Akademiyaning xalqaro aloqalari yanada rivojlanmoqda
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyaning Yaqin Sharq universiteti Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha koordinatori va Rumiy tadqiqot markazi rahbari, professor Gʻadir Golkarian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Zokirjon Roʻziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev va “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi Nargiza Shoaliyeva ishtirok etdilar.Muloqotda prorektor Zohidjon Islomov Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, hamkor xorijiy taʼlim muassasalar hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.O‘z navbatida Gʻadir Golkarian samimiy qabul uchun Akademiya rahbariyatiga minnatdorlik bil