro forum 15-21-may kunlari o‘tkazildi.Mazkur forum doirasida “Zamonaviy dunyoda islom ta’limi: chaqiriqlar, yo‘nalishlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro sammit tashkil etildi.Xalqaro sammitda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov qutlov nutqi bilan ishtirok etdi. Unda ushbu nufuzli sammit tashkilotchilariga minnatdorchilik izhor etilib, ta’lim sohasidagi yetuk mutaxassislarni bir joyga to‘plab, ularning o‘zaro fikr, tajriba almashishlariga imkoniyat yaratilgani alohida ta’kidlandi.Shunindek, bugungi kunda islomshunoslikka oid qadimiy manbalarni asrash, tadqiq etish hamda ularning zamonaviy sharhlarini yaratish har qachongidan dolzarbroq masala ekanligi qayd etildi.Nutq so‘nggida Akademiya rektori xalqaro sammit ishiga muvaffaqiyat
Batafsil
Indoneziyalik olimlar Akademiyada
Xabar berganimizdek, yurtimizda “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Ayni shu kunlarda ushbu nufuzli anjumanga kelgan xorijlik mehmonlar — turli din vakillari, taniqli dinshunoslar, din ulamolari, huquqshunoslar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari, olimlar zaminimizning diqqatga sazovor joylari, tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishmoqda.Bugun, shu maqsadda, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Indoneziyaning Leimena instituti ijrochi direktori Matius Ho rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Mehmonlarni Akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshligi Bahodir Xujayev, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Mahfuza Alimova, kafedra o‘qituvchisi Odiljon Ernazarov kutib oldi.Dastlab mehmonlarga “Manbalar xazinasi”da saqlanayotgan
Batafsil
“Buxoro deklaratsiyasining qabul qilinishi Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatning xalqaro hamjamiyat tomondan yana bir karra e’tirof etilgani isbotidir” – Eldor Aripov
Buxoroda xalqaro konferensiya – “Deklaratsiyalar muloqoti” forumining yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan turli din vakillari, taniqli dinshunoslar, din ulamolari, huquqshunoslar ishtirok etdi.Mazkur forum Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan BMTning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” Rezolyutsiyasida belgilangan tamoyil va qoidalarni hayotga tatbiq etish borasidagi ishlar doirasida o‘tkazildi.Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning qayd etishicha, Buxoro deklaratsiyasining qabul qilinishi O‘zbekiston ilgari Marrakesh, Makka, Jakarta, Vashington, Punto-del-Esteda qabul qilingan deklatrasiyalarda o‘z ifodasini topgan tamoyillarga to‘liq qo‘shilishi va amalga oshirilayotganining yorqin dalilidir.“Buxoro deklaratsiyasining qabul qilinishi O‘zbek
Batafsil
O‘zbekiston diniy erkinliklar taʼminlanishi mavzusiga bag‘ishlab Londonda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyaga taklif etildi
Buyuk Britaniya Bosh vazirining din va eʼtiqod erkinligi bo‘yicha maxsus vakili Fiona Bryus o‘zining “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida O‘zbekistonni joriy yil 5–6-iyul kunlari diniy erkinliklar taʼminlanishi mavzusiga bag‘ishlab Londonda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyaga taklif etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.- Tarixiy Buxoro Deklaratsiyasi qabul qilinganligi bilan tabriklayman, - dedi Fiona Bryus. – Ushbu forumning muhimligi haqida gapirar ekanman, diniy tolerantlik va ko‘p millatli hamjihatlikning taʼminlanishi borasidagi O‘zbekistonning madaniy merosini eʼtirof etishdan boshlashni istar edim.Sizning mamlakatingiz so‘nggi 4-5 yil ichida diniy erkinlik va eʼtiqod masalasida favqulodda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishganligi hamda odamlar o‘z dinlarini ifoda etadigan yoki amalda ro‘yobga chiqaradigan ko‘plab maskanlarni
Batafsil
Brett SHARFS: O‘zbekiston yetakchisi “Inson qadri indeksi” tushunchasini amaliyotga kiritdi
Brigam Yang universiteti Xalqaro huquq va dinshunoslik tadqiqotlari markazi direktori Brett Sharfs “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumidagi chiqishida O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi siyosatida yaqqol namoyon bo‘layotgan inson huquq va manfaatini ta’minlash borasidagi tashabbuslarini alohida qayd etdi.– Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq sovet respublikalari rahbarlari orasidan birinchi bo‘lib BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida ma’ruza bilan chiqish qildi. O‘sha nutq asl zamirida aynan inson huquqi, erkinligi va manfaati yotadi.O‘zbekiston rahbari tomonidan ilk bor “Inson qadri indeksi” tushunchasini amaliyotga tadbiq etilgan ma’ruzadagi qarashlar, yondashuvlar "Punta del Este-2018" deklaratsiyasi mazmuniga juda mos keladi.Tahririyat: Eslatib o‘tamiz, mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, A
BatafsilMarvin TOMAS: “Buxoro deklaratsiyasi” jahon hamjamiyati uchun katta yutuq
“Deklaratsiyalar muloqoti” forumida ekspert sifatida ishtirok etayotgan Buyuk Britaniyaning “CSW” (Xristianlar birdamligi) inson huquqlari tashkiloti prezidenti Marvin Tomas o‘z ma’ruzasida “Buxoro deklaratsiyasi”ni tarixiy voqea, deb atadi:- Avvalo, O‘zbekiston tomoniga, ushbu nufuzli anjuman tashkilotchilariga samimiy minnatdorlik bildirmoqchi edim. Buxoro deklaratsiyasi qabul qilinishi - tarixiy voqelik, O‘zbekiston va butun dunyo hamjamiyati uchun katta yutuq. Mazkur hujjat shunchaki fikrlar majmuasi emas, balki ko‘p yillik faol amaliy sa’y-harakatlar natijasi, oldingi deklaratsiyalarning mantiqiy yig‘indisi ko‘rinishidagi ahamiyatli qo‘llanma sifatida amaliy harakatlar izchilligini ta’minlashi zarur.Shu o‘rinda mamlakatingizda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarni alohida ta’kidlab o‘tmoqchi edim. So‘nggi yillarda erishilgan ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etgan hol
Batafsil
Akademiya vakillarining Istanbul universitetiga tashrifi samarali davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti dekani professor Ramazan Muslu va doktor Sumayya Parildar bilan uchrashdi. Muloqotda Ramazan Muslu Akademiya vakillarining tashrifidan mamnunligini bildirdi. Yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarni alohida hurmat bilan tilga oldi. Akademiya jamoasiga rahbarlik qilayotgan Olim Astanakulov iliq qabul uchun Ramazan Musluga minnatdorlik izhor etdi. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Istanbul universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida ilmiy-akademik va ta’lim sohalarining barcha yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishiga umid bildirdi.Ilohiyot fakulteti professori Sumayya Parildar Istanbul universiteti tomoni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan kelajakda hamkorlikni yanada rivojla
Batafsil
“Buxoro deklaratsiyasi” bir ovozdan qabul qilindi
Shu yilning 16-mayida boshlangan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumining yakuniy bosqichi Buxoroda boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSHning Global jalb qilish instituti va boshqa tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda turli davlatlardan kelgan dinshunos olimlar, ulamo va huquqshunoslar ishtirok etdi.Forum dasturi doirasida chet ellik qatnashchilar turli diniy hamjamiyatlar oʻrtasidagi tinchlik-totuvlikni mustahkamlash borasida mamlakatimiz, jumladan, Buxoroda toʻplangan boy tarixiy-madaniy va maʼnaviy meros bilan ham tanishyaptilar.Aytish joizki, Buxoro viloyatida ayni paytda 4 ta diniy konfessiyaga mansub 120 ta diniy tashkilot emin-erkin faoliyat koʻrsatmoqda. Turli millatga mansub aholining oʻz diniy amallarini ado etishlari, diniy qadamjolarni ziyorat qilishlari, diniy ayyomlarni risoladagide
Batafsil
Bret SHARFS: O‘zbekiston noyob tajribasi bilan inson qadr-qimmatini yuksaltirish masalasida yetakchi mamlakatga aylana oladi
Brigam Yang universiteti Xalqaro huquq va dinshunoslik tadqiqotlari markazi direktori Bret Sharfs “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida, jumladan, shunday dedi:- O‘zbekiston o‘zining noyob madaniy-tarixiy, diniy-falsafiy merosi va siyosiy-huquqiy tajribasi bilan inson qadr-qimmatini yuksaltirish, diniy bag‘rikenglik, madaniyatlar, sivilizatsiyalar va xalqlarni hurmat qilish va tushunish masalalari bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatga aylana oladi va shunday bo‘lishi ham kerak.Eslatib o‘tamiz, xalqaro forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSH Global jalb qilish instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimiyatlari
BatafsilBuxoroda jahon hamjamiyati uchun juda muhim hujjat qabul qilinadi
“Buxoro deklaratsiyasi” ma’rifat g‘oyalari va bag‘rikenglik madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan O‘zbekistonda “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi davom etmoqda. Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarining turli din vakillari, ilohiyotshunoslar, dinshunoslar va huquqshunoslardan iborat delegatsiyalari a’zolari 19-may kuni tadbirning asosiy qismini o‘tkazish va “Buxoro deklaratsiyasi”ni qabul qilish maqsadida qadim kentga yetib kelishdi.Dastlab xorijlik mehmonlar, mutaxassis, ekspertlarga O‘zbekiston xalqining boy madaniy va ma’naviy merosi haqida ma’lumot berildi.Ishtirokchilar forumning dastlabki ikki kunida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy seminarlar natijalarini, Marokash, Jakarta, Potomak, Punto-del-Esteda qabul qilingan avvalgi deklaratsiyalar qoidalarini muhokama qilishmoqda. Diniy bag‘rikenglikni ta’minlash sohasida tajriba va fikr almashishmoqda.J
Batafsil
Noks Temz: Din va e’tiqod erkinligini himoya qilishda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhim
"Dinni erkin amalga oshirishni himoya qilish bevosita siyosiy erkinlik, iqtisodiy rivojlanish va qonun ustuvorligiga yordam beradi. Aks holda mojaro, beqarorlik, terrorizm kuchayadi" deb ta’kidlaydi AQSH Davlat departamenti sobiq katta maslahatchisi.Buxoro shahrida davom etayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” forumida ma’ruza qilgan AQSH Davlat departamenti sobiq katta maslahatchisi Noks Temz anjuman misolida mamlakatimizning din yoki e’tiqod erkinligi sohasidagi faol siyosatini alohida e’tirof etdi:- Men Potomak deklaratsiyasini ishlab chiqish va imzolashda shaxsan qatnashganman. Umuman, din yoki e’tiqod erkinligini himoya qilish global hamjamiyatning umumiy mas’uliyati yuqori, deb o‘ylayman. Qolaversa, diniy erkinlik xalqlar va davlatlar o‘rtasida tinchlik, barqarorlikka erishish uchun ham zarur.Jamiyat farovonligi hamda davlatlarning o‘zaro munosabati rivojida vijdon erkinligi ta’minlan
BatafsilDin erkinligi dolzarb masala
Buxoroda o‘tkazilayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida jahon hamjamiyatining nufuzli tashkilotlari rahbarlari ishtirok etayotgani din erkinligi masalasi xalqaro miqyosda qanchalar dolzarb ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.Bugungi majlislar va sessiyalaridagi ma’ruza hamda muhokamalarga taniqli ekspertlar jalb qilingani ham anjumanimiz yuqori saviyada o‘tishidan dalolatdir. Ushbu anjumanda hammamiz uchun muhim bo‘lgan dolzarb fikrlar bildirilishiga va ular asosida biz hamkorligimizning yangi yo‘nalishlarini birgalikda belgilab olishimizga ishonchim komil. Mamlakatimizda diniy erkinlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda diniy erkinlik sohasidagi islohotlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlarning asosiy qismidir. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash Yangi O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi as
Batafsil