Akademiya rektori Qohirada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi
Shu kunlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Ixtiyor Abdurahmonovlar Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Tashrifning ilk kuni yurtimiz delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tashabbusi bilan Misr Arab Respublikasida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.“O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirni O‘zbekistonning Misrdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mansurbek Qilichev kirish so‘zi bilan ochib berarkan, talabalarni yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi. Bosh
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi Turkiyaning Anqara universiteti talabalariga mahorat darsi o‘tdi
Dunyodagi yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlar orasida o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ko‘plab xorijiy davlatlardagi ta’lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Xususan, Turkiyaning Anqara universiteti va Akademiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ham shular jumlasidan.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti o‘rtalarida imzolangan o‘zaro hamkorlik anglashuv memorandumiga asosan Akademiyaning “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Saidmuxtor Oqilov shu kunlarda Anqara universitetida mehmon bo‘lib turibdi.Safarning ilk kunlari S.Oqilov Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti professori, moturidiyshunos olim Sonmez Kutluning taklifiga binoan fakul
Batafsil
YXHT maxsus vakili diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni e’tirof etdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining amaldagi raisining musulmonlarga nisbatan murosasizlik va diskriminatsiya bo‘yicha shaxsiy vakili Mehmet Pachadji boshchiligidagi delegatsiya a’zolari mehmon bo‘lishdi.Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Noislomiy konfessiyalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Behzod Qodirov, Akademiya prorektorlari Zohidjon Islomov, Bahrom Mamadiyev va boshqalar ishtirok etdi.Samimiy muloqot avvalida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov mehmonlarni Akademiyaga tashrif buyurganliklari bilan tabriklab, Akademiya Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bilan hamkorlik
Batafsil
Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Akademiyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi. Tashrif davomida nufuzli mehmonlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ilmiy-pedagogik faoliyati, talaba hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov nufuzli mehmonlarni Akademiyaga tashrifi bilan qutlar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari kengayib borayotganidan mamnun ekanligini bildirdi. O‘z navbatida Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart so‘z olib, samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.Suhbat davomida Mixael Linxart O‘zbekistonga tashrifi, mamlakatimizda
Batafsil
Hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Har bir soha rivoji, taraqqiyoti yo‘lida o‘zaro yaqin hamkorlik aloqalarining o‘rni muhim. Bu borada esa har ikki tomonlama kelishuvlar bo‘yicha bildirilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirishda hamjihatlik bilan ish ko‘rish, ko‘zlangan ezgu maqsadlarga erishish muvaffaqiyat kaliti bo‘lib xizmat qiladi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi va Akademiya rahbariyati o‘rtasida tor doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Samimiy muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Bahromjon Mamadiyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi koordinatori Durdona Mavlonova, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov, Markaz Axborot-tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi Abduraxman Muhamedovlar ishtirok etdi.Dastlab uch
BatafsilXalqaro konferensiya yakunlandi
Xabaringiz bor, Rossiya Federatsiyasidagi Bolgar islom akademiyasida 25-31-oktabr kunlari “Rossiya musulmonlarining diniy merosi” mavzusidagi 3-xalqaro forum o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot bergandik. Mazkur nufuzli forum doirasida tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh o‘qituvchi hamda talabalari o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.Delegatsiyamiz a’zolari konferensiya davomida islom dinining asl mohiyati, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan yurtimizning ulug‘ mutafakkirlari, ularning bebaho ma’naviy merosi haqida batafsil ma’lumot berishdi. Bugungi kunda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, vijdon erkinligi masalalari, milliy an’ana va qadriyatlarimizni rivojlantirishga davlat tomonidan katta ahamiyat berilayotganini ta’kidlandi. Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan asarlarini o‘rganish, tadqiq etish, yoshlar
Batafsil
Akademiya vakillari xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Bolgar islom akademiyasi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumiga binoan Akademiya vakillari “Rossiya musulmonlarining diniy merosi” mavzusidagi 3-xalqaro forumda ishtirok etmoqda.Forum doirasida tashkil etilgan “Rossiya va xorijda musulmon yoshlarning fuqarolik o‘ziga xosligini shakllantirish” III xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh o‘qituvchi hamda talabalari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. Ilmiy-amaliy anjuman “Etnik, din va madaniyatlararo aloqa”, “Millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashda yoshlarning roli”, “Yoshlar tashabbuslari va muhitida millatlararo muloqotni uyg‘unlashtirish amaliyoti” hamda “Rossiya Federatsiyasi musulmon yoshlari: ijtimoiylashuv va bag‘rikenglik” kabi turli seksiyalarga bo‘lingan. Unda Akademiya vakillari
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi Qozon federal universiteti talabalariga ma’ruza o‘qidi
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh o‘qituvchi hamda talabalari Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.Tashrif doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi Mirodil Haydarov Qozon federal universiteti talabalariga “Imom Burhonuddin al-Marg‘inoniy – Movarounnahrning buyuk fiqh ulamosi” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Mirodil Haydarov ma’ruza davomida alloma Qur’oni karim, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo‘lganligi, bu sohada beqiyos durdona asarlar yaratganligini ta’kidladi. Ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, uchrashuv mavzuga doir savol-javoblarga ulanib ketdi.Shuningdek, tadbirda o‘zbekistonlik olimlar tomonidan tarjima qilingan “Hidoya” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur asar butun musulmon olamida mashhur sanalib, musulmon huquqi – fiqh bo‘yicha eng
BatafsilOzarbayjonlik xalqaro kuzatuvchi Akademiyada mehmon bo‘ldi
Saylov - 2021Bugun 24-oktabr mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu siyosiy tadbir nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham katta siyosiy voqea hisoblanadi. Shu bois mazkur saylov jarayonlarining namunali tashkil etilishi va o‘tkazilishini xorijiy davlatlardan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xususan, ayni paytda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, “Ozarbayjon-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi a’zosi Javanshir Pashazade O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi.Mehmonni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov samimiy kutib oldi. Dastlab xalqaro kuzatuvchiga “Manbalar xazinasi” bo‘limida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar, toshbos
Batafsil
Yaponiyalik professor Akademiyada mehmon bo‘ldi
Saylov – 2021O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Yaponiyaning Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti professori Manabu Shimizu tashrif buyurdi.Mehmonni Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani A.Abdirashidov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri O.Astanaqulov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J.Sobirov samimiy kutib oldi.Jahonda o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishni istagan professor Manabu Shimizu dastlab akademiyaning “Manbalar xazinasi” bo‘limida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar, toshbosma asarlar, bo‘lim faoliyati, ilmiy xodimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan qiziqdi.Shundan so‘ng, taniqli olim bilan talaba-yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hozirgi globallashuv
BatafsilMisr-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi talabalar bilan uchrashdi
Saylov – 2021Xabar berganimizdek, 24-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovining demokratik talablar asosida o‘tkazilishi xalqaro kuzatuvchilarning ham diqqat-e’tiborida. Saylov jarayonlari arafasida yurtimizga kelgan nufuzli mehmonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishib, aholi va yoshlar bilan samimiy suhbat qurmoqda. Bugun xalqaro kuzatuvchi, Misr-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi, professor Magdi Zaabal O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-yoshlari bilan uchrashdi. Tadbirni Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev va “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev olib bordi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, tarixiy jarayonlar, ayni paytdagi o‘zaro aloqalarning yangi istiqbollari haqida fikr almashildi. Xususan, har ikki mamlakatda ha
Batafsil
Xalqaro kuzatuvchi Akademiya faoliyati bilan tanishdi
Saylov – 2021Mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovi bo‘lib o‘tishi arafasida. 24-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov kuni. Ushbu siyosiy tadbir nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham katta siyosiy voqea hisoblanadi. Shu bois mazkur saylov jarayonlarining namunali tashkil etilishi va o‘tkazilishini xorijiy davlatlardan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu kunlarda saylov oldidan mehmonlar uchun yurtimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy qadamjolar, ziyorat maskanlari, oliy ta’lim muassasalariga sayohat tashkil etilmoqda. Xususan, ayni paytda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Malayziya Milliy universiteti Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, islomshunos olima Fariza MD Sham xonim Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamrohligida O‘zbekiston xa
Batafsil