Akademiya hamkorlari soni ortmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkentdagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti o‘rtasida kuni kecha hamkorlikka oid o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.Mazkur hujjat ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘quv-uslubiy va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. O‘zaro Anglashuv memorandumiga ko‘ra, ma’rifiy-ma’naviy tadbirlarni tashkil etish, unda ishtirok etish uchun hamkorlar o‘z vakillarini taklif qilish, ikki tomonning ilmiy-tadqiqotchilari va mutaxassislari amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu yo‘nalishda davra suhbatlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha ochiq maʼruzalar, davra suhbatlari oʻtkazish maqsadida qisqa muddatli professor-oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etiladi. Hamkorlikda ilmiy konferensiyalar, simpoziuml
Batafsil
Anqara universiteti doktoranti Akademiyada ilmiy-tadqiqot olib boradi
Anqara universiteti ilohiyot fakulteti doktoranti va tadqiqotchisi Mine Demirbilek O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.Mine Demirbilekni Toshkent xalqaro aeroportidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dosenti Saidmuxtor Oqilov va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Muhammadziyo Shavkatbekov kutib oldi.Qayd etish joizki, Mine Demirbilek olti oy davomida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Hijriy IV-V asrlarda Movarounnahr mintaqasi hanafiylari o‘rtasidagi farqlar” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borishi ko‘zda tutilgan.Tadqiqotchiga Akademiyaning Talabalar turar joyidan xona ajratildi. Mazkar tomonidan xorijlik olimga samarali faoliyat olib borishi uchun barcha sharoitlar ya
Batafsil
Akademiya rektori xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Turkiya Malatya hokimligi va Inonu universiteti tomonidan Abduxoliq G‘ijduvoniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda yurtimizdan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ishtirok etib, “Buxoro tarixida Yetti Pir ta’limotining o‘rni” mavzusida nutq so‘zladi.Akademiya rektori o‘z nutqida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar merosini o‘rganish, tadqiq qilish orqali nodir merosni keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarga katta ahamiyat qaratilayotganligini ta’kidladi. Bu borada ulug‘ ajdodlarimiz nomlari bilan ataluvchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilgani, ta’lim muassasalarida chuqurlashtirilib o‘tilayotgan fanlarda aynan
Batafsil
Akademiyada Eron Islom Respublikasi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hamid Nayerobodiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Akademiya Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori Davronbek Maxsudov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Bahromjon Mamadiyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.Uchrashuvda Akademiya rektori elchi janoblarining yurtimizdagi ishlariga muvaffaqiyat tilab, Akademiyada mehmon bo‘layotganidan mamnun ekanligini bildirdi. O‘zbekiston va Eron xalqlari ikki tilda so‘zlashuvchi bir millat ekanligini e’tirof etdi.Muloqot davomida Muzaffar Komilov yurtimizda d
Batafsil
Akademiya o‘qituvchilari xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi hamda Oʻzbekiston rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Pravoslavlik va islom: zamonaviy globallashuv sharoitida an’anaviy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Xalqaro anjumanda zamonaviy globallashuv sharoitida an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, mehr-oqibat kabi masalalar muhokama etildi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchilari Ramziddin Isakdjanov, Nurilla Turambetov hamda tadqiqotchi Irodaxon Gafurovalar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.“Turkistondagi pravoslav cherkovlari tarixi”, “O‘rta asr Sharq mutafakkirlari ijodida bag‘rik
Batafsil
Hamkorlikdagi muhim masalalar muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti rahbariyati bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori D.Maxsudov, Markaz direktor o‘rinbosari J.Karimov Akademiya “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri M.Haydarov, kafedra o‘qituvchisi H.Sagdiyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Xo‘jayev ishtirok etdi.Tadbirda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.Muloqotda Davronbek Maxsudov Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalar, xalqaro hamkorlik aloqalari, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot
Batafsil
“Dunyoviylik va diniylik muvozanati: muammolar va yechimlar” mavzusida onlayn xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti (Qozog‘iston) va Bulg‘or islom akademiyasi (Rossiya) bilan hamkorlikda “Dunyoviylik va diniylik muvozanati: muammolar va yechimlar” mavzusida onlayn xalqaro davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.Davra suhbatini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, dotsent Davronbek Maxsudov kirish so‘zi bilan ochib berib, mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi haqida so‘z yuritdi.Shundan so‘ng Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi katta ilmiy xodimi Andrey Dunayev “
Batafsil
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) koordinatorlari Akademiyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi – JICA tashkiloti koordinatorlari Shimm’yo Naoki va Odil Xasanov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ibrohim Usmonov, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Ashirali Abdirashidov, Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov ishtirok etdi.Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda JICA tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, Akademiya ta’lim jarayoniga yaponiyalik volontyor o‘qituvchilarni jalb qilish masalalari muhokama etildi.Uchrashuvda Akademiya prorektori Ibrohim Usmonov JICA tashkiloti bilan muntazam olib borilayotgan hamkorlikdan mamnunligini va Akademiyaga volontyor sifatida jalb qilingan yaponiyalik mutaxassislar talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi bil
Batafsil
Akademiya dotsenti xalqaro konferensiyada ma'ruza qildi
Xalqaro arab tili kuni munosabati bilan “Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti – ICESCO” tomonidan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.“Ayollar va arab tili: voqelik va istiqbollar” mavzusidagi onlayn formatda o‘tkazilgan anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti Zulfiya Shokirova o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Xalqaro konferensiyani tashkilot bosh kotibi Salim bin Muhammad al-Malik tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Anjumanda Liviya, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Ukraina, Indoneziya, Malayziya, Qatar, Misr, Janubiy Koreya kabi davlatlarning vakillari ishtirok etdi. 2021-yil – Ayollar yilini nishonlash dasturi doirasida ICESCO tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirda arab tilini rivojlantirish bo‘yicha o‘z sohasida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar tajribasidan foydalanish, bu tilning mavq
Batafsil
Akademiya prorektori xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Boshqirdistondagi Rossiya islom universitetida “Islom va ta’lim” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum doirasida “XXI asr ta’lim tizimida islom ideallari va qadriyatlari” mavzusida XIII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Onlayn formatda tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Mamadiyev ishtirok etib, ma’ruza qildi.Konferensiya “Yevroosiyo makonida islom ta’limining shakllanishi va hozirgi holati”, “Xorijiy davlatlarning islom va diniy ta’lim sohasidagi zamonaviy tajribasi”, “MDH mamlakatlarida diniy ta’limni rivojlantirish istiqbollari”, “Millatlararo va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda diniy ta’limning o‘rni” kabi yo‘nalishlarda ish olib borib, unda islom ta’limi bilan bog‘liq qator masalalar haqida so‘z bordi.Anjumanda Bahrom Mamadi
Batafsil
Hamkorlikning yangi bosqichi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, islomshunos olima, professor Fariza Sham boshchiligidagi Islom sivilizatsiyasi instituti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari ishtirok etdi.Onlayn platforma orqali o‘tkazilgan davra suhbatida Fariza Sham mazkur uchrashuvni tashkil etgani uchun O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga minnatdorlik bildirdi. Bir qator yo‘nalishlarda Akademiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflarini ilgari s
Batafsil
Akademiya rektori nufuzli anjumanda ishtirok etmoqda
Avval xabar qilganimizdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov rahbarligida bir guruh olimlarimiz Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Joriy yilning 6-9-dekabr kunlari Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida 49 ta davlat ishtirokida ICESCO Ijroiya Kengashining 42-sessiyasi hamda Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Ixtiyor Abdurahmonov yurtimiz delegatsiyasi a’zolari sifatida ishtirok etmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatlarining Misr Arab Respublikasiga qilgan xizmat safa
Batafsil