Ozarbayjonlik xalqaro kuzatuvchi Akademiyada mehmon bo‘ldi
Saylov - 2021Bugun 24-oktabr mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu siyosiy tadbir nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham katta siyosiy voqea hisoblanadi. Shu bois mazkur saylov jarayonlarining namunali tashkil etilishi va o‘tkazilishini xorijiy davlatlardan kelgan xalqaro kuzatuvchilar ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xususan, ayni paytda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, “Ozarbayjon-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi a’zosi Javanshir Pashazade O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi.Mehmonni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov samimiy kutib oldi. Dastlab xalqaro kuzatuvchiga “Manbalar xazinasi” bo‘limida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar, toshbos
