O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida abituriyentlardan DASTLABKI IMTIHON uchun hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi

DASTLABKI IMTIHON uchun 2023/2024-o‘quv yili “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabgor abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni joriy yil 10-iyundan boshlanganini ma’lum qilamiz.Ma’lumot uchun: DASTLABKI IMTIHON o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi 358-son qarori asosida belgilangan.Ro‘yxatga olish Akademiyaning DASTLABKI IMTIHON uchun hujjatlarni qabul qilish platformasi admission.iiau.uz da amalga oshiriladi.

Yangiliklar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida abituriyentlardan DASTLABKI IMTIHON uchun hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi

DASTLABKI IMTIHON uchun 2023/2024-o‘quv yili “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabgor abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni joriy yil 10-iyundan boshlanganini ma’lum qilamiz.

Ma’lumot uchun: DASTLABKI IMTIHON o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi 358-son qarori asosida belgilangan.

Ro‘yxatga olish Akademiyaning DASTLABKI IMTIHON uchun hujjatlarni qabul qilish platformasi admission.iiau.uz da amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, Akademiyada abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkorlik bilan javob berish maqsadida “Call-markaz” faoliyati ishga tushirilgan. 

Murojaatlar uchun:

(71) 207-18-78

Fuqarolar “Call-markaz” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

“Call-markaz” faoliyati dushanba-shanba kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha davom etadi. (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha).

Qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumot olish uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Ko'rinish