Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumda Markaz jamoasi ishtirok etdi
Turkiya Respublikasi Saljuq universiteti Islom ilmlari fakultetida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘sh davlat universiteti hamda Turkiya Respublikasi Diyonat ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mohiyat va haqiqat kontekstida vahiy fenomeni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy simpozium o‘tkazildi.2022-yil 17-mart kuni mazkur simpoziumning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Saljuq universiteti Islom ilmlari fakulteti dekani professor, doktor Ramazon Oltintosh, O‘sh davlat universiteti Ilohiyot fakulteti dekani PhD Zaylobidin Ajimamatov hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori (PhD) Jamolitdin Karimovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.Simpozium yalpi majlisi davomida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i PhD Abdullatif Alloqulov hamda katta ilmiy xodim Ahmadxon Alimovlar Saljuq universiteti p
Batafsil
Markaz xodimlari Turkiya Respublikasida malaka oshirishmoqda
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i Alloqulov Abdullatif hamda bo‘lim katta ilmiy xodimi Alimov Ahmadxon Turkiya Respublikasi Istanbul Sulton Ahmet vaqfi huzuridagi Qo‘lyozmalarni tadqiq qilish markazida “Intensiv: qo‘lyozmalarni kengaytirilgan tarzda o‘rganish” nomli o‘quv kurslarida ishtirok etmoqda.So‘nggi yillarda yurtimizdan yetishib chiqqan, jahon ilm-fani va islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir allomalar hayoti hamda ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yurtimizda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomlari bilan atalgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.O‘zbekiston Respublikasi P
Batafsil
Akademiya professori xalqaro ilmiy seminarda qatnashdi
Kuni kecha I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Oflayn va onlayn formatda tashkil etilgan anjuman O‘zbekistonnning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy ta’lim muassasalarining ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitadigan kafedralar bilan imzolangan hamkorlik memorandumlari va belgilangan istiqbolli rejalar asosida tajriba almashish doirasida o‘tkazildi. Mazkur seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Saidakbar Agzamxodjayev o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Akademiya o‘qituvchisi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati va unda o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyatiga to‘xtaldi. Jumladan,
Batafsil
O‘mon Sultonligidagi xalqaro ko‘rgazmada Akademiya talabalari 1-o‘rin bilan taqdirlandi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 4 nafar iqtidorli talabasi O‘mon Sultonligining Sulton Qobus institutida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslarida grant asosida tahsil olmoqda.Mazkur ko‘rgazmada Akademiya talabalari “Yangi O‘zbekiston yoshlari va uchinchi renessans” mavzusida yurtimiz urf-odatlari, madaniyati, asriy qadriyatlari hamda milliy taomlari aks etgan taqdimot-ko‘rgazmani namoyish etishdi. Taqdimot mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda shuningdek, Janubiy Koreya, Shri-Lanka, Qozog‘iston, Bolgariya, Yaponiya, Chexiya hamda boshqa davlatlarning yosh vakillari ham o‘zlarining milliy madaniyati aks etgan ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdi.Ko‘rgazmada O‘zbekiston, uning tarixiy shaharlari, muqaddas qadamjolari-yu tabarruk ziyoratgohlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga talabalar yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi xalqaro anjumanda faol ishtirok etdi
Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Butunjahon tinchlik Dubay-2022” (Global Peace Dubai Summit 2022) mavzusida xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi.Ahamiyatlisi, mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi o‘qituvchisi Nilufar Botirova yurtimiz vakili sifatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. “Butunjahon tinchlik Dubay-2022” sammiti dunyo yoshlari uchun mo‘ljallangan dasturlar hisoblanadi. Tadbiryoshlarning o‘zaro muloqot qilish, dunyoqarashini kengaytirish va fikr almashish uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qildi. Anjumanda mutaxassis-yoshlar ishtirokida BMTning barqaror rivojlantirish maqsadlari doirasidagi qiziqarli ma’lumotlar bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etildi. Sammit Barqaror rivojlanishning 17 maqsadi va unga tegishli keng miqyosdagi masalalarni qamrab oldi. Delegatlar anjuman davomid
BatafsilAkademiya vakili xalqaro anjumanda ma’ruza qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasining Islomoboddagi elchixonasi, Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazi hamda Peshovar universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi hamkorligida “Iqtisodiyot sohasida Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligini rivojlantirishning yangi oʻsish nuqtalari va omillari” mavzusida I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.Onlayn formatda o‘tkazilgan mazkur tadbir O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi. Anjuman “O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish”, “Madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash ikki tomonlama rivojlantirishni chuqurlashtirish va Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kengaytirishning muhim omili” hamda “Turi
Batafsil
Akademiya talabalari O‘mon Sultonligining Sulton Qobus institutida tahsilni davom ettirmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 4 nafar iqtidorli talabasi O‘mon Sultonligining Sulton Qobus institutida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslarida grant asosida tahsil olishmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xorijning ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari natijasida Akademiya hamda xorij ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar, yosh ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarning o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish muntazamlik kasb etgan. Jumladan, Akademiyaning tirishqoq va iste’dodli talabalari Asad Azamov, Abdulloh Baxtiyorov, Otabek Ikrombekov, Saidsulton Saidov oliy ta’lim muassasasida “Zamonaviy arab tili xususiyatlari”, “Arab tili grammatikasi”, “Mumtoz sharq adabiyoti” kabi fanlar asosida o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishmoqda.Eslatib o‘tamiz, talabalarning Sulton Qobus institu
Batafsil
Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar:
– Rektorlar delegatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdik. Delegatsiya tarkibidagi Turkiya universitetlari rektorlari bo‘lish bilan birga o‘z sohasining malakali mutaxassislari ham sanaladi. Turkiya oliy ta’lim muassasalaridagi Ilohiyot fakultetlari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishining tarafdori ekanimizni ta’kidlamoqchiman. Delegatsiya a’zolari Akademiya mutasaddilari bilan talabalar almashinuvi, xalqaro konferensiyalar har ikki xalqning mushtarak tarixini qaytadan jonlantirishga, faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Ishonamanki, yaqin kunlarda mazkur uchrashuvning amaliy natijalariga guvoh bo‘lamiz. Bu kabi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasida tobora yuksalib borayotgan hamkorlik aloqalarining bir qismi bo‘ladi deb umid qilaman. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyas
Batafsil
Istanbul universiteti rektori Maxmut Ak:
– O‘zbekistonga tashrif buyurish bizlarga hamisha g‘urur va hayajon bag‘ishlaydi. O‘ylaymanki, O‘zbekiston va Turkiya kelajakda ko‘plab ishlarni amalga oshira oladi. Buyuk alloma Imom Moturidiy mana shu zamindan yetishib chiqqan. Albatta, Movarounnahrda tug‘ilib, kamol topgan olimlarni sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband kabi allomalarning ham ushbu zaminda voyaga yetganini bilamiz. Darhaqiqat, biz yurtingizga kelib, ham tarix, ham bugun va kelajakni ko‘rgandek bo‘ldik.Men rahbarlik qiladigan Istanbul universiteti O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan ko‘plab hamkorliklarni amalga oshirib kelmoqda. Bir qator kelishuv shartnomalarini ham imzolaganmiz. Bugungi kungacha hamkorlik dasturlari bo‘yicha ishlamoqdamiz. Endi ularni yanada rivojlantirishni maqsad qildik. Ilmiy kadrlar almashinuvi, hamkorlikdagi nashrlar chop etilishini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma d
Batafsil
Bursa-Uludag‘ universiteti rektori Ahmet Saim Kilavuz:
– O‘zbekistonlik allomalardan Abu Salama Samarqandiyning “Jumal usul ad-din” kitobining tanqidiy tahririni turkcha tarjimasini amalga oshirganman. Yuz sahifadan ortiq bo‘lgan mazkur asar ikki marotaba nashr qilindi. Bu asarning o‘ziga xos jihati shundaki, muallif Imom Moturidiyga nabira-shogird bo‘ladi. Abu Salama Samarqandiy hijriy IV-V asrlarda yashab o‘tgan. Lekin aniq vafot sanasi ma’lum emas. U Imom Moturidiyning talabasining talabasi ekanini bilamiz. Shu sababdan uning kitobini “Kitob ut-tavhid” asarining muxtasari deyishimiz mumkin. Asar 16 varaqdan iborat bo‘lib, uning dunyoda yagona qo‘lyozma nusxasi mavjud. Qo‘lyozma Istanbuldagi Shahid Ali Poshsho kutubxonasida saqlanadi. Uning yozuvi hijriy VIII asrga oid yozuv hisoblanadi. Mazkur kitobni nashr qildik. Nasib etsa, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga mazkur nashrlarni sovg‘a tariqasida yuborishni reja qildik.Bursa va O‘zbe
Batafsil
Turkiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari Akademiyaga tashrif buyurdi
Ayni paytda Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonda amaliy safar bilan bo‘lib turibdi.Bugun mazkur delegatsiya a’zolari belgilangan dasturga muvofiq, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi. Nufuzli mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori Davronbek Maxsudov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Akademiya jamoasi, professor-o‘qituvchilari kutib oldi.Dastavval qardosh mamlakatning 20 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega professorlardan iborat delegatsiya a’zolari Akademiyaning “Manbalar xazinasi” bo‘limidagi noyob qo‘lyo
Batafsil
Akademiya talabalari O‘mon Sultonligining grantiga sazovor bo‘ldi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xalqaro darajadagi kadrlarni tayyorlashda asriy an’analar bilan zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish, talabalarni o‘z sohasining malakali mutaxassisi sifatida tarbiyalashga alohida e’tibor berilmoqda.Bu borada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xorijning ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Shu bois, Akademiya hamda xorij ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar, yosh ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarning o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish muntazamlik kasb etgan. Ana shunday hamkorlik natijalari tufayli O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 4 nafar iqtidorli talabasi O‘mon Sultonligining Sulton Qobus institutida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslariga grant asosida qabul qilindi.Akademiyaning tirishqoq va iste’dodli talabalari Asad Azamov,
Batafsil