O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Turkiyaning Qirqqal’a universiteti bilan Anglashuv memorandumi imzolandi
Xalqaro

Turkiyaning Qirqqal’a universiteti bilan Anglashuv memorandumi imzolandi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Turkiya Respublikasining Qirqqal’a universiteti rektori, professor Ersan Aslan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Akademiya rektori Muzaffar Kamilov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, prorektorlar – Olim Astanakulov, Zokirjon Ro‘ziyev, Salim Dusanov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev kutib oldi.Muloqot avvalida Akademiya rektori Muzaffar Kamilov mehmonlarni yana bir Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, muassasaning tashkil etilishi tarixi, ilmiy faoliyati, taʼlim yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.Keyingi yillarda ikki davlat yet

Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari xalqaro forumda
Xalqaro

Akademiya professor-o‘qituvchilari xalqaro forumda

Joriy yilning 13-15-oktabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida VIII Global islom moliyasi forumi (GIFF2025) o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli forumda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islom iqtisodiyoti, moliyasi va ziyorat turizmi” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori, akademik Nurislom To‘xliyev rahbarligida professor Ravshan Abdullayev va dotsent Sirojiddin Abrorovlar qatnashmoqda. GIFF – Malayziya islom banklari assotsiatsiyasi (AIBIM) tomonidan tashkil etiladigan yirik xalqaro anjuman bo‘lib, unda siyosatchilar, soha yetakchilari, shariat olimlari va akademiklar islom moliyasining istiqbollari yuzasidan fikr almashadilar. Bu yilgi forum “An’ana va kelajakni bog‘lash: biznesni rivojlantirish, jamiyatni kuchaytirish” shiori ostida o‘tmoqda. Tadbirda islom moliyasining zamonaviy innovatsiyalar bilan uyg‘unligi, barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan his

Batafsil
AQSHga tashrif davomida samarali uchrashuvlar o‘tkazildi
Xalqaro

AQSHga tashrif davomida samarali uchrashuvlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtatida Cherkov ta’lim kengashi kotibi, rahbar o‘rinbosari Kelli Havs hamda O‘n ikki havoriy butunjahon Kengashi rahbari David Allan Bednar bilan muloqot o‘tkazdi.Uchrashuvda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor yuqori baholandi.Tashrif asnosida delegatsiya a’zolari Yuta shtati Jahon savdo markazi prezidenti Jonatan Fridman va Gardner instituti ijrochi direktori Natali Gouchnor bilan ham ko‘rishishdi.Samimiy muloqot davomida o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.Shuningdek, safar dasturiga muvofiq, Stirling fondi rahbari Miles Hansen bilan muloqot o‘tkazildi.

Batafsil
O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga tashrifi samarali kechmoqda
Xalqaro

O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga tashrifi samarali kechmoqda

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining xizmat safari o‘tkazildi.Tashrif davomida Akademiya vakillari Ozarbayjon Respublikasi Diniy tashkilotlar bilan ishlash qo‘mitasi raisi Ramin Mamedov bilan muloqot o‘tkazilib, birgalikda Welfare maydonida joylashgan Ijtimoiy himoya markazida bo‘lishdi.Mazkur maskan muhtojlarga yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda turli xizmatlar, oziq-ovqat, ishlab chiqarish va saqlash inshootlari, tarqatish markazlari hamda kasbiy o‘quv markazlari joylashgan. Bu yerda ko‘rsatiladigan xizmatlar cherkov tomonidan mahalliy aholi uchun xayriya tarzida taqdim etiladi.Shundan so‘ng de

Batafsil
Akademiya rektori Yuta shtati Senati Raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro

Akademiya rektori Yuta shtati Senati Raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Avval xabar berganimizdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.Tashrif davomida Yuta shtati Senatida O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasining qabuli bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni Yuta shtati Senati Raisi Styuart Adams kutib olib, Senat faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari bilan muloqot o‘tkazildi.Samimiy suhbat davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning BMT bosh qarorgoh

Batafsil
Akademiya rektori xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi
Xalqaro

Akademiya rektori xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi

Shu kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtati Provo shahrida “Xalqaro huquq va din” mavzusida 32-xalqaro simpozium o‘tkazilmoqda.1994-yildan beri Brigam Yang universiteti qoshidagi Xalqaro huquq va din tadqiqotlari markazi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlaridan diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-huquqiy soha vakillari ishtirok etishmoqda.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Xalqaro hamkorlik masalari bo‘yicha prorektor Olim Astanakulov ham ishtirok etishmoqda.Simpozium doirasida Akademiya rektori Muzaffar Kamilov “Rivojlanish yoʻlini qurish: diniy erkinlikni mintaqaviy, milliy va xalqaro himoya qilish (O‘zbekiston tajribasi asosida)” mavzusida ma’ru

Batafsil
Akademiya va Iordaniya xalqaro islom ilmlari universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi
Xalqaro

Akademiya va Iordaniya xalqaro islom ilmlari universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizning diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyasi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.Tashrif davomida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Iordaniya xalqaro islom ilmlari universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolash marosimi o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sardor Umrzoqov, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov ishtirok etishdi.Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov hamda Iordaniya xalqaro islom ilmlari universiteti rektori Ja’far Mahmud al-Fanatsa tomonidan Hamkorlik m

Batafsil
Yurtimiz diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyaning Iordaniya Podshohi bilan uchrashuvi o‘tkazildi
Xalqaro

Yurtimiz diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyaning Iordaniya Podshohi bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 25-26-avgust kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lgan edi.Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlik kelishuvlari imzolangan edi.Ana shu tashrifda belgilangan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sardor Umrzoqov, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov hamda mamlakatimiz rasmiylaridan iborat delegatsiya Iordaniya mamlakatida xizmat safari bilan bo‘l

Batafsil
Akademiyada binar dars o‘tkazildi
Xalqaro

Akademiyada binar dars o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Fiqh ilmining paydo bo‘lish tarixi va rivojlanishi hamda islom ilmlariga oid xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati” mavzusida binar dars bo‘lib o‘tdi.“Biz – yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur darsda dunyoning nufuzli TOP-100 talik universitetlari reytingiga kiruvchi Shvetsiyaning LUND universiteti professori Rustamjon Urinbayev tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Seminarda islom huquqiga oid ilmiy izlanishlarning ahamiyati, islom huquqining xalqaro OTMlarda, ilmiy-tadqiqot markazlarida o‘rganilishining dolzarb masalalari tahlil etildi.Ma’ruzachi tomonidan o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning islom dinining qabul qilinishi natijasida VIII-XII asrlarda Movarounnahr diniy ilmlar markaziga aylangani ta’kidlandi.Fiqh – islom huquqshunosligi sohasi sifatida VIII-X asrlarda shakllangani, fiqh ilmi mustaqil

Batafsil
Xorijdagi vatandoshlar uchun Davlat granti tanlovi
Xalqaro

Xorijdagi vatandoshlar uchun Davlat granti tanlovi

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha 30 ta davlat granti ajratildi.Tanlov shartlari:Nomzod yoki uning ota-onasi (yaqin qarindoshi) o‘zini etnik, til va madaniy-tarixiy jihatdan o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilishi;Hozirda xorijda doimiy yashayotgan shaxs bo‘lishi;O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tgan va suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;O‘zbek tilini bilishi lozim.Muddat: 2025-yil 10-oktabrgacha.Tanlov jarayoni:Kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud yo‘nalishlar uchun imtihon oliy ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etiladi;Boshqa yo‘nalishlarda test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi;Eng yuqori ball to‘plagan talabgorlar davlat granti sovrindorlari

Batafsil
Malaya universiteti vakillari Akademiya talabalariga seminar dars o‘tdi
Xalqaro

Malaya universiteti vakillari Akademiya talabalariga seminar dars o‘tdi

Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi munosabatlar, ayniqsa, taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining xorij oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Jumladan, Akademiya tomonidan Malayziyaning qator universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi, mamlakatning oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining maʼruzalari, talablar bilan almashinuv tashkil etilmoqda. Bugun ana shunday ilmiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Malaya universiteti Islomshunoslik akademiyasi dekani o‘rinbosari Asmak Ab Rahman boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Ma’lumot uchun aytish joiz, Malaya universiteti 1962-yil tashkil topgan bo‘lib, mamlakatning davlatga tegishli birinchi top oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. QS University Rankings ga ko‘ra, du

Batafsil
Binar darslar talabalar uchun foydali bo‘ldi
Xalqaro

Binar darslar talabalar uchun foydali bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida xorijlik olimlar ishtirokida binar darslar tashkil etilmoqda. Mazkur darslar orqali doktorantlar, magistr va talabalar o‘z bilimlarini yanada oshirishmoqda.Bugun ham seminar darslari davom etdi. Unda IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov tomonidan “Dinlarni qiyosiy o‘rganishda musulmon olimlarining uslublari” hamda “Buyuk olimlarimizning islom va jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan hissalari”mavzusida ma’ruza qildi.Ma’ruzalar davomida O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixini yortib beruvchi qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy manbalarning o‘rganilishi, Tarix fanining vujudga kelishi va o’tmishni o’rganishdagi dastlabki malakalar hamda tarixni o’rganishda asos bo‘luvchi manbalar haqida tushuncha berildi. Binar dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol

Batafsil
Ko'rinish