Kafedra API ID: 8
Din psixologiyasi va pedagogika
API orqali
Professor-o'qituvchilar
Nazarov Azamat Sottarovich
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nazarov Azamat Sottarovich
Batafsil
Akramov Mirmuxsin Rustamovich
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) Akramov Mirmuxsin Rustamovich
Batafsil
Alimov Xo'jageldi Mustafoyevoch
«Din psixologiysi va pedagogika» kafedrasi professori v.b., psixologiya fanlari doktori (DSс).
Batafsil
Farfiyev Baxromjon Athamjonovich
«Din psixologiysi va pedagogika» kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari doktori (DSс).
Batafsil
Fuzailova Gavhar Siddikovna
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti тarix fanlari nomzodi Fuzailova Govxar Siddikovna
Batafsil
G‘aipnazarov Rahmatilla Rahimbayevich
Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori
Batafsil
Gayibova Nargiza Anorbayevna
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G‘ayibova Nargiza Anorbayevna
Batafsil
Jo'rayeva Nargiza Jamoldinovna
Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti Pedagogika fanlari doktori (DSc) Jo‘rayeva Nargiza Jamolidinovna
Batafsil
Kasimova Zebo Xamidovna
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari nomzodi, professor
Batafsil
Mirqosimova Marguba Mirqobilovna
Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professori pedagogika fanlari doktori
Batafsil
Nasibullov Kamil Isxakovich
И.о. доцента кафедры “Психология религии и педагогика” Кандидат психологических наук
Batafsil
Nasimdjanova Maxsuma Madjidovna
Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti Psixologiya fanlari boʿyicha falsafa doktori
Batafsil
Pulatov Javdat Abdujabbarovich
Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori
Batafsil
Rasulova Feruza Fayzullayevna
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rasulova Feruza Fayzullayvna
Batafsil
Rasulova Nilufar Tulkunovna
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Batafsil
Saparov Murod Yuldashevich
Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)
Batafsil
Sodiqova Shoxida Marhaboyevna
«Din psixologiysi va pedagogika» kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari doktori (DSс).
Batafsil“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tarkibiga kirib, 60310900 – Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy bakalavr va 70310901 – Psixologiya (Din psixologiyasi), 19.00.07 - Din psixologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha doktarantlar tayyorlanmoqda.
Kafedrada 20 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Jumladan, 6 nafar fan doktori, 13 nafar fan nomzodi yoki PhD, 1 nafar o‘qituvchi talaba va magistrlarga ta’lim berib kelishmoqda.
Kafedraning ilmiy salohiyati 95 % ni tashkil etadi.
O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tarixi
Hozirgi kunda akademiyaning Mumtoz Sharq filologiyasi fakulteti tarkibidagi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi 2005 yildan Islom universiteti “Islom tarixi va iqtisodiyoti”fakultetining “Falsafa” kafedrasi tarkibida faoliyatini boshlagan. 2008 yildan 2014 yilgacha “Falsafiy fanlar va psixologiya” kafedrasi deb nomlangan va bu jamoani falsafa fanlari nomzodi B.Valiyev boshqargan. Kafedraning tashkiliy masalalari: me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish, o’quv reja, o’quv dasturlarini yaratish, yetuk mutaxassislarni kafedraga jalb qilish kabilar xal qilingan. Bu davrda kafedrada prof. B.Qodirov, psixologiya fanlari nomzodi, dotsentlar F.Akramova, M.Mamatov T. Norimbetov, L. Tursunov ; o’qituvchilardan M.Saparov, L.Toirova, Y.Do’sjanova psixologiya fanlaridan dars berishgan. Keyingi yillarda (2015-2018 y.) kafedrani M.Saparov, dots. T.Norimbetov, p.f.d. Z.Rasulova boshqarganlar. Kafedraga malakali mutaxassislarni jalb qilish, ta’lim jarayoni sifatini o’shirish borasida psixologiya fanlari doktori Ziyoda Rasulova (2017-2018 y) samarali mehnat qildi. Kafedraga “Din psixologiyasi va pedagogika” nomi berildi. Fan doktorlari, professorlar G’. Shoumarov, E.G’oziyev, V.Karimova o’rindoshlik asosida hamda pedagogika fanlari doktori, professor M.Mirqosimova bilan p.f.d. P. Ergashev (asosiy shtatda) dars berdilar va ta’lim sifatini oshirishda, kafedrani respublika miqyosida tanilishiga hissa qo’shdilar. Shu yillarda tashkil qilingan Magistratura yo’nalishi “Malaka talablari”bilan “O’quv dasturlari” ayni yetuk mutaxassislar tomonidan yaratildi. Kafedra ilk marotaba Respublika miqyosida ilmiy amaliy konferensiya tashkil etdi va o’tkazdi. Konferensiyaning ilmiy maqolalar to’plami nashr qilindi. Universitet miqyosida Psixologiya va Pedagogika fanlarini zamonaviy talablar asosida o’qitish masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Qator darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratildi.
2018-2020 yillarda “Din psixologiyasi va Pedagogika”kafedrasi mudiri sifatida ishlagan prof. M.Mirqosimova kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishga, ilmiy tadqiqot ishlari miqyosini kengaytirishga, ta’lim sifatini oshirishga, hamkorlik shartnomalari asosida malakaviy va pedagogik amaliyotlarni samarali tashkil etish va bitiruvchilarni hamkor tashkilotlarga ishga joylashuvini tashkil qilishga jiddiy e’tibor qaratdi. Kafedraga prof. Z.Kasimova, dots. N.G’oyibova, dots. F.Rasulova, dots. M.Rustamov, dots.v.b. A.Nazarov kabi kreativ yosh olimlar taklif qilindi.Ular bugungi kunda fan doktorlari, professor, falsafa doktorlari sifatida respublikadagi taniqli olimlardir. Kafedraning bunday salohiyatli olimlari tomonidan har yili o’quv rejasidagi asosiy mutaxassislik fanlaridan darsliklari, o’quv qo’llanmalar, O’UM va monografiyalar yaratilmoqda. Kafedra tomonidan an’anaga aylangan “Din psixologiyasining dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya muntazam o’tkazib kelinmoqda. Kafedra reja asosida o’tkaziladigan attestatsiya jarayonlaridan muvaffaqiyatli o’tib, salohiyatli kafedra sifatida e’tirof etib kelinmoqda.
Kafedraning xalqaro hamkorlik asosidagi faoliyatini yuksaltirishga, magistratura va doktorantura yo’nalishlarining tashkiliy ,o’quv-uslubiy ta’minotini yaratishda, pedagogika va psixologiya fanlarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida o’qitish sifatini oshirishda, ta’limga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, innovatsion ta’lim shakllaridan foydalanib, binar va sayyor darslar, mahorat darslari va interfaol o’quv treninglari tashkil qilish masalalariga kafedraning 2020 yil oktyabridan hozirgi kunga qadar mudir vazifasida ishlayotgan prof. Z.Qosimova jiddiy e’tibor qaratdi. Keyingi yillarda kafedra faoliyati quyidagi yo’nalishlarda yanada rivojlandi.
KAFEDRANING TA’LIM SIFATINI OShIRISh BO‘YIChA AMALGA OShIRGAN ISHLARI
Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv mashg‘ulotlarini interfaol metodlar asosida tashkil etdilar. Har bir pedagog o‘zining fani xususiyatidan kelib chiqib, psixologik trening va enerjayzerlar asosida darslarni tashkil etdi.
- psixologiya va pedagogika fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining elektron nusxalari disk ko‘rinishida akademiya ARMiga topshirildi;
- Nizomiy nomidagi ARM rahbari bilan kelishib, undan psixologiya va pedagogika fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining elektron nusxalari olindi;
- Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali bilan o‘zaro kelishilib, u yerdagi axborot resurs markazining elektron bazasidan O‘zXIA talabalarining foydalanishlari hamda tegishli adabiyotlardan elektron nusxa olishlariga ruxsat olindi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan O‘UMlar mazmun jihatdan yanada takomillashtirildi, fan va ishchi dasturlar yangi talablar asosida qayta ishlab chiqildi. O‘zaro darsga kirish va kafedra mudiri tomonidan 12 nafar professor-o‘qituvchilarning darslari nazorat qilindi. Akademiya miqyosida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tashkil qilingan seminar mashg‘ulotlarida barcha kafedra o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Dars qoldirgan talabalar bilan muntazam ish olib borilib,ularning yetkazuv ishlari kafedrada qayd etib borildi. BMI, MD ni shakllantirish bo‘yicha ilmiy rahbarlar muntazam ish olib bordilar.
2023-2024 o‘quv yilida kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida ochiq darslar o‘tkazildi. Ochiq darslarni kuzatishda kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar va ochiq darslar tahlilini amalga oshirdilar. Dars tahlillari va ochiq darslarni kuzatish asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslar zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar vositasida yuqori mahorat bilan o‘tilgan. Yosh pedagog kadrlar tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslardagi ayrim kamchiliklar bo‘yicha kafedraning yetakchi professor va dotsentlari tomonidan tavsiyalar berilgan va kamchiliklar hozirda bartaraf etilgan.
KAFEDRANING O‘QUV VA ILMIY SEMINARLARI
2023-2024 o‘quv yili uchun tuzilgan kafedra yillik ish rejasiga muvofiq hisobot davrida uch yo ‘nalish bo‘yicha o‘quv va ilmiy seminarlar o‘tkazib kelindi:
- kafedrada doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilar ilmiy-nazariy seminari;
- kafedra va akademiya hamkorlik o‘rnatgan tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida hamda talabalar talab-takliflariga ko‘ra davriy o‘tkaziladigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv seminarlari;
- kafedrada psixologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlar murojaatiga ko‘ra dissertatsiya ishlarini etakchi tashkilotda muhokama etish uchun tashkil etiladigan ilmiy seminarlar.
KAFEDRANING O‘QUV-USLUBIY IShLARI
Hisobot davrida kafedra tomonidan o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha quyidagi vazifalar bajarildi:
- 2022-2023 va 2023-2024 o‘quv yilllari uchun kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha namunaviy fan dasturlari tayyorlandi va amaliyotga joriy qilindi;
- 2022-2023 va 2023-2024 o‘quv yilllari uchun kafedrada o‘qitiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi fanlaridan ishchi o‘quv dasturlari tayyorlandi;
- 2022-2023 va 2023-2024 o‘quv yilllari kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalariga belgilangan darslik, o‘quv qo‘llanma hamda monografiyalar yaratildi;
- 2022-2023 va 2023-2024 o‘quv yilllarida belgilangan ochiq darslar va binar darslar o‘z vaqtida va talab darajasida o‘tkazildi
- bakalavr “Psixologiya (Din sosiopsixologiyasi)” yo‘nalishi, magistratura “Psixologiya (Din psixologiyasi)” mutaxassisligi uchun ilmiy pedagogik va malakaviy amaliyot dasturlari yaratildi.
KAFEDRANING XALQARO SOHADA AMALGA OShIRGAN IShLARI
1. “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti G.Fuzailova 2023-yil 11-13-may kunlari Qozog‘iston Respublikasi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti Teologiya va Filologiya fakultetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi.
Kafedra dotsenti, tarix fanlari nomzodi G.S.Fuzailova “Современные тенденции развития высшего образования” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bugungi kunda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi ishlar, erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib, akademiyaning imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
2.“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari doktori, professor Sh.M.Sodiqova 2023-yil 19-23-sentabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida “Katta Yevroosiyodagi analitik ko‘prik: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va gumanitar muammolar” mavzusidagi xalqaro analitik konferensiyada “Zamonaviy sotsiologiyaning dolzarb masalalari” nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.
3. Kafedra professori, pedagogika fanlari doktori, Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna tomonidan “Artistic pedagogy” nomli xalqaro monografiya chop etildi.
4. Joriy yilning 6 dekabr O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi hamda L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti “Psixologiya”, “Dinshunoslik” kafedralari olimlari o‘rtasidagi “Psixologiya va din: zamonaviy qarashlar va chaqiriqlar” mavzusida onlayn master klass tashkil etildi. Mazkur tadbirda Yevroosiyo milliy universitetining “Dinshunoslik” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Yu.V.Shapoval va “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi A.S.Nuratdinov ma’ruza bilan ishtirok etdilar. Ikki tomondan mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, magistrantlar va talabalar faol qatnashdilar. Tadbirda Din psixologiyasi bo‘yicha bugungi kunning dolzarb masalalari to‘g‘risida dolzarb masalalar ko‘tarildi. Yu.V.Shapoval psixologik tadqiqotlarda bir qancha metodologik tamoyillarning (tarmoqlararolik, ilmiylik, tizimlilik va h.k. tamoyillar) inobatga olinishi zarurligi to‘g‘risida fikrlar bildirdi. Muammolardan biri psixologlarda diniy bilimlar va kompetentlikning yetishmasligi, dinshunoslarda esa psixologik bilimlarning yetishmasligi qator muammolarni keltirib chiqarayotganligini ta’kidladi. Ma’ruzachi din psixologiyasidagi muammolarni hal etishda xalqaro tajribalardan foydalanish lozimligi, din psixologiyasini tushunishda turli xil modellarning mavjudligi, din psixologlar mutaxassislarining kompetensiyalarini ishlab chiqish muhimligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi A.S.Nuradinov din psixologiyasining Qozog‘istondagi rivojlanishining o‘ziga xosligi, bu yo‘nalishdagi mavjud muammolar, din psixologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda talab etiladigan kompetensiyalar to‘g‘risida mahruza qildi. U diniydorlikning psixologik diagnostikasi yo‘nalishida kuzatilayotgan muammolarni hal etishda aqiydaga, ya’ni diniy dunyoqarashning muhimligiga e’tiborni qaratdi. Shuningdek psixodiagnostika tadbirlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi lozimligini ta’kidladi.
Tadbirning yakunida savol-javoblar bilan fikr almashildi. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tomonidan professor Z.Kasimova dotsentlar psixologiya fanlari doktori X.Alimov, sotsiologiya fanlari doktori B.Farfiev, psixologiya fanlari nomzodlari Sh.Dusmuxamedova, K.I.Nasibullovlar tomonidan fikrlar bildirildi. Shuningdek, magistrantlar tomonidan savollar berildi hamda batafsil javoblar olindi.
KAFEDRANING ILMIY SOHADA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI
2023-2024 o‘quv yili uchun tuzilgan kafedra yillik ish rejasiga muvofiq hisobot davrida ilmiy sohada amalga oshirilgan salmoqli ishlar quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tarixida ilk bor oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim uzluksizligini ta’minlash, din psixologiyasi sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun mazkur yo‘nalish bo‘yicha tayanch doktoranturaga qabul qilingan 2 nafar doktorant psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lishdi.
- Kafedra professor-o‘qituvchilari respublika va xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan ilmiy- amaliy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqdalar Shuningdek, 20.05.2023 da kafedra tomonidan “O‘zbekistonda din psixologiyasining ilmiy-nazariy va amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi online tarzda o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada qator xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etishdi va DIQ ga ekspertiza uchun topshirildi.
- Kafedra asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilaridan 4 nafar o‘qituvchi o‘z dissertatsion tadqiqot ishlarini yakunladi. Xususan, A.Nazarov psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), M.Akramov psixologiya fanlari doktori (DSc), G.Ganiyeva pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), X.Alimov psixologiya fanlari doktori (DSc) va N.Rasulova psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishdi.
- Kafedraning 3 nafara katta o‘qituvchisi dotsent ilmiy unovinga ega bo‘lishdi: psixol.f.d. M.Akramov, psixol.fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) F.Rasulova, psixol.fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N.G‘ayibova.
KAFEDRANING ERIShGAN NATIJALARI
2023 yilda Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan 2 ta, ya’ni 1 ta DSc fan doktori va bitta PhD falsafa doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoyasi, 2 nafar tayanch doktorant PhD falsafa doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoyasi, 3 nafar professor-o‘qituvchilar dotsent ilmiy unvonini olishga sazovor bo‘ldi. Kafedra dotsenti M.Akramov “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi. Kafedra professori Sh.Sodiqova akademik unvoni uchun tavsiya etildi. Kafedraga xorijlik mutaxassis ishga qabul qilindi (psixologiya fanlari nomzodi Nasibullov Kamil Isxakovich).
Kafedra professor-o‘qituvchilarining monografiyalari top-1000 talik universitetlar olimlari bilan hamkorlikda nashr etilmoqda.