Bu yurtda necha asrlardan beri Islom dini ravnaqiga hissa qoʻshgan buyuk allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Abu Mansur Moturidiy kabi zotlar yetishib chiqqan. Ular Islom olamida yorqin iz qoldirgan siymolardir. Ular qoldirgan meros islom haqiqatini ifodalagan. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi esa ana shu boy ilmiy-ma’rifiy merosni keng jamoatchilikka asil mazmun-mohiyatini yetkazishda dunyodagi nodir ilm maskani sifatida e’tirof etish mumkin.
Islomning asl maʼnosini anglash, yoshlarga yetkazish bugungi davrning eng dolzarb masalasidir. Akademiyaning eng oliy maqsadi ham islom dinining mazmun-mohiyati, tinchlikparvar va ezgulik dini ekanini xalqaro hamjamiyatga tarannum etishdan iborat. Zero, Imom Buxoriy, Imom Termiziydek allomalar tug‘ilib o‘sgan bu tuproqdan kelgusida ham ana shunday ulug‘ zotlarga munosib avlodlar yetishib chiqajak.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qilgan tashrifimdan mamnunman, zero, hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar Prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning do‘stona munosabatlari tufayli bu kabi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Tashrif davomida Akademiya hududidagi tarixiy obidalar, yodgorlik majmualari, “Manbalar xazinasi” faoliyati bilan tanishdim. Menda katta taassurot qoldirgan tarix va zamonaviylik uyg‘ushlashgani bo‘ldi. Bu esa yoshlarni o‘tmishga hurmat, kelajakka ishonch bilan tarbiyalanishiga turtki beradi. Qolaversa, “Islom ensiklopediyasi”ning uch jildi bilan tanishib, uni kelajakda ingliz tiliga tarjima qilish va tahrirlash jarayonini BYU universiteti bilan hamkorlik qilishni rejalashtirdik.
Oʻzbekiston boy tarix va betakror madaniy merosga ega qadimiy mamlakat. Men Oʻzbekistonga koʻp marotaba kelganman. Ammo soʻnggi yillarda mamlakatingiz tashqi dunyo bilan aloqalari tobora kengaya boshladi. Yangi Oʻzbekiston rahbari barcha xorijiy hamkorlar qatori biz olimlar, xorijiy tadqiqotchilar uchun ham eshiklar ochiq ekanini aytmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Oksford islom tadqiqotlari markazi hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilgan muzokaralar kutilgan natijalarni berishiga ishonaman.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni yuqori baholayman. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi musulmon olami uchun beqiyos ma’naviy merosni tadqiq etadigan, yosh va zamonaviy kadrlarni yetishtiradigan oliy dargoh hisoblanadi. Ayniqsa, “jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili borasidagi xizmatlari, qarashlari dunyo olimlari orasida yuksak e’tirof etilmoqda. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga islom ma’rifatini tarqatishga ko‘rsatayotgan oliy xizmatlari uchun samimiy minnatdorlik izhor etaman.
O‘zbekistonning go‘zal va qadimiy Toshkent va Xiva shaharlarida o‘tkazilgan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida muassasa vakillari bilan muloqot olib bordik. Bu yerda “Qo‘lyozmalarni tadqiq qilishning nazariy asoslari” nomli kitobimning oʻzbek tilidagi taqdimoti ham o‘tkazilganidan juda quvondim. Akademiya va “Dorul Maxtutot” markazi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini muhokama qildik, tajriba almashdik. O‘zbek xalqi shu yurtda tug‘ilib voyaga yetgan, o‘zining nihoyatda serqirra ilmiy-ijodiy faoliyati bilan dunyo ahlini lol qoldirgan, dunyo tamadduni rivojiga beadoq hissa qo‘shgan ajdodlari bilan faxrlansa arziydi.