O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

BMT va O‘zXIA: hamkorlik aloqalarida yangi davr
Xalqaro

BMT va O‘zXIA: hamkorlik aloqalarida yangi davr

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi loyiha menejeri Dimitriy Ponomaryov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, prorektorlar – Olim Astanakulov, Irgash Daminov, Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev kutib oldi.Muloqot avvalida Akademiya rektori Muzaffar Kamilov mehmonlarni Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, muassasaning tashkil etilishi tarixi, ilmiy faoliyati, taʼlim yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida f

Batafsil
Akademiyaga Indoneziya delegatsiyasi tashrif buyurdi
Xalqaro

Akademiyaga Indoneziya delegatsiyasi tashrif buyurdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga “Nahdatul Ulamo” oliy ta’lim muassasalari tashkiloti Bosh kotibi, professor Muhammad Faysal Aminuddin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Dastlab delegatsiya a’zolari 4-fevral – Xalqaro insoniy birodarlik kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o‘tkazilgan “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etishdi.Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari hamda Akademiya rahbariyati vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Davra suhbatida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhammedov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jaye

Batafsil
Yuta (AQSh) tajribasi: din va jamiyat uyg‘unligi saboqlari
Xalqaro

Yuta (AQSh) tajribasi: din va jamiyat uyg‘unligi saboqlari

Bugungi kunda Oʻzbekiston ochiqlik va xalqaro hamkorlik siyosatini izchil davom ettirar ekan, dunyo miqyosidagi yetakchi davlatlar va mintaqalar bilan amaliy muloqotni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan strategik sheriklik aloqalari yangi mazmun kasb etib, iqtisodiy, investitsiyaviy va maʼnaviy sohalarda yangi yoʻnalishlar ochilmoqda.Shu yoʻnalishdagi muhim qadamlardan biri sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlarining Yuta shtatidagi Iso Masix Oxirgi zamon avliyolari cherkovi nufuzli rahbari, oqsoqol Devid Bednar va “Stirling” xalqaro xayriya fondi raisi Mayls Xansendan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qilishi ham katta ahamiyat kasb etdi.Muloqot chogʻida Oʻzbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Shu jarayonda Yuta shtati bilan savdo-iqtisodiy

Batafsil
Akademiya rektorining maqolasi AQSh nashrida chop etildi
Xalqaro

Akademiya rektorining maqolasi AQSh nashrida chop etildi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtatiga qarashli “Deseret News” nashri saytida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Xalqaro ICESCO tashkiloti ijroiy kengashining a’zosi Muzaffar Kamilovning “O‘zbekistondan Yutagacha: din va ijtimoiy hamjihatlik saboqlari” nomli maqolasi e’lon qilindi.Maqolada hozirda O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanib borayotgani, yaqinda O‘zbekistonga Yuta shtati delegatsiyasi tashrif buyurgani xabar berilgan.Yuta tajribasi va O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyot yo‘li bir umumiy haqiqatni tasdiqlashi, ya’ni din faqat ibodat emas, balki ma’rifat, insonparvarlik va ijtimoiy barqarorlik manbai ekani ta’kidlangan. Yuta tajribasida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham davlat diniy soha ishlariga aralashmasligi, biroq dinning ijtimoiy hayotdagi ijobiy rolini qo‘llab-quvvatlashi bildirilgan.So‘nggi yillarda O‘zb

Batafsil
UNESCO Qatnashuv dasturi (2026–2027) doirasida loyiha arizalari qabuli boshlandi
Xalqaro

UNESCO Qatnashuv dasturi (2026–2027) doirasida loyiha arizalari qabuli boshlandi

UNESCO tashkiloti tomonidan 2026-2027-yillar uchun UNESCO’s Participation Programme (Qatnashuv dasturi) doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha arizalar qabuli boshlanganligi ma’lum qilinadi.Loyiha talablari:— loyiha budjeti 26 ming AQSH dollaridan oshmasligi lozim; — UNESCOning ustuvor yo‘nalishlariga mos bo‘lishi; — ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, nashrlar chop etish, uskunalar xarid qilish, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish va shu kabi faoliyatlarni qamrab olishi mumkin.Loyihada ishtirok etish sharti:Taqdim etiladigan loyihalar UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida tasdiqlangan 43C/5 hujjati asosida ishlab chiqilishi hamda 2026-2027-yillar davomida amalga oshirilishi lozim. Hujjat bilan tanishish: https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000392982Arizalarni topshirish muddati: joriy yil 30-yanvargacha.

Batafsil
Istiqboldagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Xalqaro

Istiqboldagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Iso Masihiyning oxirgi kun avliyolari cherkov vakili Jak Jerard boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, prorektorlar – Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Irgash Daminov hamda rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev kutib oldi.Suhbat avvalida rektor Muzaffar Kamilov mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga tashrifi bilan qutlab, hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar Prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning do‘stona munosabatlari tufayli oliy darajada ekanligini ta’kidladi.Ushbu uchrashuvlarda va aloqalarning rivojlanish

Batafsil
Xalqaro malaka oshirish kurslari
Xalqaro

Xalqaro malaka oshirish kurslari

Pedagog va OTM xodimlari uchun xorijda malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.AQSH (New Jersey)ning Rowan University tomonidan “Ta’limda sun’iy intellekt (SI): konsepsiyalar, rahbarlik va amalga oshirishda amaliyotlar” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.O‘tkazilish muddati: 2026-yil 15–31-iyul. Manzil: Rowan University, New Jersey, AQSHKurs shartlari:Davomiyligi 15 kun;Til bilish talabi yo‘q;Mashg‘ulot va tashriflar uchun tarjimon ta’minlanadi.️Ma’lumotlarni taqdim etish: 14-fevralga qadar. Batafsil: http://nordictraining.uz/Qo’shimcha ma’lumot uchun Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat qilish mumkin.

Batafsil
Akademiya vakillari IRCICA kutubxonasi bilan tanishishdi
Xalqaro

Akademiya vakillari IRCICA kutubxonasi bilan tanishishdi

Avval xabar berganimizdek, Turkiyada Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) tomonidan malaka oshirish o‘quvlari o‘tkazilmoqda.Mazkur darslarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov hamda kafedra dotsenti Obidjon Tangirov ham ishtirok etishmoqda.Akademiya vakillari o‘quvlar davomida IRCICAning boy ilmiy-ma’rifiy kutubxonasi, qo‘lyozmalar bilan ishlash bo‘limi bilan yaqindan tanishishdi.Ularga IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov hamrohlik qildi.IRCICA kutubxonasi islom ilmlariga oid o‘zining nodir manbalari, qo‘lyozmalari bilan mashhur. Akademiya vakillari tashrif davomida manbalarni jamlash, ro‘yxatga olish, talab darajasida saqlash hamda ilmiy tadqiq qilish jarayoni bilan tanishishdi.Malaka oshir

Batafsil
Akademiya va IRCICA o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
Xalqaro

Akademiya va IRCICA o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Turkiyada O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Islom tarixi, san’ati va madaniyati tadqiqotlari markazi (IRCICA) o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, “Islom tarixi va manbashunosligi (IRCICA)” kafedrasi professor-o‘qituvchilari G‘ayrat Rasulov, Obid Tangirov, IRCICA tomonidan esa Markaz direktori Mahmud Erol Qilich hamda bo‘lim boshlig‘i Ashirbek Mo‘minov ishtirok etdilar.Marosim davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, xususan, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalar, ilmiy nashrlar, xalqaro konferensiyalar hamda akademik almashinuv masalalari muhokama qilindi.Mazkur memorandum kelgusida ikki muassasa o‘rtasidagi o‘zaro

Batafsil
Misr bilan diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Xalqaro

Misr bilan diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

2023-yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Misr Arab Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yangi O‘zbekiston davrida buyuk va qadimiy sivilizatsiyaga ega ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda chinakam tarixiy voqea bo‘ldi.Mazkur tashrif davomida madaniyat, fan va ta’lim bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy hamda siyosiy sohalarda ham yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratildi.Shuningdek, 2025-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Misr Arab Respublikasiga tashrif buyurib, Qohira shahrida “Al-Azhar” majmuasi rahbari va bosh imom shayx Ahmad at-Tayyib bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv davomida globallashuv sharoitida ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib qilish, yoshlarni radikal g‘oyalardan himoya etish, shuningdek, O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ta’lim hamda dini

Batafsil
O‘zbekiston – Ozarbayjon hamkorligi: ilmiy tadqiqot va ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar muhokama etildi
Xalqaro

O‘zbekiston – Ozarbayjon hamkorligi: ilmiy tadqiqot va ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyaning Ozarbayjon Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Din ishlari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisi Ramin Mammedov bilan uchrashuvi o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Olim Astanakulov ishtirok etishdi.Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida davlatlararo ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqot loyihalari asosida o‘tka

Batafsil
Xalqaro forum panel sessiyalariga bo‘lingan holda davom etdi
Xalqaro

Xalqaro forum panel sessiyalariga bo‘lingan holda davom etdi

Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjonning Boku shahrida “Ozarbayjonda davlat va din munosabatlarining konstitutsiyaviy tamoyillari: dunyoviylik va vijdon erkinligi” mavzusida ikkinchi diniy arboblar forumi bo‘lib o‘tdi.Mazkur forum davlat va din o‘rtasidagi muvozanatli munosabatlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.Nufuzli anjumanda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi diniy-ma’rifiy soha vakillari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Olim Astanakulov ham ishtirok etishdi.Forum ishi “Multikulturalizm qadriyatlari tizimi: davlat va din munosabatlarining huquqiy va madan

Batafsil
Ko'rinish