Siamen universiteti bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziya safari samarali kechmoqda.Tashrif davomida Akademiya rektori Malayziya islom sivilizatsiyasi institutida o‘tkazilgan “Donishmandlik ko‘prigi: Musulmon olamining ilm, falsafa va silsilasiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi beshinchi xalqaro seminarda ishtirok etdi. Seminarda nufuzli ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari, jumladan, Malayziya milliy universiteti, Islom sivilizatsiyasi instituti, Malayziya xalqaro islom universiteti, Turkiyaning Ibn Xaldun universitetidan 50 ga yaqin islomshunoslar olimlar, taniqli ekspert va ilmiy doira vakillari qatnashdi. Shundan so‘ng safar davomida Malayziyadagi Siamen universitetiga tashrif buyurildi. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uni
Batafsil
Akademiya rektori xalqaro seminarda nutq so‘zladi
O‘zbekistonda xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyasining Malayziyaga safari boshlandi.Dastlab Akademiya rektori Muzaffar Komilov hamda Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza Sham o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida rektor Muzaffar Komilov mazkur uchrashuvni tashkil etgani uchun institut rahbariyati va xususan, Fariza Sham xonimga o‘z minnatdorligini bildirar ekan, mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Samimiy suhbat davomida qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalar, xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi.O‘z navbatida Fariza Sham Malayziyada islom diniga bo‘lgan e’tibor, o
Batafsil
Akademiya vakili xalqaro seminarda ma’ruza qildi
Bugun Malayziya islom sivilizatsiyasi institutida “Donishmandlik ko‘prigi: Musulmon olamining ilm, falsafa va silsilasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida V xalqaro seminar o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi Go‘zal Sharipova “Malayziya va O‘zbekiston siyosatida diniy bag‘rikenglikning qiyosiy tahlili” mavzusida ma’ruza qildi.Ma’ruzada mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikka katta ahamiyat berilayotgani, qadimdan turli e’tiqodga mansub millat va elatlar istiqomat qilib kelgani qayd etildi.130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv istiqomat qilib kelayotgani e’tirof etildi.Malayziyada ham bu jihatga alohida urg‘u berilishi, O‘zbekiston tanlagan millatlarlararo totuvlik siyosatiga o‘xshash ekani amaliy misollar bilan solishtirildi.Ma’ruza yig‘ilgan
Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari xalqaro seminarda qatnashdilar
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ICESCO tashkiloti tomonidan “Arab tilini arab bo‘lmaganlarga ta’lim berish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish va pedagogik trening o‘tkazish” “Mishkat” arab tilini o‘rgatish” bo‘yicha trening o‘tkazildi.Unda Toshkent islom instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Yangi asr universiteti hamda Oriyental universitetidan ja’mi 20 nafar professor o‘qituvchi ishtirok etishdi.Trening “Tilshunoslik ta’limida zamonaviy texnologiyalar: arab tili misolida”, “Noarablarga arab tilini o‘rgatish uchun darajalar bo‘yicha zamonaviy dasturlarni ishlab chiqish”, “Noarab arab tili o‘rganuvchilarda so‘z boyligi va kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish”, “Noarablarga arab tili tovushlar, imlo va yozuv tizimlarin
Batafsil
Akademiya rektoriga “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni topshirildi
15-iyun – Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topgan kun munosabati bilan Oʻzbekistondagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Xalq diplomati” koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tashkilotga aʼzo davlatlarda xalq diplomatiyasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan davlat arboblari, olim, yozuvchi, fan, sanʼat va madaniyat sohasi vakillari, fuqarolik jamiyati faollari, yoshlar va xotin-qizlar qatorida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.Mazkur koʻkrak nishoni tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, oʻzaro madaniy – gumanitar aloqalarni kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari oʻrtasida doʻstona hamkorlik muhi
Batafsil
Malayziya xalqaro islom universiteti vakillari Akademiyada
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Malayziya xalqaro islom universiteti Turizm kafedrasi dotsenti Nur Farxani binti Abdullah boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi. Suhbat avvalida Irgash Daminov mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga tashrifi bilan qutlab, Akademiyaning ilmiy salohiyati, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Moturidiy, Nasafiy kabi buyuk ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ilmiy merosni o‘rganish dolzarb masalalardan ekanligi, bu sohada ikki tomonlama hamkorlik qilish mumkinligi bo‘yicha so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘zaro profes
Batafsil
Akademiya vakili xalqaro anjumanda ma’ruza qildi
Joriy yilning 30-31-may kunlari Turkiyaning Istanbul tijorat universitetida “Turkiya va Oʻzbekistonda oilani mustahkamlashga asoslangan davlat siyosatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, Turkiya Respublikasi oilaviy va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, Istanbul Tijorat Universiteti, KADEM (Ayollar va Demokratiya Jamiyati) va O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamkorligida tashkil etildi.Ushbu tadbirda yurtimizdan tashrif buyurgan olima ayollar va keng jamoatchilik vakillari qatorida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva ham ishtirok etib, “Ayollarning rahbarlik faoliyatida ma’naviy va ma
BatafsilSamimiy muloqotda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Xabaringiz bor, joriy yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri G‘anim bin Shahin al-G‘anim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olingan edi.Mazkur ishlarni davom ettirish maqsadida Akademiyada Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri o‘rinbosari Muhammad bin Hamad al-Kavariy boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Akademiya prorektorlari – Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Ergash Daminov, Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev hamda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o’qituvchisi Bahodir Pirmuhamedov kutib oldi.Uchrashuv avvalida Akademiya rektori Muzaffar Komilov
Batafsil
Akademiyada Malayziya top universiteti professori ishtirokida qo‘shma ma’ruza darsi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Malayziya oliy ta’lim muassasalari jamiyat taraqqiyoti uchun – ijtimoiy xizmat sohasini o‘qitish orqali talabalar bilimini oshirish” mavzusida qo‘shma ma’ruza darsi o‘tkazildi.Mazkur ma’ruza darsi QS jahon universitetlari 2025 reytingida 146-o‘rinni egallagan Malayziya tadqiqotlar universiteti professori Morshidi Sirat hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musurmon Xurramov tomonidan tashkil etildi.Unda Xalqaro hamkorlik masalari bo‘yicha prorektor Olim Astanakulov, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev, kafedra a’zolari hamda talabalar ishtirok etdi.Professor Morshidi o‘z ma’ruzasida dastlab talabalarning intellektual, ma’naviy, hissiy va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan Malayziyaning Milliy ta’lim falsafasi haqida ma’lumot berdi. Uning fikriga ko‘ra, bugu
BatafsilTurkiyaning Qirqqal’a universiteti delegatsiyasi Akademiyada
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Turkiya Respublikasining Qirqqal’a universiteti rektori, professor Ersan Aslan delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini Akademiya rektori Muzaffar Komilov, prorektorlar – Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Zokirjon Ro‘ziyev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev kutib oldi.Muloqot avvalida Akademiya rektori Muzaffar Komilov mehmonlarni Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, muassasaning tashkil etilishi tarixi, ilmiy faoliyati, taʼlim yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari yuqori darajada faol davom etayotgani, xususan, ilmiy-ma’rifiy, madaniyat, gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini qayd etdi.Rektor Muzaffar Komilov
Batafsil
Akademiya vakili xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi
Turkiya Respublikasining Konya shahrida “Birinchi xalqaro Rumiy va Navoiy simpoziumi” o‘tkazildi.Mazkur anjumanda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan navoiyshunos, rumiyshunos olimlar, mutaxassislar qatorida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva ham ishtirok etdi.Konferensiyaning asosiy maqsadi Rumiy va Navoiy asarlarining keng qamrovda o‘rganish, bu borada butun dunyo bo‘ylab mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishish, ikki buyuk ijodkorning asarlarini o‘qitish bo‘yicha kasbiy malakani oshirish va o‘zaro tajriba almashishlarga imkoniyat yaratishdan iborat. Akademiya vakili anjumanda “Rumiy va Navoiy irfonining o‘xshash tamoyillari” nomli ma’ruzasi bilan chiqish qildi. Maqolada Navoiyning “Foniy” devonidagi g‘azallari hamda Rumiyning “Shams” devonidagi g‘azallari va “Masnaviy ma’n
Batafsil
Nufuzli mehmon bilan uchrashuvda yurtimizdagi islohotlarga yuqori baho berildi
Xabaringiz bor, O‘zbekisto Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Samarqand shahrida yirik xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.Mazkur nufuzli anjumanda ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan Musulmon donishmandlari kengashi bosh kotibi Muhammad Abdussalom bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, professor Muzaffar Komilov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.Suhbat avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash eng ustuvor vazifalardan ekanligi alohida taʼkidlandi.Musulmon donishmandlari kengashi bilan aloqalarni rivojlantirish, diniy bag‘rikenglik hamda anʼanaviy islom qadriyatlarini mustahkamlash bora
Batafsil