Oʻzbekiston diplomatiyasi, mintaqaviy hamkorlik va maʼrifiy diplomatiya
Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yillik tarixi mamlakat tashqi siyosatining shakllanishi, takomillashishi va yangi mazmun bilan boyib borishi jarayoni bilan uzviy bogʻliqdir. Bu davrda milliy suverenitetni mustahkamlash, xalqaro hamjamiyatda munosib oʻrin egallash, milliy manfaatlarni ishonchli himoya qilish bilan bir qatorda, xavfsizlikni taʼminlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish va mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasida salmoqli tajriba toʻplandi.Ayniqsa, soʻnggi yillarda tashqi siyosatimizda ochiqlik, pragmatizm va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillarining ustuvor ahamiyat kasb etishi Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamladi. Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik muhitini shakllantirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amal