BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya rahbariyati hamda BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) loyihalar menejeri Sarvar Tursunov, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha mintaqaviy boshqarmasi (UNODC) Yoshlar bilan ishlash boʻyicha loyiha menejeri Gulnar Kudaybergenova hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha mintaqaviy boshqarmasi (UNODC) loyihalarni boshqarish boʻyicha menejeri Azizxon Bahodirov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, prorektorlar – Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdilar.Muloqotda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Samimiy o