Akademiyada “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining tashkil etilishi” mavzusida tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi o‘quv yili munosabati bilan 1-bosqich bakalavriat va magistratura talabalari ishtirokida “Birinchi kurs maktabi”, “Mustaqillik darslari” hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlardan biri islom ma’rifati va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Muftiy Boboxonovlar sulolasining merosini o‘rganish va yoshlar orasida keng targ‘ib etish mavzusiga bag‘ishlandi.Tadbirda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yetakchi ilmiy xodimi Shayx Abdulaziz Mansur, Muftiy Boboxonovlar jamg‘armasi direktori maslahatchisi Amirsaidxon Usmonxo‘jayev, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un Gʻofurov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matulla Muxamedov, kafedra professori Saidakbar Agzamxodjayev,