Xorijlik professor ishtirokida binar dars o‘tkazildi
Bugun Rossiya markaziy musulmonlari diniy idorasi Bosh kotibi, islom ilmlari olimi, iroqlik Shayx Abdurazzoq as-Sa’diy ishtirokida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida binar dars o‘tkazildi.“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan binar darsi “Zamonaviy fiqhiy masalalar” fanidan o‘tkazildi.Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Ilhom Bekmirzayev tashrif buyurgan mehmonlarni qutlab, binar darsni ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng Shayx Abdurazzoq as-Sa’diy Akademiya dotsenti Mirodil Xaydarov bilan hamkorlikda “Zamonaviy fiqhiy masalalar” fani doirasida ma’ruza qildilar. Ma’ruzalar o‘zbek va arab tillarida olib borildi. Unda fatvo va muftiy, fatvo berish mas’uliyati, soxta fatvolarni ajarata olish, fiqhiy mazhablar va ularga ergashish, zamonaviy fatvo markazlarining jamiyat va davlat boshqaruviga moslashuvi va ular oldida turgan