Akademiyada “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi
Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.Xususan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham loyiha doirasida taniqli ijodkorlar – Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” ordeni sohibi, professor, taniqli shoira Sayyora To‘ychiyeva hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Axtamqul Karimov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.Davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev kirish so‘z

