O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Islom dinida tinchlik va hamjihatlik masalasining yoritilishi
Maqola

Islom dinida tinchlik va hamjihatlik masalasining yoritilishi

Islom dini tinchlik va hamjihatlikni jamiyat barqarorligi hamda taraqqiyotining asosiy qadriyatlaridan biri sifatida qarab, insonlar o‘rtasida totuvlikni mustahkamlashga katta ahamiyat beradi. Qur’on va hadislar insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, tinch-totuv hayot kechirish, nizolarni adolatli va tinch yo‘llar bilan hal etish kabi masalalarga keng o‘rin bergan. Islom ta’limoti insonlar o‘rtasida rahm-shafqat, adolat va yaratuvchanlik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan. Tinchlik – jamiyat va shaxslar uchun osoyishtalik va xavfsizlik manbayi bo‘lib, o‘zaro ishonch va totuvlik muhiti hukm surgan jamiyatlar barqaror va farovon hayot kechirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tinchlik tushunchasi barcha xalqlarning birdamligi va o‘zaro totuvligini ifodalovchi keng qamrovli mafkuraviy va ijtimoiy fenomen bo‘lib, u hamjihatlik, ahillik va bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangan muhitni anglatadi.

Batafsil
Zahiriddin Muhammad Boburning lingvistik merosi
Maqola

Zahiriddin Muhammad Boburning lingvistik merosi

Zahiriddin Muhammad Boburning lingvistik qarashlari asarlarida, xususan, uning mashhur “Boburnoma” hamda she’riyatida yaqqol aks etgan. Bobur o‘z asarida yetuk tilshunos sifatida o‘zbek tilshunoslik ilmining rivojiga hissa qo‘shgan deya olamiz. Sarkarda, shoh va shoir Boburning o‘z tilini chuqur sevganini ko‘plab misollarda ko‘rishimiz mumkin. Sababi asar eski o‘zbek tilida yozilgan va unda davr hodisalari, shaxsiy kechinmalar, tarixiy va geografik ma’lumotlar ona tilida sodda va aniq bayon qilingan. Bu uning ona tilini rivojlantirish va xalq uchun tushunarli qilish istagining kuchkikigidan dalolat beradi. Misol:“Andijon shahrining havosi so‘vuq, suvi tiniq va totli. Bog-‘u rog‘lari bisyor. Har nav mevalar bo‘lur. Xususan, uzum va anjiri yaxshi bo‘lur...”.Ushbu parchadan ko‘rinib turibdiki, Bobur xalq tili uchun o‘ziga xos, tushunarli va tabiiy uslubni tanlagan. Uning maqsadi ona tilini

Batafsil
Imom Moturidiy qarashlarida imon va kufr masalalarining asl talqini
Maqola

Imom Moturidiy qarashlarida imon va kufr masalalarining asl talqini

Tarix va hozirgi kun diniy tafriqachilik, aqidaparastlik va mutaassiblikning insoniyat, xususan, islom dunyosi qarshisida turgan eng katta muammolardan biri ekanini ko‘rsatmoqda. U sabab yuz bergan kelishmovchiliklardan tortib, to qonli urushlargacha bo‘lgan jarayonlar islom hamjamiyatiga cheksiz kulfatlar keltirgan. Afsuski, bu jarayon hali-hanuz davom etmoqda. Ayniqsa, fikrlar almashinuvi kuchaygan globallashuv davrida bu muammo har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb qilmoqda. Bugun bir paytlar vujudga kelgan xorijiylik, mo‘taziliylik, qadariya, jabariya, jahmiylik va qarmatiylik kabi islom olamida ko‘plab fitnalarga sabab bo‘lgan firqalar tarixga aylandi. Ularning o‘rnini soxta salafiylik, hizbut-tahrir va jihodchilar kabi yangi nomlar egalladi. Bu firqalar bilan tarixda o‘tgan adashgan oqimlarning kelib chiqish sabablari va e’tiqodlari o‘zaro qiyoslansa, ko‘plab umumiy jihatlarni

Batafsil
Bobur Mirzoning ibratli hayoti va ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati
Maqola

Bobur Mirzoning ibratli hayoti va ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati

Buyuk ma’rifatparvar olim Abdulla Qodiriy aytganidek, “Moziyga qarab ish ko‘rmoq xayrlidir”. Zotan, biz bugun yurtmizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga harakat qilar ekanmiz, bu yo‘lda, avvalo, tarixda o‘tgan buyuk allomalarimizning ilmiy merosini chuqur o‘rganmog‘imiz darkor. Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi va sarkarda, balki betakror iste’dod sohibi – shoir, adib va olim sifatida ham o‘zbek va jahon madaniyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan. Uning hayot yo‘li va ilmiy merosi bugungi kunda yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol shaxslar qilib tarbiyalashda o‘rnak va ilhom manbayi bo‘lib xizmat qiladi.Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Ax

Batafsil
Alishеr Navoiyning forsiy qasidalari
Maqola

Alishеr Navoiyning forsiy qasidalari

Alisher Navoiy zabardast zullisonayn shoirdir. Forsiy til Navoiyning ikkinchi ona tilidek edi. Adibning forsiy tilidagi badiiy ijodi uning “Devoni Foniy” lirik to‘plamida jamlangan. “Devoni Foniy”ning yetakchi janri g‘azaldir. Navoiyning forsiyda ijod qilishidan maqsad, o‘z ona tilini ko‘kka ko‘tarar ekan, uning raqiblari forsiy tilini bilmaslikda ayblamasliklari edi. Shuning uchun u forsiyda boshqa janrlar qatori qasida janrida ham muvaffaqiyat bilan ijod qildi.“Fusuli araba” to‘plamida tabiatning to‘rt fasli – bahor, yoz, kuz va qish tasvirlanadi. Bu qasidalar Sulton Husayn Boyqaro madhiga bag‘ishlangan. Shoir to‘rt fasl xususiyatini juda yorqin bo‘yoqlar bilan vasf etadi. “Bahor” qasidasi 57 bayt, “Saraton” (“Yoz”) qasidasi 71, “Xazon” (“Kuz”) qasidasi 33 baytdan iborat. Unda kuzning yorqin badiiy lavhalari, oltin manzaralari kuylanadi. “Day” (“Qish”) qasidasida qish yuksak va nodir o

Batafsil
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”ida bir olam hayrat
Maqola

Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”ida bir olam hayrat

Alisher Navoiy asarlari ma’rifat, poklik, ezgulik chashmasi bo‘lib, inson ruhiy olamining ma’naviy yuksalishida xizmat qilib kelmoqda. Besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki, buyuk shoir ijodi ulkan mazmun-mohiyat kasb etib, hali hanuz katta qiziqish va chuqur falsafiy mushohadar asosida tadqiq etilmoqda, o‘rganilmoqda. Bundan Navoiy dahosiga chuqur kirib borish va mohiyatini anglash imkoni naqadar teran ekanini ko‘rish mumkin. O‘z zamonida qalamga olgan va keng tarannum etgan axloqiy masalalar bugungi davr uchun dolzarblik, ahamiyatlilik kasb etmoqda. Ayniqsa, asarlarida ilgari surilgan adolat, saxiylik, qanoat, vafo, kamtarlik, hayo, adab, rostlik kabi axloqiy tushunchalar va ularga qarama-qarshi riyo, kibr kabi illatlarning badiiy ifodasi orqali buyuk ijodkorning falsafiy mushohadasi, tafakkur olami naqadar yuksakligini bilishimiz mumkin.Bu kabi tushunchalar inson olamidan jamiyat, ijtimoiy

Batafsil
Alisher Navoiyning “Devoni Foniy”dagi irfonni anglash
Maqola

Alisher Navoiyning “Devoni Foniy”dagi irfonni anglash

XV asrning musulmon olamida atoqli, mashhur shoiri va mutafakkiri Mir Alisher Navoiyning irfoniy qarashlari, tasavvuf ilmiga va adabiyotiga koʻplab murojaat qilganligidan asarlari guvohlik beradi. Soʻfiylar va tasavvuf ta’limoti islom dunyosida azaldan muhim oʻrin tutib kelgan. Bu ta’limotlar odamlarning idroki va botiniga ta’sir koʻrsatib, oʻzlikni anglash, nafs va irodani sayqallash va ruhan yuksalish natijasida insonparvarlik, bagʻrikenglik xatti-harakatlarining asosiga xizmat qilgan. Soʻfiy shoirlar, mutafakkirlar hamda tasaffuv adabiyoti namoyandalari tasavvufiy ta’limotlarning gʻoyalarini taqdim etish orqali odamlarning tafakkuri va ijtimoiy faollik darajasini yuksaltirishga, insonning ma’rifati va ma’naviyati boyitishga harakat qilganlar. Alisher Navoiy o‘zining davridayoq koʻzga koʻringan musulmon shoir bolib, uning dunyoqarashi bilan tanishish, soʻfiylar ta’limotini oʻta puxta v

Batafsil
Alisher Navoiy – insoniylik ramzi
Maqola

Alisher Navoiy – insoniylik ramzi

Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyuk shoiri va qomusiy mutafakkiri bo‘lib, uning nomi dunyoning eng mashhur shoirlari qatorida tilga olinadi. Navoiy butun ijodiy faoliyatini ilm-ma’rifatga, davlat arbobi sifatida esa xalqning osoyishtaligi, obodonchilik ishlari, san’at hamda adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishlagan. U zot nafaqat mutafakkir shoir va davlat arbobi, balki o‘z davrining eng badavlat saxovatpeshasi ham bo‘lgan. Temuriylar sulolasiga xizmat qilib, Sabzavor shahriga hokim bo‘lgan G‘iyosiddinning o‘rtancha o‘g‘li Alisher otasining vafotidan so‘ng meros sifatida o‘ziga tegishli sarmoyani omilkorlik bilan ishlatib, qisqa fursat ichida boyib ketdi. U tadbirkorlik yo‘nalishini, asosan, bog‘-rog‘lar yaratish, undan keladigan daromadga esa madaniy-ma’rifiy inshootlar barpo etishga qaratdi. Ya’ni qarovsiz joylarni chamanzorga aylantirib, obod manzil barpo qildi, ulardan keladigan mablag‘n

Batafsil
Tinchlikning muhim sharti
Maqola

Tinchlikning muhim sharti

MunosabatGiyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash bugungi kunda dunyo miqyosida dolzarb muammolardan biridir. O‘zbekiston rahbariyati ushbu sohada samarali va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishni maqsad qilib, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish yuzasidan 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan maxsus milliy dasturni ishlab chiqdi. Giyohvandlikning oldini olishda ma’rifiy faoliyatni samarali tashkil qilish muhim hisoblanadi. Bunda ommaviy axborot vositalari, ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining faol hamkorligi dolzarb hisoblanadi. Profilaktika tadbirlarida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish alohida ahamiyatga ega. Maktab va oliy ta’lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi maxsus o‘quv dasturlari joriy etish, o‘qituvchilar va tarbiyachilarni mazkur sohada tayyorlash masalalari muhim sanaladi. Bundan tashqari, axborot texnolo

Batafsil
Ma’rifatparvar merosida yashiringan mohiyat
Maqola

Ma’rifatparvar merosida yashiringan mohiyat

Mahmudxo‘ja Behbudiy nomini eshitganimizda odatda “ma’rifatparvar”, “jadid”, “vatanparvar” degan tushunchalar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Ammo ushbu tushunchalar ostida eng muhim narsa – Behbudiyning ijod va hayot yo‘lida yashiringan “liderlik kodi” nazardan chetda qolib ketadi. Agar mazkur kod aniqlansa, u mamlakatimiz oldida turgan ko‘plab zamonaviy muammolar yechimining kalitiga aylanishi ehtimoldan xoli emas.Behbudiyni faqatgina tarixiy shaxs sifatida ardoqlashga ko‘nikib qolganmiz, lekin uning g‘oyalari bugungi kun uchun naqadar dolzarb ekanligi haqida kam bosh qotiramiz. Nega uning ta’lim-tarbiya, birdamlik va fidoyilikka oid da’vatlari hamon zamonaviy ahamiyat kasb etmoqda? Ushbu da’vatlarning odamlar ongi va qalbiga ta’sirining siri nimada? Har holda o‘zimiz va kelajak avlod uchun qanday saboqlar chiqarishimiz zarurligini anglash uchun Behbudiyning merosiga yangicha nazar bi

Batafsil
Mutafakkir ijodida davlat boshqaruvi va rahbarlik mas’uliyati
Maqola

Mutafakkir ijodida davlat boshqaruvi va rahbarlik mas’uliyati

9-fevral – Alisher Navoiy tavalludi kuni “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishga kirishilgan bir paytda Alisher Navoiy merosini o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi. Zero, o‘zbek xalqi adabiyoti va madaniyatini o‘rganish Navoiydan boshlanadi. Ulug‘ shoirimiz hayotlik davridayoq Xitoydan to Xurosongacha bo‘lgan hududda shuhrat qozongan edi. Zamondoshlari va keyingi davr ijodkorlari Hazrat Navoiyning ulkan merosidan katta ilhom olgan. Buyuk mutafakkir “Lison ut-tayr” (“Qush tili”) dostonini 1499-yili yozib bitirdi. Bir paytning o‘zida hokimiyat vakili sifatida xalq bilan, odamlar dardi bilan yashashda ularning orzu-umidlari bayon etilgan ertaklar, dostonlar, matallarni bilishi qo‘l kelgan. Hayotiy tajribasidan kelib chiqib, xalq va hokimiyat birligini mukammal tarzda ko‘rish choralarini izlagan. Asa

Batafsil
Kelajak yoshlar qo‘lida. Yoshlar-chi?..
Maqola

Kelajak yoshlar qo‘lida. Yoshlar-chi?..

Ommaviy axborot vositalaridagi axborot oqimida tez-tez ko‘zga tashlanayotgan salbiy qarashlar, xudbin o‘y-fikrlar, ijtimoiy muhitda uchrayotgan ayrim muammolar xususidagi bo‘rttirishlar urchigandan-urchib borayotgan bir pallada bu savol o‘ta keskin tuyular, ehtimol. Ammo xulosa chiqarishga shoshilmay, mavjud manzaraga xolis ko‘z bilan qarab, bir qancha savollarga javob izlab ko‘rish lozim. Aminmizki, shu yurt uchun befarq bo‘lmagan, o‘z xalqining taqdiri uchun eng avvalo, o‘zini mas’ul deb bilgan barcha ziyolilarimizning ham bu borada o‘z aytar so‘zi bor. Tiriklik tashvishidan bir muddat tin olib, shu mulohazalarga ham quloq tutish vaqti yetdi. Sabringizni sinash niyatimiz yo‘q, ammo gapni uzoqroqdan boshlaymiz. Axborot tarqatishning bugungi manzarasi qay holda? OAV nimalarni boy beryapti?Gazetalar, jurnallar hatto teleradiokanallar ham axborot yetkazishda birinchi navbatda tezkorlikni,

Batafsil
Ko'rinish