Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati turk jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otmoqda
Avval xabar berganimizdek 17-dekabr kuni onlayn shaklda “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi: istiqboldagi rejalar” mavzusidagi xalqaro matbuot anjumani tashkil etildi. Mazkur tadbirda Turkiya jamoatchiligi vakillari ham faol ishtirok etdi.Xalqaro onlayn matbuot anjumanida Turkiyadan Diyonat ishlari boshqarmasi raisi, professor Ali Erbash, Ibn Xaldun universiteti rektori, professor Rejep Shenturk, Anqara universiteti o‘qituvchisi – moturidiyshunoslik bo‘yicha yetuk olim So‘nmez Kutlu kabi turkiyalik professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirdi.Ali Erbash, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi:— Movarounnahr – islom tamaddunining zabardast markazlaridan biri. Darhaqiqat, Beruniy, Ibn Sino, Ali Qushchi, Mirzo Ulug‘bek kabi dunyoga ziyo sochgan mutafakkirlar ushbu zaminda yetishib chiqqan. Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Abulmu’in Nasafiy, Bahoud
Batafsil
Madridning Komplutense universiteti hududida buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiy haykali o‘rnatildi
Ispaniyaning eng yirik oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan Komplutense universiteti 1499-yil tashkil etilgan. Bugun u mamlakat universitetlari orasida birinchi o‘rinda turadi.Muhammad Xorazmiy haykali fizika, kimyo va matematika fakultetlari binolari o‘rtasida joylashgan bog‘ hududida o‘rnatildi.Tadbirda universitet rahbariyati, Ispaniya ilmiy jamoatchiligi vakillari, talabalar va o‘zbekistonlik vatandoshlar ishtirok etdi.O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir Gʻaniyev o‘z so‘zida buyuk mutafakkir va olim, bobokalonimiz Muhammad Xorazmiy o‘zining kashfiyotlari bilan dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini ta’kidladi.Shuningdek, elchi O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, mazkur tizimning asosi bo‘lgan maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar, jumladan 2030-yilgacha ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarini
Batafsil
Rossiya Islom instituti bilan hamkorlikda onlayn seminar tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom dinining Rossiya hududida tarqalishi va amal qilishining asosiy bosqichlari” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi hamda Rossiya Islom instituti tomonidan akademik hamkorlik doirasida o‘tkazilgan tadbirda Rossiya Islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor, Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Rafik Muxametshin, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Saidakbar Agzamxo‘jayev, kafedra professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatini kafedra mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muxamedov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Rafik Muxametshin Rossiyaga islom dinining kir
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xorijiy talabalari diqqatiga!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2021-yil 11-yanvar sanasidan barcha kurslar uchun o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanishini ma’lum qiladi.Xorijiy mamlakatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar ham ushbu sanadan boshlab dars mashg’ulotlarida, o‘z vaqtida qatnashishlari talab etiladi.COVID-19 pandemiyasi sharoitida xorijiy talabalarning an’anaviy shaklda dars mashg’olotlarida ishtirok etishlari uchun Akademiyada barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar yotoqxona bilan ham ta’minlanadilar.Darslarga o‘z yashash joyilaridan onlayn shaklda qatnashish istagini bildirgan xorijiy talabalar uchun Akademiyada bo‘lib o‘tayotgan an’anaviy shakldagi dars mashg‘ulotlari onlayn translatsiya qilib borilishi ta’minlanadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Talabalar (xorijiy) ishlash bo‘limi bilan bog‘lanishingiz mumkin Tel: +998712449593, +99
Batafsil
Hamkorlikning yangi bosqichi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining “Falsafa va madaniyatshunoslik” kafedrasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolangan edi.Mazkur hamkorlikka muvofiq, qozog‘istonlik talabalarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Hamida To‘ychiyev, falsafa fanlari doktori, professor Matluba Qahhorova, falsafa doktori (PhD) Mo‘minjon Xo‘jayev Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti Falsafa yo‘nalishi talabalariga “Abayning falsafiy qarashlari” mavzusida onlayn ma’ruza o‘qishdi.O‘z navbatida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti “Falsafa va madaniyatshunoslik” kafedrasi falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ayshe Shaldarbekova hamda falsafa fanlari nomzodi, dotsent Mavluda Rax
Batafsil
Hamkorlikdagi onlayn o‘quv kurslari davom etmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan onlayn o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Rossiya islom instituti bilan akademik almashinuv doirasida o‘tkazilayotgan mazkur seminarlarda xalqaro psixologik ekspertlar va professor-o‘qituvchilar talabalarga saboq beryapti.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya islom institutining “Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi psixolog Gulnaz Galiyeva tomonidan 5210200-Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Din psixologiyasi nuqtai nazaridan yosh mutaxassislarni tarbiyalashda nutqiy jihatlarga e’tibor qaratish” mavzusida navbatdagi onlayn o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etgan o‘quv kursida ps
Batafsil
Psixologiya fanini o‘qitishda xorij tajribasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan 4-bosqich talabalari uchun ZOOM platformasi orqali onlayn mahorat darsi tashkil etildi.Seminarda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Igor Mojarovskiy “Psixologiyani o‘qitish usullari” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbirda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Mahorat darsini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Adil Samekin kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga o‘qish va izlanishlarida muvaffaqiyat tiladi.– Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri ta’lim jarayonini yanada takom
Batafsil
Hamdardlik
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi nomiga taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatovning vafoti munosabati bilan xalqaro hamkor tashkilotlar hamda xorijlik olimlar tomonidan hamdardlik bildirilmoqda.Ana shunday nomalardan biri Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi – IRCICA Bosh direktori Xalit EREN tomonidan yo‘llandi. Nomada shunday deyiladi:“Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi – IRCICA professor Ubaydulla Uvatovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasiga chuqur hamdardlik bildiradi.Biz professor Ubaydulla Uvatovni dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan — Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Al-Hakim at-Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Abu al-Mu’iyn An-Nasafiy singari ulug‘ mutafakkir allomalar hayoti va ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan kitoblar
Batafsil
Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasida O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy soha islohotlari e’tirof etildi
Misr Arab Respublikasining har kuni qariyb 2 million nusxada chop etib kelinayotgan nufuzli “Al-Xabar al-youm” (Kun xabari) gazetasida “O‘zbekistonda Imom al-Moturidi nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi” sarlavhali maqola (https://bit.ly/34uLrx7) chop etildi.Maqolada 2020-yil 11-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida yana bir nufuzli ilm-ma’rifat maskani tashkil etilgani keng yoritilgan.So‘nggi yillarda O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar keng tahlil etilgan maqolada islom olamidagi buyuk alloma Imom Moturidiy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlodni umumiy ezgu insoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ushbu markaz faoliyat
Batafsil
Ahmad Sa’d Damanhuriy: “Buyuk allomalar vorislariga saboq berish — sharaf”
Ma’lumki, butun dunyoda vujudga kelgan koronavirus pandemiyasi tufayli jamiyat hayoti, eng avvalo, inson salomatligi va xavfsizligini o‘ylab tashkil etilmoqda. Jumladan, ta’lim tizimida ham qator yangiliklar amalga oshirilib, yoshlarning doimiy ravishda bilim olishlari uchun darslar onlayn olib borilmoqda. Yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida ham o‘quv jarayonlari masofaviy shaklga o‘tkazilgan bo‘lsa-da ustoz va murabbiylar, talaba-yoshlarning faolligi aslo pasaygani yo‘q. Bu jarayonga esa xorijiy pedagoglarning ham jalb etilishi ta’lim samaradorligi o‘sishiga ta’sir etayotgani tabiiy.Kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasida misrlik moturidiyshunos olim, doktor Ahmad Sa’d Damanhuriy yana dars o‘tishni boshladi. Biz taniqli islomshunos olimni akademiyadagi faoliyatini davom ettirish maqsadida yurtim
Batafsil
Xorijiy abituriyentlar qabuli suhbat asosida o‘tdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat hamda magistratura bosqichlariga o‘z tanlagan mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy abituriyentlar uchun suhbat o‘tkazildi.Avval xabar berganimizdek, butun dunyoda bo‘lgani kabi COVID-19 pandemiyasi sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida qabul jarayonlari onlayn tarzda tashkil etildi. E’tiborlisi, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-sonli Bayoni qaroriga muvofiq, (https://bit.ly/3laYwlj) xorijlik fuqarolar Akademiyaga suhbat asosida talabalikka qabul qilinishi belgilangan edi(!).Shu bois bugun akademiyada o‘qish istagini bildirib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan 14 nafar xorijlik abituriyent bilan Maxsus komissiya a’zolari onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat o‘tkazishdi.Suhbatd
Batafsil
Hindistonlik olim: “BMTda o‘zbek tilining yangrashi biz uchun ham faxrdir”
Yangi O‘zbekiston — dunyo nigohida“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 23 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etishi va mustaqil O‘zbekiston tarixida BMT minbaridan birinchi marta o‘zbek tilida nutq so‘zlashi qalbimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otdi”, — deydi Jamiya Milliya Islomiya universiteti o‘zbek tili o‘qituvchisi, professor Shahid Taslim “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida.— Men hayotini o‘zbek tilini o‘rganish va uni hind talaba yoshlariga o‘rgatishga bag‘ishlagan Hindistonlik olim sifatida shuni qayd etishni istardimki, yaqin o‘tmishda bunday katta minbardan turib o‘zbek tilida so‘zlashni tasavvur qilish qiyin edi, — deya so‘zida davom etdi suhbatdosh.Sh.Taslim o‘zbek xalqining boy ma’naviy merosi haqida to‘xtalib, o‘zbek zaminida Amir Temur, Abu Ra
Batafsil