O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish Yangiliklar

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Maxsudov Davronbek Rustamovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yangiliklar

Maxsudov Davronbek Rustamovich 2004-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, 2012-2018-yillarda Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura bo‘limi boshligi, “Islomshunoslik” kafedrasi mudiri, 2018-2020-yillarda esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasi mudiri sifatida ishlagan.

Hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Ko'rinish