Akademiya vakillarining Ozarbayjon ilohiyot institutida seminar darslari tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abdullajonov O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar va bunda Akademiyaning tutgan o‘rni mavzusida Ozarbayjon ilohiyot instituti jamoasiga taqdimot o‘tkazdi. Shu bilan birga, “O‘zbekiston-buyuk allomalar yurti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Shuningdek, Akademiya o‘qituvchisi N.Batirova institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Islom banklarida Murobaha instrumentidan foydalanish samarasi va uni an’anaviy banklarda tadbiqi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza darsi institut o‘qituvchi va talabalari tomonidan katta qiziqish va savol javoblarga boy bo‘ldi. O‘qituvchi-professorlar tomonidan institut ta’lim jarayoniga Islom iqtisodiyoti va moliyasi yo‘nalishi kiritilishi va bunda akademiyaning Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizimi kafedrasi b
Batafsil
Delegatlarimiz Ozarbayjon ilohiyot instituti jamoasi bilan uchrashdi
Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh talaba-yoshlari, o‘qituvchi hamda xodimlari bugun Ozarbayjon ilohiyot instituti Fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Mirniyaz Murselov bilan uchrashdi. Muloqotda tomonlar ikki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar bilan o‘rtoqlashdilar. M.Murselov imzolangan o‘zaro Anglashuv memorandumiga asosan, hamkorlikda qo‘shma dasturlar ochish, hammualliflikda o‘quv qo‘llanma va maqolalar chop etish, muntazam ravishda konferensiya va seminarlar tashkil etish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi.Shuningdek, Akademiya vakillari institutning o‘quv bo‘limi, islomshunoslik va dinshunoslik kafedralari mudirlari va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.Akademiya vakillarining Ozarbayjon Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda.O‘zbe
Batafsil
Akademiya faoliyati O‘mon Sultonligida katta qiziqish uyg‘otmoqda
Avval xabar berganimizdek, Akademiyaning 2 nafar iqtidorli talabasi Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Jahongir Qosimov hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Otabek Mamadaliyev O‘mon Sultonligining Malaka oshirish institutida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslarida grant asosida tahsil olishmoqda.Kuni kecha talabalarimiz tomonidan institut vakillari uchun Akademiyaning asosiy faoliyati, unda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar va keng imkoniyatlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati
Batafsil
Akademiya delegatsiyasi vakillari Ozarbayjon ilohiyot instituti rektori bilan uchrashdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh talaba-yoshlari, o‘qituvchi hamda xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Bugun tashrifning ikkinchi kuni Akademiya delegatsiyasi vakillari Ozarbayjon ilohiyot instituti rektori Agil Shirinov bilan uchrashdi. Agil Shirinov barchani muborak Ramazon oyi bilan tabriklab, Ozarbayjon Ilohiyot Institutini tashkil qilinishi, faoliyati, vazifalari, xorijiy hamkorligi faoliyati bo‘yicha batafsil ma'lumot berib o‘tdi. O‘zbekiston va Ozarbayjon mamlakatlarining tarixi, tili, an'analari o‘xshashligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Bakuning diqqatga sazovor joylari haqida qisqa ma'lumot berdi. Akademiya tomonidan delegatsiya rahbari N.Abdullajonov rektorni Muborak ramazon oyi bilan tabriklab, unga Akademiya rektorining samimiy tilaklarini yetkazdi. Sh
Batafsil
Akademiya vakillari Ozarbayjonda
Shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh talaba-yoshlari, o‘qituvchi hamda xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Ushbu safar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Ozarbayjon ilohiyot instituti o‘rtasida imzolangan о‘zаrо anglashuv memorandumiga asosan tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning 12-19-арrеl kunlari akademiyaning 5 nаfаr dinshunoslik yoְ‘nalishi tаlаbаlаrining almashinuv dаsturi doirasida Akademiyaning o‘qituvchi hamda xodimi hamrohligida аmаlgа oshirildi.Shuningdek, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 266-bandida ko‘rsatilgan vazifa ijrosini ta‘minlash maqsadida “O‘zbekiston buyuk аllоmаlаr уurti” mavzusida taqdimot o‘tkazish belgilangan.Akademiya vakill
Batafsil
Kamoluddin Marjuniy: “Markaz moturidiylik ta’limotini targ‘ib qilishda yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biriga aylanadi”
Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro ilmiy hay’atining navbatdagi onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda yurtimiz hamda xorijlik ko‘plab tadqiqotchi olimlar, mutaxassislar ishtirok etdi. Jumladan Malayziya Islom ilmlari universiteti professori, Kalom ilmi kafedrasi mudiri Kamoluddin Marjuniy o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.– Avvalo, Xalqaro ilmiy hay’at majlisida uning a’zosi sifatida ishtirok etish men uchun yuksak sharafdir. Majlisning kun tartibiga kiritilgan masalalar Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kelgusidagi istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Markaz butun dunyoga moturidiylik ta’limotini keng targ‘ib qiluvchi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biriga aylanishiga ishonchim komil.Albatta, moturidiylik ta’limoti asrlar davomida musulmonlarning asos
Batafsil
Akademiyaning ikki nafar talabasi O‘mon Sultonligining taʼlim grantini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘mon Sultonligining taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Mazkur hamkorlik doirasida talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Akademiyaning 4 nafar iqtidorli talabasi Sulton Qobus institutida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslarida grant asosida tahsil olib qaytishgan edi. Kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yana ikki nafar talabasi Sultonlikdagi Malaka oshirish institutida arab tili bo‘yicha o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Akademiyaning Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Jahongir Qosimov hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Otabek Mamadaliyev to‘rt oy davomida bo‘lib o‘tadigan arab tili o‘quv kurslarida qatnashadi.Talabalarimiz O‘mon Sultonligiga yetib borib, u yerda O‘zbekistonning Sultonlikdagi elchixonasi vakillari hamda institut
Batafsil
Akademiya o‘qituvchilariga Britaniya Kengashi tomonidan sertifikat topshirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda Going Global Partnership (Oliy ta’limda islohotlar) dasturi doirasida Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan dastur doirasida hamkorlik qilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan mazkur loyiha doirasidagi “Change Academy” dasturida 2021/2022-o‘quv yili davomida yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida onlayn seminar-treninglar tashkil etildi.Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, “Change Academy” dasturi maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.Ahamiyatlisi, mazkur seminar-treninglarda muvaffaqiyatli qatnashgan Akademiya o‘qituvchilari hamda Akademiya rahbariyatiga Britaniya Kengashi tomonida
Batafsil
Akademiya o‘qituvchilari xalqaro anjumanda ishtirok etdi
Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “TESOL Arabia-2022” (“Xorijiy tillarni o‘qitishda uning mohiyatini va ko‘p tillilikni shakllantirish”) mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Chet tillari” kafedrasi o‘qituvchilari Feruza Xodjakulova hamda Shahnoza Akbarovalar yurtimiz vakili sifatida o‘z ma’ruzalari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.“TESOL Arabia-2022” xalqaro konferensiyasi bu ingliz tili o‘qituvchilarining yuqori samarali kasbiy rivojlanishini va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan xalqaro tashkilot hisoblanadi. 25 yildan ziyod vaqtdan beri TESOL Arabia har yili o‘tkaziladigan Xalqaro konferensiya, mahalliy va mintaqaviy tadbirlar, grantlar, stipendiyalar va nashrlar orqali ingliz tili mutaxassislari va o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlashga ega. TESOL butun dunyo bo‘ylab ajoyib o‘sish va tadqiqot sohasi his
Batafsil
Hamkorlik memorandumi imzolandi
Ayni paytda Malayziyaning Putrajaya shahrida O‘zbekiston – Malayziya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.Yig‘ilish doirasida Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Malayziya Milliy universiteti raisi Mohamad Abd Razak, Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti bosh direktori Fariza Sham, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov, elchixona vakillari ishtirok etdi.Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etishdi.Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Batafsil
Hamkorlik memorandumi imzolandi
Ayni paytda Malayziyaning Putrajaya shahrida O‘zbekiston – Malayziya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.Yig‘ilish doirasida Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Malayziya Milliy universiteti raisi Mohamad Abd Razak, Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti bosh direktori Fariza Sham, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov, elchixona vakillari ishtirok etdi.Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etishdi.Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Batafsil
Markaz xodimlari Turkiyadagi nufuzli ta’lim muassasalari olimlari, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari bilan uchrashdi
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Abdullatif Alloqulov, katta ilmiy xodim Ahmadxon Alimovlar Saljuq universiteti Islom ilmlari fakulteti dekani professor, doktor Ramazon Oltintosh qabulida bo‘lishdi.Uchrashuv davomida tomonlar Saljuq universiteti bilan Markaz o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, xususan, kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan ishlar, “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzuidagi II xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumni hamkorlikda o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish, Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limotini butun dunyoga keng targ‘ib qilish kabi masalalarni muhokama qilindi.Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, so‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosati sababli dunyoning barcha mamlakatlari qatori Turkiya Respublikasi bilan barcha sohalarda yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bu esa tadqiqotch
Batafsil