O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Botir Zaripov: “Buxoro deklaratsiyasi dinlararo va konfessiyalararo munosabatlar hamda o‘zaro hamkorlikning zamonaviy mexanizmlarini yanada takomillashtiradi”
Xalqaro

Botir Zaripov: “Buxoro deklaratsiyasi dinlararo va konfessiyalararo munosabatlar hamda o‘zaro hamkorlikning zamonaviy mexanizmlarini yanada takomillashtiradi”

Buxoroda “Deklaratsiyalar muloqoti” Xalqaro forumi davom etmoqda. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSH Global jalb qilish instituti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan.Xalqaro forumda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib ushbu zamindan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, dunyoviy va diniy ilmlarning ulug‘ namoyandalari insoniyat tarixida juda katta iz qoldirganini ta’kidladi. Xususan, diyorimizda yashab o‘tgan ajdodlarimiz Islomni yuksak ilm, madaniyat va sivilizatsiya darajasiga ko‘targanini butun jahon va musulmon olami e’tirof etishini qayd etdi.Zero, A

Batafsil
Ma’ruza mashg‘ulotlari davom etmoqda
Xalqaro

Ma’ruza mashg‘ulotlari davom etmoqda

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Istanbul universitetida talabalarga ma’ruza darslarini o‘tmoqda.Navbatdagi ma’ruza mashg‘uloti Akademiyaning “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish – UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulnora Xudoyberganova tomonidan amalga oshirildi. U Ilohiyotshunoslik fakulteti 4-bosqich ingliz guruhi talabalari uchun “Islomning ilk davrlarida zuhd tushunchasining talqini” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdi.Dars yakunida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiya vakillari Istanbul universitetida talabalarga ma’ruza qildi
Xalqaro

Akademiya vakillari Istanbul universitetida talabalarga ma’ruza qildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Istanbul universitetida amaliy safar bilan bo‘lib turibdi. Akademiya professor-o‘qituvchilarining dunyo reytingida yuqori 1000 talikka kiruvchi nufuzli Istanbul universiteti talabalariga ma’ruza darslari tashkil etildi.Akademiya Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi Durdona Mavlonova universitetning Ilohiyot fakulteti talabalariga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida taqdimot qildi.Mazkur mavzu talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimot so‘nggida ma’ruzachi talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Vashingtondagi masjid imomi, iste’fodagi harbiy va olim Tolib Sharif bilan maxsus intervyu
Xalqaro

Vashingtondagi masjid imomi, iste’fodagi harbiy va olim Tolib Sharif bilan maxsus intervyu

Toshkent shahrida “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi bo‘lib o‘tayotganini ma’lum qilgan edik. Unda qatnashayotgan Vashingtondagi «Xalq masjidi» yoki Muhammad masjidining prezidenti va imomi Tolib Sharif “Xabar.uz” sayti uchun maxsus intervyu berdi.— Assalom alaykum, janob Tolib Sharif. “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumidan nimalarni kutmoqdasiz?— Assalom alaykum. “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumidan umidlarim katta. Hammamizga ma’lumki, O‘zbekiston ayni paytda har bir sohada yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. Ayrim yo‘nalishdagi qiyinchiliklardan ham xabardormiz, deyishim mumkin. Davlatlarimiz o‘zaro bu borada ishlamoqdalar. Bu forumdan so‘ng o‘zaro hamkorligimizning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishimizga, bu yerdagi birodarlarimizga qandaydir yordam berishimiz mumkinligiga umid qilaman.— “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumiga aynan O‘zbekistonning ta

Batafsil
Renata UITS: O‘zbekiston forumi nafaqat kelajak, balki bugungi kun uchun ham juda muhim
Xalqaro

Renata UITS: O‘zbekiston forumi nafaqat kelajak, balki bugungi kun uchun ham juda muhim

Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi doirasidagi voqealar bugun ko‘hna Samarqandga ko‘chadi. O‘zA taniqli xalqaro ekspertlarning anjuman to‘g‘risidagi fikrlarini chop etishda davom etadi.Venadagi Markaziy-Yevropa universiteti Yuridik tadqiqotlar departamenti qiyosiy konstitutsion huquq bo‘yicha professori Doktor Renata Uits (Avstriya):— Forum doirasidagi sessiya yig‘ilishlari, kutilganidek, juda qizg‘in, munozaraga boy kechyapti. Guruhimizda davlat xizmatchilari bilan din va qonun ustuvorligi haqida suhbatlashdik. Tinglovchilar xorijlik ekspertlar tomonidan taqdim etilgan taqdimotlarga katta qiziqish bildirishdi, bu juda yaxshi belgi. Men yirik konferensiyalar deklaratsiyalarini tayyorlashda ko‘p qatnashganman. Demak, bunday bayonotni birinchi marta ko‘rishim emas. Hujjat avval tuziladi, muhokama qilinadi va keyin qabul qilinadi. Toshkentda ko‘plab davla

Batafsil
Bret SHARFS: Bu ikki kunlik forum emas, balki ko‘p yillik harakatlar mahsuli
Xalqaro

Bret SHARFS: Bu ikki kunlik forum emas, balki ko‘p yillik harakatlar mahsuli

“Deklaratsiyalar muloqoti” forumida qatnashayotgan xalqaro diniy tashkilotlar vakillari OAV vakillariga anjuman haqidagi tassurotlarini bayon etmoqda. Quyidagi fikr-mulohazalar Brigam Yang universiteti Huquq va diniy tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Bret Sharfsga tegishli:– Ushbu forumda xavfsizlik, fikr va e’tiqod erkinligi munosabatlari qizg‘in muhokama qilinyapti. Tadbir davomida yana bir bor ishonchimiz komil bo‘ldiki, diniy erkinlik va xavfsizlik bir-biriga qarama-qarshi emas, aksincha bir-birini to‘ldiradigan, mustahkamlaydigan tushunchalar.Anjuman, shunchaki, ikki kunlik forum emas, balki ko‘p yillik harakat, mehnat mahsuli. 2018-yil O‘zbekistonga kelib, bu yerda din va e’tiqod erkinligi uchun yanada yaxshiroq shart-sharoit yaratish ustida ish boshlaganmiz. Hukumat bilan hamkorlikda diniy bag‘rikenglik, e’tiqod erkinligini rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqyapmiz.

Batafsil
“Deklaratsiyalar muloqoti” Samarqandda davom etdi
Xalqaro

“Deklaratsiyalar muloqoti” Samarqandda davom etdi

Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlari mezbonligida o‘tkazilayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilari 18-may kuni Samarqandga tashrif buyurdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSH Global jalb qilish instituti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan anjuman qatnashchilari – Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSH yetakchi din ulamolari, ilohiyotshunoslar, huquqshunoslar va boshqa rasmiy vakillar Samarqand temiryo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.Mehmonlar buyuk allomalarga beshik bo‘lgan, qadimiy sivilizatsiyalar markazi hisoblangan Samarqanddagi muqa

Batafsil
“Deklarаtsiyalar muloqoti” Samarqandda davom etdi
Xalqaro

“Deklarаtsiyalar muloqoti” Samarqandda davom etdi

Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlari mezbonligida o‘tkazilayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilari 18 may kuni Samarqandga tashrif buyurdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSH Global jalb qilish instituti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan anjuman qatnashchilari – Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSH yetakchi din ulamolari, ilohiyotshunoslar, huquqshunoslar va boshqa rasmiy vakillar Samarqand temiryo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.Mehmonlar buyuk allomalarga beshik bo‘lgan, qadimiy sivilizatsiyalar markazi hisoblangan Samarqanddagi muqa

Batafsil
Akademiya vakillarining Istanbul universitetiga tashrifi davom etmoqda
Xalqaro

Akademiya vakillarining Istanbul universitetiga tashrifi davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari Istanbul universitetiga tashrifining ikkinchi kunida Ilohiyot fakultetida bo‘lishdi. U yerda Akademiya jamoasini fakultet dekani o‘rinbosari Umit Horozchu kutib oldi. Umit Horozchu Akademiya vakillariga fakultet tarixi, faoliyat yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha ma’lumot berdi. Tashrifdan mamnun ekanligini bildirib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik qilish har ikki oliy ta’lim muassasasi uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.Shundan so‘ng Akademiyaning “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Gulnora Gulyamova universitetning Ilohiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabalariga “O‘zbekistonda ziyorat turizmi salohiyati” mavzusida ma’ruza qildi.Akademiya vakillarining tashrifi davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
O‘zbekiston hukumati konfessiyalararo muloqot borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda
Xalqaro

O‘zbekiston hukumati konfessiyalararo muloqot borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ko‘p millatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish, diniy erkinlik masalasida qonun ustuvorligini ta’minlash, turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlash bo‘yicha tajriba almashishga xizmat qilmoqda.Xalqaro forum ishtirokchisi Imom Muhammad Majid (AQSH):— Aytmoqchimanki, O‘zbekiston hukumati konfessiyalararo muloqot borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston katta ustunlik va boy tarixga ega. Biz bir-birimizdan o‘rganamiz. Chunki bu yerda turli din vakillari o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan.Bizda (AQSHda) tajribamiz bor va shu yerda u bilan bo‘lishmoqchimiz. Shuningdek, biz O‘zbekiston vakillaridan konfessiyalararo munosabatlarni qanday rivojlantirishni o‘rganmoqdamiz.

Batafsil
O‘zbekistonning sa’y-harakatlari AQSHda e’tirof etilmoqda
Xalqaro

O‘zbekistonning sa’y-harakatlari AQSHda e’tirof etilmoqda

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchisi, AQSH Brigama Yanga universiteti Joshua Ruben Klark nomli yuridik maktabi vakili Doktor Erik Jensen anjuman haqidagi fikrlarini O‘zA o‘quvchilari bilan o‘rtoqlashdi. - Fikrimcha, bugungi kunda din mavzusi o‘ta muhim va dolzarb. Statistika muayyan davlatning diniy ozchilik vakillariga munosabati shu mamlakat ichki vaziyatiga bevosita ta’sir etishini ko‘rsatmoqda.Qaysiki yurtda aholining har qanday toifasi o‘z dini, e’tiqodini erkin namoyon qilarkan, odatda, o‘sha zaminda fuqarolar o‘zlarini shu Vatanga daxldor, barcha jarayonlarga jalb etilgan his etadilar. Pirovardida aynan shu holat milliy xavfsizlik mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Diniy e’tiqod erkinligi, bu avvalo, hukumat diniy ozchilik vakillarini jamiyatdan ajratib qo‘ymasligi, ularni ta’qib etmasligi, boshqa yurtlarga ko‘chib ketishga majbur

Batafsil
Matius Xo: "O‘zbekistonda azaldan turli madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan"
Xalqaro

Matius Xo: "O‘zbekistonda azaldan turli madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan"

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchisi, Leymen instituti ijrochi direktori Matius Xo (Indoneziya) “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida forumda ishtirok etishdan kutayotganlari haqida gapirdi.– “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumini o‘tkazish borasida O‘zbekiston dunyoda katta o‘rin tutadi. Forum jahon hamjamiyatining yetakchi ma’naviyat yetakchilari o‘rtasidagi muloqot va fikr almashish uchun ajoyib maydondir. Samarqand va Buxoro butun islom olami uchun alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston azaldan turli madaniyat va din vakillari bilan tinch-totuv va ahil-inoq yashab kelayotgan maskan bo‘lib kelgan. Mehmondo‘stlik, qalb saxovati, chinakam bag‘rikenglik o‘zbek xalqiga azaldan xos bo‘lib, uning mentalitetiga asos bo‘lib kelgan.O‘zbekistonda din sohasini liberallashtirish, bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlanti

Batafsil
Ko'rinish