Islom taraqqiyot banki: hamkorlik yangi bosqichda
So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengayib bormoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 2019-yil 6-aprel sanasida Memorandum imzolangan bo‘lsa, joriy yilning 4-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi. Unda Islom taraqqiyot bankining loyiha koordinatori Nedal Ali, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Husan Hasanov hamda Akademiya vakillari ishtirok etishdi. Onlayn muloqot davomida o‘zaro hamkorlikning ayn
Batafsil
Rossiya Islom instituti bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda
So‘nggi yillarda islom dinining asl mohiyati, butun dunyo sivilizatsiyasi rivojiga tamal toshini qo‘ygan ulug‘ mutafakkirlarning bebaho ma’naviy merosini chuqur va har tomonlama o‘rganish, xalqaro darajadagi zamonaviy mutaxassis kadrlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotir.Bu borada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib boryapti. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov va bir guruh olimlarimizning Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasidagi xizmat safarlari davomida ana shu jarayonlar aks etmoqda.Soha rivojiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuvlardan biri Rossiya Islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor, Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Rafi
BatafsilOʻzbekistonlik olimlar Bolgar islom akademiyasi talabalariga islom ilmlaridan “Mahorat darsi” oʻtdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasida “Zamonaviy ta’lim tizimida islomshunoslik va islom ilohiyoti fanlari: muammolar va istiqbol rejalari” mavzusidagi II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.Butun MDH va Sharq musulmon davlatlarining islomshunoslik yo‘nalishi oliy ta’lim va yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari olim va yosh ilmiy tadqiqotchilari jam bo‘lgan mazkur nufuzli anjumanda dunyo nigohini tortib turgan dolzarb muammo va masalalarga ham e’tibor qaratilmoqda. Zero, butun dunyoni tashvishga solayotgan diniy ekstremizm, separatizm, terrorizm kabi illatlar kuchayib borayotgan bir davrda muqaddas islom dinining haqiqiy ilm-ma’rifat, ma’naviyat va ezgulikka yo‘g‘rilganini isbotlash, undan o‘z g‘arazli maqsadda foydalanmoqchi bo‘lgan qora kuchlarga ma’rifat bilan munosib javob qaytarish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.Shu nuqtai n
Batafsil
AKADEMIYA REKTORI XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDA
Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov rahbarligida bir guruh olimlarimiz Rossiya Federatsiyasidagi Bolgar islom akademiyasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Bugun yurtimiz olimlari Bolgar islom akademiyasida 23-25-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Zamonaviy ta’lim tizimida islomshunoslik va islom ilohiyoti fanlari: muammolar va istiqbol rejalari” mavzusidagi II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi. Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi va uning Tatariston Respublikasidagi boshqarmasi, Ilmiy va ta’limiy ilohiyot birlashmasi (NOTA), Islom madaniyati, ilm-fan va ta’limni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada islom olamidagi 30 dan ortiq nufuzli davlat tashkilotlari hamda 200ga yaqin taniqli
Batafsil
AYNUR TIMERXANOV: “O‘ZBEKISTONDAGI DINIY-MA’RIFIY SOHADAGI ISLOHOTLAR E’TIROFGA MUNOSIB”
Xalqaro hamkorlikMa’lumki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nafaqat yurtimiz balki, xalqaro miqyosda ham o‘z nufuziga ega oliy va ilmiy ta’lim muassasa sifatida tanilib bormoqda. Bunda ilm dargohining ilmiy salohiyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilmiy-ijodiy muhitning xalqaro andozalarga muvofiqligi albatta, muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois bo‘lsa kerak, bugungi kunda Akademiyada 9 nafar taniqli xorijiy professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, 31 nafar dunyoning turli davlatlaridan kelgan yosh ilm-u toliblar bilim olib, ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.Bu o‘rinda yurtimiz yoshlarining ham islom dini va ulug‘ allomalar ilmiy-ma’naviy merosini fundamental jihatdan keng ilmiy o‘rganib, chuqur tadqiqotlar olib borayotgani, albatta, faxrlanarli. Zero, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida o‘z taraqqiyotining yangi
Batafsil
Rossiya Federatsiyasi “Valday” xalqaro munozara klubi vakillari Akademiyada mehmon bo‘ldi
Ayni paytda mamlakatimizda Rossiya Federatsiyasi “Valday” xalqaro munozara klubi bilan hamkorlikda “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida konferensiya o‘tkazilmoqda. Mazkur yirik anjuman davomida “Valday” xalqaro munozara klubi a’zolari uchun yurtimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy qadamjolari, ziyorat maskanlariga sayohat tashkil etilmoqda.Ana shunday tashriflardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham o‘tkazildi. “Valday” xalqaro munozara klubi a’zolari Akademiyada mehmon bo‘lishdi. Uchrashuvda Akademiya rahbariyati hamda mehmonlar ishtirok etdi.Samimiy muloqot davomida Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov Akademiyada talabalarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi aloqalar
Batafsil
Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori Akademiyada mehmon bo‘ldi
Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori, professor Ibrohim Aydinli O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Akademiya rahbariyati, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov hamda markaz xodimlari ishtirok etdi.Samimiy muloqot davomida Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor, Akademiyada talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotganligi, bu o‘zgarishlarni ta’lim sohasida ham ko‘rish mumkinligini ta’kidladi. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining xalqaro darajadagi hamkorliklari talabalarni malakali kadr sifatida kamol topishiga xizmat qilishini qayd etdi.Uchrashuvda Anqara Yild
Batafsil
Muhammad Sulaymon al-Jassir: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib juda mamnun bo‘ldim
Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda mehmon bo‘lgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir boshchiligidagi delegatsiya kecha Samarqandga tashrif buyurdi. Mehmonlar Payariq tumanidagi Imom Buxoriy qadamjosini ziyorat qildi. Ayni paytda bu yerda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya jarayonlari, ziyorat turizmi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Islom taraqqiyot banki prezidenti Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan markazda buyuk muhaddis va allomalar ilmiy merosini o‘rganish borasida olib borilayotgan ishlar, nodir qo‘lyozma asarlar saqlanayotgan kutubxona va muzey mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Movarounnahr allomala
BatafsilHamkorlikning yangi ufqlari
Kuni kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik anjumani doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda ITB vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkillashtirildi.Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori B.Mamadiyev, Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abdullajonov, Islom taraqqiyot bankining davlat dasturlari bo‘yicha prezident o‘rinbosari doktor Mansur Muxtor, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari X.Xasanov ishtirok etdi.Muloqotda Akademiya tarkibida “Smart room” tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori B.Mamadiyev va Islom taraqqiyot bankining davlat dasturlari bo‘yicha prezident o‘rinbosari M.Muxtor o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Mazkur kelishuv loyihasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 18-avgustdagi
Batafsil
Akademiyada xorijiy fuqarolar uchun imtihon o‘tkazildi
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalar singari ta’lim sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar natijasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘qishni istovchi xorijiy fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.Ayni paytda Akademiyada milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida zamon talablariga mos, diniy va dunyoviy bilimlar hamda chet tillarni puxta egallagan yetuk mutaxassis kadrlar bilan qatorda xorijiy fuqarolarga ham zamonaviy o‘quv metodlari orqali saboq berib kelinmoqda.Buning natijasida joriy yilda ham O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga xorijiy fuqarolar tomonidan katta qiziqish bildirilib, tahsil uchun hujjat topshirishdi. Shu munosabat bilan ularni Akademiyaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha onlayn tarzda suhbat imtihoni o‘tkazildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, Akademiya rahbariyati hamda malakali professor-o‘qituvchilari
Batafsil
Indiana universiteti professori Akademiyada mehmon bo‘ldi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Indiana universiteti Antropologiya, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq fanlari bo‘yicha professori, tarix fanlari doktori Nazif Shahroniy bilan uchrashuv o‘tkazildi.Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan “Qur’on antropologiyasi xususida ba’zi mulohazalar” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov ochib berdi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.Uchrashuvda Nazif Shahroniy Qur’onni shunchaki o‘rganish, yodlash emas, balki uni his qilish, anglash lozimligini ta’kidladi. O‘zining yillar mobaynida to‘plagan boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Mazmunli o‘tgan muloqotda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan olimga murojaat qilishdi.Davra suhbatidan so‘ng Nazif Shahroniy “Manbalar xazinasi” bo‘limidagi noyob
Batafsil
Islom taraqqiyoti banki 2021-2022 o‘quv yili uchun stipendiyalar tanloviga arizalar qabulini e’lon qildi
Islom taraqqiyot banki (ITB) 2021-2022 o‘quv yili uchun stipendiyalar tanlovini e’lon qiladi. Quyidagi dasturlar bo‘yicha qabul qilingan onlayn-arizalar Islom taraqqiyot banki (ITB)ning stipendiyalar portali orqali ochiladi.Islom taraqqiyoti banki 2021-2022 o‘quv yilida dunyoning nufuzli universitetlarida bakalavriat (Undergraduate), magistratura (Master’s), aspirantura (PhD Research Programme) va post-doktorantura (Роst-Dосtoral Research Programme) yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish uchun stipendiyalar tanlovini e’lon qilmoqda.Talabalar quyidagi yo‘nalishlarning faqat bittasi bo‘yicha murojaat yo‘llashlari mumkin:- qishloq xo‘jaligi, pedagogika, ekologiya va iqlim o‘zgarishlari, energetika, arxitektura;- transport, kimyo, etika, tibbiyot, farmakologiya, informatika, optika, telekommunikatsiya, elektronika, innovatsiya va infrastrukturani rivojlantirish, islom iqtisodiyoti, moliya va ba
Batafsil