O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Kafedra API ID: 5

Arab tili va adabiyoti al-Azhar

API orqali

Professor-o'qituvchilar

Matibaeyva Raziya Baltabaevna

Matibaeyva Raziya Baltabaevna

Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi mudiri tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 47 ish
Batafsil
Islamov Zoxidjon Maxmudovich

Islamov Zoxidjon Maxmudovich

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 19 ish
Batafsil
Askarov Abdurashid Murodjonovic

Askarov Abdurashid Murodjonovic

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD)

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 19 ish
Batafsil
Do‘smatov Sanjar Tashpo‘latovich

Do‘smatov Sanjar Tashpo‘latovich

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 34 ish
Batafsil
Sodikov Yusupdjan Aripovich

Sodikov Yusupdjan Aripovich

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o`qituvchisi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 19 ish
Batafsil
Akmalxanov Akmalxon Ahmad o'g'li

Akmalxanov Akmalxon Ahmad o'g'li

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 34 ish
Batafsil
Aripova Zuxra Djaxangirovna

Aripova Zuxra Djaxangirovna

Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professor v.b., tarix fanlari doktori (DSc)

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 53 ish
Batafsil
Bo'riyev Jaloliddin Aliqulovich

Bo'riyev Jaloliddin Aliqulovich

Akademiya Kengashi kotibi, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 10 ish
Batafsil
Kadirova Madinabonu Turgunovna

Kadirova Madinabonu Turgunovna

Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 53 ish
Batafsil
M.Ishanxanova

M.Ishanxanova

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston xalqaro islomshunislik akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “аl-Azhar” arab tili va adabiyoti kafedrasi dotsent vazifasi bajaruvchisi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 18 ish
Batafsil
Madaeyva Mu'tabar Omanullaevna

Madaeyva Mu'tabar Omanullaevna

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsent v.b. (PhD)

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 9 ish
Batafsil
Maxamadxodjaev Baxromxodja Xasanxodjaevich

Maxamadxodjaev Baxromxodja Xasanxodjaevich

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 0 ish
Batafsil
Mullasodikova Nigora Miromanovna

Mullasodikova Nigora Miromanovna

Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 36 ish
Batafsil
Saidova Nodirabegim Kayumovna

Saidova Nodirabegim Kayumovna

Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 54 ish
Batafsil
Shakirova Zulfiya Normaxamatovna

Shakirova Zulfiya Normaxamatovna

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 22 ish
Batafsil
Shukurov Yorqin Alijanovich

Shukurov Yorqin Alijanovich

Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 48 ish
Batafsil
Daminov Baxrom Zokirovich

Daminov Baxrom Zokirovich

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 45 ish
Batafsil
Kazakbayev Akbar Akmaldjanovich

Kazakbayev Akbar Akmaldjanovich

Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari doktori (PhD)

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 18 ish
Batafsil
Pirmuxamedov Baxodir Baxromovich

Pirmuxamedov Baxodir Baxromovich

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 9 ish
Batafsil
Xakimov Azizxon Abrorovich

Xakimov Azizxon Abrorovich

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 43 ish
Batafsil
Kadirova Mashxura Mirzaakbarovna

Kadirova Mashxura Mirzaakbarovna

Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 38 ish
Batafsil
Sagdullaeva Dilfuza Karimullaevna

Sagdullaeva Dilfuza Karimullaevna

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

Arab tili va adabiyoti al-Azhar 38 ish
Batafsil

“ARAB TILI VA ADABIYOTI AL-AZHAR” KAFEDRASI

Al-Azhar universiteti va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘rtasida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasini tashkil etish yuzasidan anglashuv memorandumi “Yo‘l xaritasi”, Toshkent, 09.01.2019 yil) imzolangan. Memorandum asosida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Kengashi majlisi qarori hamda yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan holda “O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Sharq filologiyasi” kafedrasi negizida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tashkil etilgan.

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida mutaxassis chiqaruvchi mustaqil kafedra sifatida faoliyat olib boradi. Kafedra 2019-2020 o‘quv yilidan e'tiboran yangi 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) yo‘nalishi va 2022-2023 o‘quv yilidan 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi “Arab tilini o‘qitishni zamonaviy uslublarii va al-Azhar universiteti tajribasi” mavzusi hisoblanib, asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: 

- Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti arab tilini o‘qitish dasturlarini o‘rganib, yangi dasturlar asosida ta'lim berish;

- “Al-Azhar” universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda yangi avlod adabiyotlarini yaratish;

- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan ajratiladigan fundamental, amaliy, innovasion loyihalar tanlovida ishtirok etish;

- al-Azhar universiteti doirasida tashkil etiladigan xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalar, grantlar, tanlovlar va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish;

- kafedra doirasida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha tegishli dastur, darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish;

- talabalarni kafedraning ilmiy yo‘nalishiga oid ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish;

- kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishiga doir ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini reja asosida ilmiy anjumanlarda, ilmiy to‘plamlarda e'lon qilish.

Kafedra zamonaviy hamda klassik arab tili o‘qitish, qadimiy an'analarini har tomonlama o‘rganish, ularga oid mavjud manbalarini ilmiy talablar asosida tadqiq va nashr etish, zamonaviy til o‘qitish jarayonlarni ilmiy tahlil qilish va tegishli taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:

5120100 - “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi va 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarini tayyorlash;

- kafedra zamonaviy hamda klassik arab tili hamda maxsus kurslar bo‘yicha talabalarga chuqurlashtirilgan dars beradi;

- kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqotlari natijalari bo‘yicha talabalarga maxsus kurslarni o‘qishni tashkil qilish;

- Misr Arab Respublikasi va O‘zbekistonning tarix, til va adabiyotiga oid tadqiqotlar olib borish;

- arab tili va adabiyotiga oid ilmiy dastur, dissertasiyalar himoyasi va ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish;

- arab tilshunosligi va manbashunosligi bo‘yicha Al-Azhar universiteti bilan ilmiy loyihalar, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish va ularni chop etish;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Chet tillar bo‘yicha ta'limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar” to‘g‘risidagi 124-sonli qarori hamda Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference)ni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida joriy etish.

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta'lim sifatini ta'minlash;

- professor-o’qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish;

- yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- Davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;

- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh professor-o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;

- o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- Akademiya axborot-resurs markazini kafedra ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishi va yangilanishini doimiy monitoring qilish;

- ta’lim hujjatlarining me'yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

- fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilm-fan va oliy ta'lim sohalarida yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;

- tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga ko‘maklashishi, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

1) Arab tilida og‘zaki va yozma nutq amaliyoti;

2) Arab tilining nazariy grammatikasi;

3) Arab leksikologiyasi;

4) Sharq tillarini o‘qitish metodikasi;

5) Sinxron tarjima;

6) Arab dialektologiyasi;

7) Tarjima nazariyasi;

8) Balog’at;

9) Frazeologiya;

10) Tarjima amaliyoti;

11)  Rasmiy hujjatlar tarjimasi;

12)  Rasmiy yozishmalar;

13) Ilmiy ish asoslari;

14) Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti;

15) Mutaxassislikka kirish;

16) Kalligrafiya;

17) O’rganilayotgan til mumtoz adabiyoti;

18) Arab badiiy matnlarining lingvistik tahlili;

19) Mutaxassislikning nazariy masalalari;

20) O‘rganilayotgan mamlakat (mintaqa)da til vaziyati va siyosati;

21) O‘rganilayotgan til tarixi;

22) Mutaxassislikka oid maxsus adabiyotlar tahlili;

23) Adabiy manbaning filologik tadqiqi;

24) Sharq mumtoz poetikasi va boshqalar.

Magistratura mutaxassisligi bakalavrlik ta’lim negiziga tayangan bo‘lib, unda olingan bilimlar ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtiriladi. Buning bilan oliy ta’lim tizimida hamda mutaxassis tayyorlashdagi uzviylik ta’minlanadi.

Magistratura darslarining katta bir qismi arab, fors va eski turkiy tillardagi qo‘lyozma manbalarni o‘qib-o‘rganish, ularni filologik jihatidan tahlil qilish, matn va uning mazmuniy interpretatsiyasiga bag‘ishlangan. 

Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasida 31 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 28 nafar asosiy, 3 nafar oʻrindosh bo’lib, asosiy shtatda: 5 nafar misrlik PhD oʻqituvchilar, 2 nafar fan doktori, 14 nafar PhD, 12 nafar katta oʻqituvchi; oʻrindoshlik asosida: 1 nafar professor, 1 nafar dotsent, 1 nafar PhD dotsent v.b.

Ko'rinish