O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

O‘zbek olimining kitobi Bayrutda chop etildi
Yangiliklar

O‘zbek olimining kitobi Bayrutda chop etildi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Abdumalik To‘ychiboyev XII asrda Samarqand muhitida yashab ijod qilgan ulug‘ ajdodlarimizdan biri, asli Kesh (Shahrisabz) shahridan bo‘lgan Ahmad ibn Muso al-Keshshiy qalamiga mansub “Majmu’ al-havodis va an-navozil va al-voqe’ot” (“Hodisalar, hukmlar va voqealar majmuasi”) nomli tarixiy-huquqiy asarni o‘rganib, uning tanqidiy nashrini tayyorladi.Ushbu kitob islom dunyosining nashr markazi sifatida mashhur bo‘lgan Livanning Bayrut shahrida chop etildi. Mazkur kitob “Majmu’ al-havodis va an-navozil va al-voqe’ot”ning mamlakatimiz hamda Turkiya qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan 9 ta nodir nusxa asosida tayyorlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘z davrida islom olamining mashhur allomasi hisoblangan Abu Hafs an-Nasafiyning ilmiy maktabida yetishgan al-Keshshiy o‘z ustozi vositasida er

Batafsil
Xalqaro psixologlar kuni mazmunli o‘tdi
Yangiliklar

Xalqaro psixologlar kuni mazmunli o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Mirilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Marosimda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva, “Yosh psixologlar” klubi a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbir davomida talabalar tomonidan turli psixologik treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Mazkur o‘yinlar orqali yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bir-birini tushunish kabi jihatlar yanada shakllantirildi. Yakunda “Yosh psixologlar” klubi a’zolariga sertifikatlar topshirildi.Ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan marosim yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.O‘zb

Batafsil
Akademiyada turizmning rivojlanishiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada turizmning rivojlanishiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Pandemiyadan keyingi sharoitda turizmning rivojlanishi: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan konferensiyani Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Mirilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berib, turizm rivojlanishining xalq farovonligini oshirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Anjumanda Akademiya prorektorlari, dekanlar, kafedra a’zolari hamda talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, konferensiyada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan soha mutaxassislari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moli

Batafsil
ILMIY-USLUBIY KENGASHNING MAJLISI O‘TKAZILDI
Yangiliklar

ILMIY-USLUBIY KENGASHNING MAJLISI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari, Akademiya va sohaga taalluqli ilmiy-tadqiqot markazlarining o‘quv-uslubiy, ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ilmiy-uslubiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalarining bitiruv malakaviy ishlari, oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarining pedagog xodimlarini ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishda erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar, shuningdek, Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabida modul-kredit tizimi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va madrasasining faoliyati tahlillari masalalari ko‘rib chiqildi.Majlis davomida ta’lim va ilmiy faoliyatni takomillashtirish yu

Batafsil
Talabalar sayli ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar sayli ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi hamda Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Millat g‘ururisan – bayrog‘im” hamda “Oltin davrim” deb nomlangan talabalar sayli ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Bayram saylida so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i mustaqil davlatimizning g‘urur va iftixori ekanligini ta’kidlashdi. Shu bilan birga talaba-yoshlarni yoshlikning eng navqiron va unutilmas davri bo‘lgan talabalik baxtiga erishganliklari bilan muborakbod etishdi. Yurtimiz taraqqiyoti har tomonlama unib-o‘sib kelayotgan navqiron avlodning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq ekani, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish har bir yigit-qizning zimmasidagi oliy vazifasi ekanli

Batafsil
Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!
Yangiliklar

Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!

Bugun, 18-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” maydonida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at nomoyandalari, sportchilar, harbiylar, faol yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.Tantanali bayramda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati o‘tkazilgan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusidagi videoroliklar tanlovi hamda “Inson qadri uchun” turkumidagi videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.Shuningdek, tadbirda Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, harbiylar ishtirokida chiqishlar namoyish etiladi.O‘zbekiston xalqaro islom akad

Batafsil
Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, orimiz!
Yangiliklar

Bayrog‘imiz – g‘ururimiz, orimiz!

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsoli sanaladi. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Shu bois, bayroq yoki gerbimizga nazar solganimizda, madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azm-u shijoatimiz oshganini his etamiz.Joriy yilda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat suverenitetining ramzi bo‘lib tarixdan o‘rin egalladi.Sana munosabati bilan respublikamizning turli hududlarida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro

Batafsil
“YURT BAYROG‘IN KO‘NGLINGGA EK ILDIZ OTSIN, KO‘RSATSIN BO‘Y”
Yangiliklar

“YURT BAYROG‘IN KO‘NGLINGGA EK ILDIZ OTSIN, KO‘RSATSIN BO‘Y”

18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGAN KUN!Azim poytaxtning qiyofasi kundan-kun yangilanib borar ekan, 5-6 yil avval fayzi yo‘qolib, e’tibordan chetda qolgan “Xalqlar do‘stligi” maydoni, u yerdagi muhtasham san’at saroyi yana o‘z fayziga ega bo‘lgani dilni yayratadi, ko‘zni quvontiradi. Davlatimizning maydonga o‘rnatilgan purviqor bayrog‘i esa uning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.Har safar maydon uzra bayroq tomon borar ekanman, negadir shamol esishini istayman. Chunki shamol esgan chog‘ Toshkentdagi eng katta bayroqning hilpirashi kishiga o‘zgacha zavq beradi, uning butun bo‘y-bastini namoyon etadi. Hajmi 10x20 metr bo‘lgan bayroqni balandligi 65 metrlik zabardast ustun bemalol tutib turadi.Poytaxtimizning Mirobod tumanida ham 57 metrlik, Bektemir tumanida 35 metrlik katta bayroqlar o‘rnatilgan. Farg‘ona, Andijon, Navoiy viloyatlari, Guliston shahrida 60 met

Batafsil
Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid!
Yangiliklar

Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid!

Har bir soha rivoji uchun korrupsiyaga qarshi to‘xtovsiz kurash olib borilmas ekan, o‘sha soha rivojlanmaydi, sa’y-harakatlar natijasiz qolaveradi va buning oqibatida davlat, jamiyat taraqqiyoti va rivoji samaradorligi pasayadi. Korrupsiyaning ildiz otishi esa mamlakatni halokatga olib keladi. Bugun, korrupsiyaga qarshi kurashish yer yuzidagi barcha davlatlarning oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart”. Korrupsiya inson huquq va manfaatlarining qo‘pol ravishda buzilishi yoki uchinchi shaxslar maqsadiga yetishi evaziga kimningdir huquqlari poymol bo‘lishi bilan kechadi.Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sohadagi islohotlardan xalqimiz, yoshlar va keng ja

Batafsil
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida dinshunoslik fanlarining o‘qitilishi qanday tashkil etilgan?
Yangiliklar

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida dinshunoslik fanlarining o‘qitilishi qanday tashkil etilgan?

Xabaringiz bor, Akademiyada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ayni damda mazkur nufuzli anjumanga Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan kelgan olimlar bilan soha vakillari, o‘qituvchi va talabalar ishtirokida davra suhbati, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.Bugun, shu maqsadda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi anjumanlar zalida Bursa Uludag‘ universiteti professori Mehmet Fatih Birgul (Turkiya), Nur-Muborak Misr Islom madaniyati universiteti “Dinshunoslik” kafedrasi mudiri, dotsent Ayimjan Riskiyeva (Qozog‘iston), Nur-Mubora

Batafsil
Ofitserlar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
Yangiliklar

Ofitserlar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2022-yilning 7-16-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. Mazkur o‘quvlarda jami 20 nafar tinglovchilar ishtirok etdi.Malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarda islom dinining insonparvarlik va tinchlikvarparlik g‘oyalari to‘g‘risida, shuningdek, harbiy xizmatchilar shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalariga qarshi kurashda immunitetlarini mustahkamlashdan iborat. Tinglovchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini samarli va mazmunli tashkil etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy

Batafsil
Davlat bayrog‘i  – baxt va iftixorimiz timsoli
Yangiliklar

Davlat bayrog‘i – baxt va iftixorimiz timsoli

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Davlat bayrog‘i millatning birligi, mustaqilligi timsoli sifatida o‘sha xalqning orzu-istaklarini, umidlarini, kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida ifoda etadi. Dunyodagi deyarli barcha mustaqil davlatlar o‘z bayrog‘iga ega. Konstitutsiyamizning 5-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan davlat ramzlari: bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega”, deb ta’kidlangan bo‘lib, ushbu moddaning “Davlat suvereniteti” deb nomlangan bobida keltirilishi davlat ramzlarining mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida qanchalik muhim o‘rin tutishini anglatadi.Mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida o‘rni bor. Shu ma’noda, milliy bayrog‘imiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni hamda rolini ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har birimiz uchun i

Batafsil
Ko'rinish