Fakultet API ID: 2
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti
Sharq tillari, manbashunoslik, adabiyot va tarjimaAPI orqali
Professor-o'qituvchilar
MUMTOZ SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tarkibida 2018-yil tashkil etilgan. Fakultet mumtoz sharq filologiyasi hamda islom renessansi davri filologik yo‘nalishlarini o‘qitish, ularning tarixi, sharq adabiyoti va tilshunosligidagi o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish, tarix, adabiyot, islom gumanizmi va umuminsoniy qadriyatlarga oid milliy adabiy nazariyalarni aks ettiruvchi til hamda adabiy uslublarni o‘rganish, Sharq mumtoz filologiyasi sohasidagi matnshunoslik va qo‘lyozma manbalarni fundamental tadqiq etish, shuningdek, oliygoh salohiyatini yuksaltirish, investitsiya dasturlarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan ta’lim berish, o‘quv, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-uslubiy, ilmiy va innovatsion tadbirlarni amaliy jihatdan tashkil etish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Shu bilan birga, mazkur fakultet respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar materiallaridan keng foydalangan holda elektron kitoblar, amaliy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy materiallar hamda ilmiy ishlar (monografiyalar, darsliklar, ilmiy to‘plamlar) ishlab chiqadi. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, talabalar va tadqiqotchilar almashinuviga oid ilg‘or jahon tajribasiga asoslangan ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich rejalashtirilmoqda va joriy etilmoqda (bunda interaktiv o‘qitish va o‘rgatish metodlari, dual ta’lim, stajirovkalar, qisqa hamda uzoq muddatli tajriba orttirish tizimidan keng foydalaniladi). Nazarimda bo‘shroq.
Fakultet Akademiyada “Filologiya va tillarni o‘qitish”, “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik”, “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)”, “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy malakali kadrlarni tayyorlovchi o‘quv-ilmiy tarkibiy tuzilma hisoblanadi.
Bugunga qadar “Filologiya va tillarni o‘qitish”, “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 337 (232 qiz, 105 o‘g‘il) nafar bitiruvchi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi diplomiga ega bo‘lgan.
Fakultet tarkibiga “O‘zbek va xorijiy tillar”, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar”, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedralari kiradi.
Fakultet dekani: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Mirziyotov Ilyos Mirg‘iyosovich.
Fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari: Ruzimova Nigina Muxamedovna.
Fakultet dekanining o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari: Abdullajonov Navro‘zbek Azimjon o‘g‘li.
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi 2018-yil Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedrada 60310300-Psixologiya, 60310900-Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi), 70310301-Psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlaydi. Kafedra o‘z oldiga jamiyatda din sohasidagi radikallashuv, psixologik manipulyatsiya, deradikalizatsiya, resotsializatsiya jarayonlarida o‘z kasbiy kompetensiyalarini namoyon qila oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni maqsad qilib olgan.
Kafedrada bugungi kunda asosiy shtatda 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 100%ni tashkil etadi, 5 nafar fan doktori (DSc), 5 nafar professor, 12 nafar fan nomzodi (PhD), 12 nafar dotsent faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, kafedra faoliyatiga xalqaro tajribani tatbiq etish maqsadida xorijiy mutaxassislar jalb etilgan.
Kafedra mudiri: pedagogika fanlari nomzodi, professor Kasimova Zebo Hamidovna.
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi 2018-yil Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraga tegishli bo‘lgan magistratura mutaxassisligi shifri: 70230101 – Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha) va 70230105 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik; bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari shifri: 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (arab) va 60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik.
Kasbiy faoliyat sohalari: Ijtimoiy-gumanitar sohadagi yo‘nalish hisoblanib, bitiruvchilar mamlakat va xalqaro qo‘lyozma fondlari, muzey va arxivlarda saqlanayotgan mumtoz adabiy meros namunalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, qadimiy qo‘lyozma matnlarning yig‘ma va tanqidiy nusxalarini tayyorlash prinsiplarini ishlab chiqish; eski o‘zbek, arab va fors tillarining nazariy va amaliy asoslari, lug‘at boyligi hamda ushbu tillarda yaratilgan manbalarni tadqiq etish sohaning asosiy yo’nalishlaridir.
Kasbiy vazifalari: Bitiruvchilar quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo'lishi lozim:
- Ilmiy-tadqiqot faoliyati: Sharq tillari yuzasidan birlamchi manbalarga suyangan holda fundamental tadqiqotlar olib borish, qo‘lyozma va toshbosma kitoblarning elektron versiyalari va monografik tavsiflarini tayyorlash, ilmiy sharhlar yaratish va taqrizlar yozish.
- Ma’naviy-ma’rifiy faoliyati: Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirish, yoshlarda axborot xurujlariga qarshi immunitetni yuzaga keltirish, yozma ma’naviy merosning jamiyatdagi o‘rni va ta’sirini tushuntirish.
- Tashkiliy-boshqaruv faoliyati: Davlat va xususiy muzeylar yoki arxivlarda muzeyshunos va arxivshunos sifatida manbashunoslik faoliyatini olib borish, mumtoz merosni ommalashtirishga doir turli tadbirlar o‘tkazish va rahbarlik qilish.
- Pedagogik faoliyati: Oliy ta’lim muassasalarida nazarda tutilgan soha fanlari (matnshunoslik, manbashunoslik, adabiyot tarixi, arab tili va h.k.) bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish.
- Konsalting faoliyati: Sharq va g‘arb tillari bo‘yicha tarjima ishlarini amalga oshirish, elektron video va audio mahsulotlarni, loyiha va adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish.
Kafedraning ilmiy salohiyati va o‘qituvchilari klassifikatsiyasi: Kafedraning ilmiy salohiyati 70%ni tashkil etadi. Kafedrada asosiy shtatda 30 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. O‘qituvchilarning ilmiy darajasi bo‘yicha klassifikatsiyasi quyidagicha: 3 nafar professor; 1 nafar fan doktori (DSc); 16 nafar fan nomzodi (PhD, shundan 10 dotsent, 6 dotsent v.b.); 10 nafar katta o‘qituvchi.
Kafedra mudiri: tarix fanlari doktori (DSc), professor Matibayeva Roziya Baltabayevna.
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi 2018-yilda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tarkibida “G‘arb tillari” kafedrasi nomi ostida tashkil etilgan. Kafedraning tarkibi o‘zgarishi munosabati bilan mazkur kafedra nomi 2024-yilning 6-sentabridan Akademiya kengashi qaroriga binoan “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi nomiga o‘zgartirilgan. O‘zbek, ingliz, rus va fors tillarida islomshunoslik hamda dinshunoslikka oid ilmiy manbalarni tarjima qilish, mamlakatlararo muloqot jarayoniga hissa qo‘shish, ilmiy-ma’naviy almashuv, ta’lim samaradorligini oshirish kafedra faoliyatining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatida 1ta professor, 10 nafar dotsentlar, f.f.f.d. (PhD), p.f.f.d. (Phd), 7 nafar katta oʻqituvchilar, 1 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqdalar.
Kafedra professor-oʻqituvchilari muntazam ravishda xorijda va respublikamizda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishadi. Hamkor tashkilotlar bilan davra suhbatlari va treninglar oʻtkazilmoqda. Shu kunga qadar kafedra aʼzolari tomonidan 18 ta monografiya, 350 dan ortiq OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, 2 ta oʻquv uslubiy va 74 ta oʻquv qoʻllanma, Scopus, Web of Science kabi xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda va xorijiy jurnallarda 350ga yaqin maqolalar chop etildi.
Shuningdek, Kafedrada talabalarning mutaxassislik boʻyicha bilimini yanada oshirish maqsadida toʻgaraklar tashkil etilgan. Ular:
• Road to IELTS;
• Debate club;
• Speaking club;
• Reading”;
• Развитие разговорной русской речи;
• Русский язык как второй язык специальности;
• Русский язык для начинающих и продолжающих;
• Fors tili to‘garaklari.
Kafedra mudiri: filologiya fanlari a falsafa doktori (PhD), dotsent Shamsematova Barno Rixsivayevna.