Kafedra API ID: 7
O'zbek va xorijiy tillar
API orqali
Professor-o'qituvchilar
Shamsematova Barno Rixsivayevna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent
Batafsil
Aripova Kamola Yusupovna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Djalalova Sayyora Mirxaydarovna
O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi O’zbtk va xorijiy tillar kafedrasi dots.v.b. p.f.b.f.d. PhD
Batafsil
Djumayeva Nargiz Irkinovna
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Batafsil
Lola Azimova Karimovna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Lutfullayeva Durdona Esonovna
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professori Filologiya fanlari doktori
Batafsil
Muminova Dilshoda Abduvahitovna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Nizamova Feruza Alimullayevna
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Filologiya fanlari nomzodi
Batafsil
Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Filologiya fanlari doktori (DSc)
Batafsil
Shirinova Feruza Atxamovna
Shirinova Feruza Atxamovna O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Shoaliyeva Nargiza Kaxramanovna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Filologiya fanlari nomzodi
Batafsil
Ulmasbayeva Malika Alisherovna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Xasanova Dilbar Karimdjanovna
Xasanova Dilbar Karimdjonovna O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Xodjakulova Feruza Rustamovna
Batafsil
Akbarova Shahnoza Xikmatullayevna
Batafsil
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi «O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasini tashkil etish to‘g‘risi»dagi Farmoniga binoan tashkil topgan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tarkibiga kiradi.
Kafedraning maqsad va vazifalari. Talabalar va bo‘lajak tadqiqotchi-magistrlarga xorijiy tillarni, ulardan samarali foydalanishni o‘rgatish, o‘z shogirdlarini Vatanga muhabbat, baynalminalchilik ruhida tarbiyalash ishiga hissa qo‘shishdan iborat.
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi «O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini tashkil etish to‘g‘risi»dagi Farmoniga binoan tashkil topgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tarkibiga kiradi.
Kafedraning maqsad va vazifalari. Talabalar va bo‘lajak tadqiqotchi-magistrlarga xorijiy tillarni o‘rgatish, ulardan samarali foydalanishni o‘rgatish, o‘z shogirdlarini Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishiga hissa qo‘shishdan iborat.
Kafedra tarkibi. Kafedra mudiri f.f.f.d B.R.Shamsematova, dotsentlar D.Muminova va Sh.Akbarovalar, p.f.f.d D.Xasanova va F.Shirinova, katta o‘qituvchilar K.Aripova, F.Xodjakulova, A.Abushayevlar, o‘qituvchilar A.Xafizov, stajyor-o‘qituvchi E.Melikovalar faoliyat olib bormoqdalar. Kabinet mudirasi S.Alimjonova kafedra faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Kafedra faoliyati va izlanishlar. Kafedra o‘qituvchilari akademiyaning barcha fakultetlari talabalariga ingliz tili fanidan dars beradilar. Mazkur tilda islomshunoslik va dinshunoslikka oid ilmiy manbalarni tarjima qilish, mamlakatlararo muloqot jarayoniga hissa qo‘shish, ilmiy-ma’naviy almashuv, ta’lim samaradorligini oshirish kafedra faoliyatining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda dotsentlar, f.f,f.d. (PhD), p.f.f.d. (Phd), katta oʻqituvchilar, o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedra tomonidan Akademiya boʻyicha “Xorijiy til”, “Sohaga oid akademik xorijiy til” fanlaridan amaliy mashgʻulotlari olib boriladi.
Kafedra professor-oʻqituvchilari muntazam ravishda xorijda va respublikamizda oʻtkazilayotgan ilmiy amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishmoqda. Hamkor tashkilotlar bilan davra suhbatlari va treninglar oʻtkazilmoqda. Shu kunga qadar kafedra aʼzolari tomonidan 5 ta monografiya, 120 dan ortiq OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda, 2 ta oʻquv uslubiy qoʻllanma, 30 ta oʻquv qoʻllanma, Scopus, Web of Science kabi xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda va xorijiy jurnallarda 150 ga yaqin maqolalar chop etildi
Kafedrada talabalarning mutaxassislik boʻyicha bilimini yanada oshirish maqsadida toʻgaraklar tashkil etilgan. Ular:
- Road to IELTS;
- Debate club;
- Speaking club;
- Reading”;
Kafedra quyidagi xalqaro OTM va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan:
- Buyuk Britaniyaning “Reading” universiteti;
- Shimoli-sharqiy Illinois universiteti;
- Ozarbayjondagi “Ozarbayjon pedagoglar uyushmasi”;
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasining asosiy vazifalari:
- davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori samarali o‘qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar yetishtirishni ta’minlash;
- mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi istiqbollari, jamiyat talablariga binoan fan, texnika, ilg‘or texnologiya, iqtisodiyot va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida kadrlar o‘qitishni tashkil qilish va uning uslublarini muntazam takomillashtirish;
- yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi va umuminsoniy qadriyatlarni bilish asosida, mustaqillik g‘oyalari, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
- ta’lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvining amaliy tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish;
- ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning ilmiy tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish;
- Chet tillari ta’limi sohasida yuksak rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish.