O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Akademiya va Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi
Xalqaro

Akademiya va Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilgan edi.Mazkur anjumanda yurtimiz va xorijning nufuzli ilmiy markaz vakillari, olimlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi. Xususan, Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi raisi, doktor Majid Abdulaziz Turkiy konferensiyada faxriy mehmon sifatida qatnashib, nutq so‘zladi. Shuningdek, taniqli olim Akademiya doktorantlari, magistr-talabalari uchun o‘tkazilgan binar darslarda ham qatnashdi. Bugun Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi raisi, doktor Majid Abdulaziz Turkiy bilan Akademiya rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘

Batafsil
Akademiyada xorijlik olimlar ishtirokida binar darslari davom etmoqda
Xalqaro

Akademiyada xorijlik olimlar ishtirokida binar darslari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida xorijlik olimlar ishtirokida binar darslar tashkil etilmoqda. Mazkur darslar orqali doktorantlar, magistr va talabalar o‘z bilimlarini yanada oshirishmoqda.Bugun ham seminar darslari davom etdi. Unda Misr Arab Respublikasi Qohira universiteti Sharq tillari kafedrasi professori Jalol Said Hafnaviy hamda Akademiya dotsentlari – Ziyodulloh Zinatullayev va Saidahmadxon Gʻaybullayev ishtirokida “Qadimgi Misr tarixi” hamda IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov va dotsent Ne’matulla Nasrullayev ishtirokida esa “Manbashunoslik va tarixshunoslikka oid ma’lumotlarini aniqlash va ular ustida tadqiqot olib borish usullari haqida” mavzusidagi binar darslar o‘tkazildi.Ma’ruzalar davomida O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixini yortib beruvchi qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lga

Batafsil
Majid Abdulaziz Turkiy: “Markaziy Osiyo – jahon tamadduni beshiklaridan biri”
Xalqaro

Majid Abdulaziz Turkiy: “Markaziy Osiyo – jahon tamadduni beshiklaridan biri”

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi raisi, doktor Majid Abdulaziz Turkiy hamda Akademiya dotsenti Avazbek G‘aniyev ishtirokida binar dars o‘tkazildi.“Tarixiy Geografiya va kartografiya; Paleoekologiya va sivilizatsiya dinamikasi” fani doirasida tashkil etilgan darsda Majid Abdulaziz Turkiy “Markaziy Osiyo madaniyatining jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’ruza qildi.Ma’ruza davomida Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, mintaqa allomalarining ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish borasida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan uch ming yil muqaddam mintaqada ilk shaharlar va davlatchilikning vujudga kelishi bu hududda yangi hayotiy tushunchalar va falsafiy qarashlarning, ilm-fan, xususan, tibbiyot va astronomiya, jo‘g‘rofiya va matemati

Batafsil
Xorijlik olimlar ishtirokida binar o‘tkazildi
Xalqaro

Xorijlik olimlar ishtirokida binar o‘tkazildi

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilgan edi. Bugun Akademiyada mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijlik olimlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.“Tadqiqotlarni olib borishni samarali tashkillashtirishda Ilmiy markazlar bilan hamkorlikninng o‘rni” mavzusidagi darsda Misr Arab Respublikasining Qohira universiteti Sharq tillari kafedrasi professori Jalol Said Hafnaviy, Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi raisi, doktor Majid Abdulaziz Turkiy hamda IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov mavzu doirasida ma’ruza qilishdi.Binar darsda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, “Islom tarixi va manbashunos

Batafsil
Qohira universiteti professori ishtirokida dars mashg‘uloti o‘tkazildi
Xalqaro

Qohira universiteti professori ishtirokida dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida VI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.Oltinchi marotaba an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan mazkur anjumanda yurtimiz hamda xorijlik taniqli olimlar, soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.Bugun Akademiyada konferensiya sabab mamlakatimizda bo‘lib turgan Misrning Qohira universiteti professori Jalol Said Hafnaviy bilan bilan amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ma’ruza darsida taniqli olim Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, mintaqa allomalarining ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish borasida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari haqida batafsil ma’lumot berdi.Xususan, bu borada Abu Rayhon Beruniyning nodir ilmiy asarlariga

Batafsil
UNESCO doirasida hamkorlik kengaymoqda
Xalqaro

UNESCO doirasida hamkorlik kengaymoqda

Shu kunlarda Parijdagi UNESCO qarorgohida “Raqamli ta’lim haftaligi” (Digital Learning Week) tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur haftalik UNESCO tomonidan yillik tashkil etiladigan asosiy tadbirlardan biri bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad sun’iy intellekt taraqqiyotining ta’lim kelajagiga ta'siri bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishdan iborat.Tadbirlar “Sun’iy intellekt va ta’lim kelajagi: o‘zgarishlar, dilemma va yo‘nalishlar” (“AI and the future of education: disruptions, dilemmas and directions”) mavzusi ostida tashkil etilmoqda. “Raqamli ta’lim haftaligi” tadbirlarida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Mahfuza Alimova, Mohira Abdullayeva va Laziza Alidjanova ham ishtirok etmoqda. Akademiya vakillari yangi texnologiyalar, xususan sun’iy intellektni ta’lim jarayonlariga sama

Batafsil
Akademiyada xorijiy fuqarolar uchun kirish imtihoni o‘tkazildi
Xalqaro

Akademiyada xorijiy fuqarolar uchun kirish imtihoni o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining xalqaro maydondagi imijini oshirish, salohiyatini namoyon etish barobarida xorijlik fuqarolarning Akademiyada tahsili ham tobora ortib bormoqda. Joriy yilgi qabul komissiyasiga ham Akademiyada o‘qish uchun xorijiy fuqarolar tomonidan arizalar kelib tushdi.Shu maqsadda bugun Akademiyada bakalavr va magistratura yo‘nalishi uchun hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi.Onlayn va oflayn formatda o‘tgan imtihon jarayonini O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rahbariyati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari adolatli va shaffof tarzda olib bordilar.13 nafar xorijiy fuqaro Akademiyaning “Islomshunoslik”, “Islomshunoslik” rus guruhi, “Axborot xavfsizligi”, “Turizm va mehmondo‘stlik” bak

Batafsil
Diniy sohadagi islohotlar: xalqaro e’tibor, ehtirom, e’tirof
Xalqaro

Diniy sohadagi islohotlar: xalqaro e’tibor, ehtirom, e’tirof

AQShning “IslamiCity” portali o‘z sahifasida yangi O‘zbekistondagi diniy soha islohotlari haqida maqola e’lon qildi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Sh.Islomov bilan hamkorlikda tayyorlangan ushbu maqolada so‘nggi yillarda dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va ekspert doiralari e’tiborini tortgan masala – O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, ularning muvaffaqiyat keltirgan omillari haqida so‘z boradi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan boshlangan bu islohotlar o‘zining xalqparvarligi, barcha din va e’tiqod vakillari uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlashi, xalqimizning azaliy orzu-istaklarini o‘zida mujassam etgani bilan alohida ahamiyatlidir. Bunday deyishimizga sabab shuki, yaqin yillar ichida ushbu amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar nafaqat O‘zbekiston uchun, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham manfaatli bo

Batafsil
“G20 Dinlararo forumi”da O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda
Xalqaro

“G20 Dinlararo forumi”da O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda

Joriy yilning 10-14-avgust kunlari Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida “G20 Dinlararo forumi” bo‘lib o‘tmoqda.“Birdamlik, tenglik, barqarorlik” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirda turli din konfessiya vakillari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, hukumat amaldorlari, akademik doira mutaxassislari va fuqarolik jamiyati faollari qatnashyapti.Mazkur forumda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Ruslanbek Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham ishtirok etmoqda. Forumning asosiy maqsadi dinlararo muloqot va hamkorlikni kuchaytirish orqali global muammolar – ijtimoiy adolat, tinchlik, barqaror taraqqiyot va ins

Batafsil
Samimiy muloqotda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Xalqaro

Samimiy muloqotda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Shu kunlarda poytaxtimiz Toshkentda o‘tkazilayotgan “Ko‘priklar qurish: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida mintaqaviy muloqot” mavzusidagi xalqaro tadbir doirasida xorijlik ekspertlar, diniy va ilmiy sohaning yetuk vakillari yurtimizda bo‘lib turibdi.Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida xorijlik mehmonlar tashrif buyurdi.Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tahlil markazlarining mintaqada tinchlik va diniy bag‘rikenglikka ko‘maklashish sohasidagi hamkorligini mustahkamlash hamda madaniy va diniy amaliyot sohasida yurtimiz diniy ulamolari va mutaxassislari bilan fikr almashishdan iborat bo‘ldi.Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektorlari – Irgash Daminov, Zokirjon Ro‘ziyev, Olim Astanakulov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Akademiya professor-o‘qituvchilari kutib oldi.Uchrashuv avvalida Akademiya

Batafsil
Akademiya vakili xalqaro forumda ma’ruza qildi
Xalqaro

Akademiya vakili xalqaro forumda ma’ruza qildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti qoshidagi SHHT uchun Xalqaro yuridik tayyorgarlik va hamkorlik Markazi (SHHT Markazi) tomonidan tashkil etilgan “SHHT tahlil markazlari Forumi 2025”da ishtirok etdi Shanxayda bo‘lib o‘tgan ushbu Forumda xalqaro munosabatlar va jahon siyosatidagi murakkab sharoitda SHHTga a’zo davlatlarining hamkorlik istiqbollari, davlat rahbarlari tomonidan ilgari surilayotgan taraqqiyot modellari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sharoitida barqaror taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha taklif etiladigan model hamda mexanizmlarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Forumda SHHTga a’zo davlatlardan 100 dan ortiq olimlar, mutaxassislar hamda tahlilchilar ishtirok etishdi. Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti Xitoydagi eng yosh un

Batafsil
Akademiya rektori Malayziyada yoshlar bilan muloqot qildi
Xalqaro

Akademiya rektori Malayziyada yoshlar bilan muloqot qildi

Tashrif asnosida Siamen universiteti faollar zalida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Kuala-Lumpurdagi vakillari bilan hamkorlikda Malayziyada tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yosh vatandoshlar ishtirokida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev va Akademiya rektori Muzaffar Komilov nutq so‘zladi. Davra suhbatida Malayziyaning nufuzli oliygohlarida, jumladan, Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya, Malayya, “City”, “Cyberjaya” “UCSI”, “INCEIF”, “INTI”, “Xiamen” universitetlarida tahsil olayotgan 120 ga yaqin talabalar ishtirok etdi. Samimiy uchrashuvda O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyadagi qatnashchilarni ushbu ayyom bilan tabriklab, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 iyun – Yoshlar kuni munosaba

Batafsil
Ko'rinish