O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish Yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘quvchilar uchun to‘garaklar va sport musobaqalari tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Shayxontohur tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari uchun “Yoshlar – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.Mazkur bellashuvlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘quvchilar uchun to‘garaklar va sport musobaqalari tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Shayxontohur tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari uchun “Yoshlar – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur bellashuvlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi. 

Jumladan, Akademiya professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan maktab o‘quvchilari bilan foydali suhbatlar, ma’naviyat darslari hamda turli to‘garaklar tashkil etilmoqda. Bu to‘garaklarda bolalar ma’naviy-ma’rifiy, yuksak axloq, oilaviy qadriyatlar, sog‘lom hayot tarzi kabi mavzularda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, yoshlarni jismonan chiniqtirish maqsadida futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka va kibersport kabi musobaqalar ham o‘tkazilib, g‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanmoqda. 

Mazkur tadbirlar orqali o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashi yanada boyib, vatanparvarlik va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabati mustahkamlandi.

Ko'rinish