Akademiyaga Eronning Dinlar va mazhablar universiteti rektori tashrif buyurdi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Eron Islom Respublikasi Din va mazhablar universiteti rektori Sayyid Abulhasan Navvob va Toshkentdagi Eron Islom Respublikasi Elchixonasi Madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi Amir Said Karami tashrif buyurdi.Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, rektor maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov va Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdilar.Dastlab mehmonga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.Akademiya rektori so‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosati sababli dunyoning barcha mamla