Turkiyaning “Cumhuriyet” gazetasi: O‘zbekiston Prezidenti BMTda Alisher Navoiy tilida nutq so‘zlaydi
Turkiyaning nufuzli “Cumhuriyet” gazetasi “O‘zbek tili BMTda: Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston yangi marralarga intilmoqda...” sarlavhasi ostida tahliliy maqola chop etdi.Materialda Markaziy Osiyo markazida joylashgan O‘zbekistonning butun mintaqaning barqarorligini ta’minlashdagi muhim geostrategik roli ta’kidlangan. Mamlakat aholisini, asosan, o‘zbeklar tashkil qilishi, ular qo‘shni davlatlarda ham istiqomat qilishi bildirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning qo‘llab-quvvatlovisiz mintaqaning ba’zi davlatlarida tarqalgan ekstremizmning butun dunyoga yoyilib ketishiga qarshi kurashib bo‘lmasligi qayd etilgan.Muallif zamonaviy O‘zbekiston taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari va mamlakatda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanish jarayonlariga alohida e’tibor qaratgan.Xususan, S.Ash o‘quvchilarga O‘zbekistonning muazzam t
Batafsil
Anglashuv memorandumi: yangi imkoniyatlar asosi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish, uning samaradorligini oshirish maqsadida imzolangan ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik rivoji uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Mazkur memorandum har ikki oliy o‘quv yurtining o‘zaro tajriba almashishi, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi, xalqaro aloqalar sohalarida yuqori malakali kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishda kelishuvga asos bo‘lmoqda.Shuningdek, ta’lim sohasida qo‘shma ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Anglashuv memorandumida nashrlar, ilmiy tadqiqotlar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar, dav
Batafsil
Qozog‘istonning Pavlodar davlat universiteti tajribasi o‘rganildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” hamda Qozog‘iston Pavlodar davlat universiteti “Psixologiya va pedagogika” kafedralari hamkorligida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.“Covid-19 pandemiyasi sharoitida Psixologiya va pedagogika fanlarini o‘qitish masalalari” mavzusida tashkil etilgan tadbirni “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Zebo Kasimova olib bordi.Ma’lumki, pandemiya tufayli yakunlangan o‘quv yilining bahorgi mavsumi noodatiy, masofaviy tarzda o‘tkazildi. Bu o‘ziga xos murakkabliklarni keltirib chiqargani tabiiy. Shu bois yangi o‘quv mavsumiga ham oz fursat qolayotgan bir vaqtda masofaviy o‘qitish jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Bunda xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi.Video anjumanda Pavlodar davlat univers
Batafsil
Arab tilini oʻqitishda interfaol taʼlim texnologiyalari
Butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimizda ham pandemiya holati davom etmoqda. Epidemiologik vaziyat koʻplab sohalar faoliyati va rivojiga toʻsiq qoʻymoqda. Ammo inson istiqboli uchun hech bir soha toʻxtab qolmasligi kerak. Jumladan, taʼlim tizimi ham davr taqozosidan kelib chiqib, oʻz rivojlanish yoʻlini topishi zarur. Bu oʻrinda onlayn davra suhbatlari, seminarlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.Shu maqsadda kuni kecha Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tashabbusi bilan “Arab tilini oʻqitishda “Interfaol taʼlim texnologiyalari” mavzusida xalqaro onlayn-seminar boʻlib oʻtdi. Unda Iordaniyalik professor Xolid Husayn Abu Amsha ham oʻz maʼruzasi bilan bevosita ishtirok etdi.Shuningdek, seminarda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Zohidjon Islomov, “Mumtoz Sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “Arab tili va adabiyoti al
Batafsil
Pandemiya sharoitida xalqaro munosabatlar qanday rivojlanadi?
Global pandemiya sharoiti davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda siyosiy jarayonlarga ham sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kelajakda bunday vaziyatlarga tayyor turish, bugungi jamiyat oldida turgan muhim masalalardan sanaladi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Global pandemiya sharoitida xalqaro munosabatlar fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn seminar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, siyosiy fanlar doktori Qodir Jo‘rayev, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani, dotsent Ashurali Abdurashidov, akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Tadbirda akademiyaning “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi siyosiy fanlar doktori, dotsent Muhammadolim Muhammadsidiqov mavzu yuzasidan o‘z fikr-mul
Batafsil
Akademiya talabalari va magistrlar diqqatiga!
Islom olami fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishni istagan yoshlar uchun stipendiyalar ajratilishini e’lon qildi. Nomzodlar har yili 1 iyundan 30 sentyabrga qadar o‘z hujjatlarini topshirishlari mumkin. Ushbu stipendiyalar magistrlik va doktorlik dasturlari uchun qo‘shimcha granti bo‘lmagan talabalarga ajratiladi.Mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar quyidagi intdeptuz@gmail.com elektron manzil orqali murojaat qilishlari mumkin.Ma’lumot uchun telefon: +99.8912443444, +99.8994107449.
Batafsil
Payg‘ambar (alayhis-salom) yetuk axloq timsoli
Bugun dunyoda kechayotgan globallashuv davrida xalqlarning ma’naviyati, madaniyati, adabiyoti, san’ati hattoki, imon-e’tiqodiga ham yovuz kuchlar tomonidan tajovuzlar bo‘lyaptiki, buni dunyoning turli nuqtalarida kunora sodir bo‘layotgan notinchliklardan ham ko‘rib turibmiz. Buning natijasida xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik aloqalariga putur yetmoqda. Muqaddas islom dinimiz ezgu amallariga rioya etish, ajdodlar ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, insonni kamolotga yetaklovchi muhim omillardan hisoblanadi.Shu bois ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, muqaddas dinimiz musaffoligini himoya qilish yo‘lidagi kurash, musulmon odob-axloq qoidalarini, jumladan, moʻtadillik, kechirimlilik, hamjihatlik va o‘zaro tushunib yashashga intilishdek olijanob fazilatlarni qadrlash, uni jamoatchilikka yetkazish bugungi davr uchun muhim ahamiyatga ega.Shu maqsadda O‘zbekiston xal
Batafsil
E’lon! moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriy ishtirokida seminar tashkil etilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan talabalarning bilim salohiyatini oshirish, ta’til paytida bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazish maqsadida ko‘plab mavzularda onlayn seminarlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri 2020 yil 28 iyul kuni soat 15:00 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Payg‘ambar (Alayhis-salom) yetuk axloq timsoli” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Seminarda moturiydishunos olim, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi, moturidiyshunos olim Ahmad Sa’d Damanhuriy (Turkiya) o‘z ma’ruzasi bilan bevosita ishtirok etadi.Ma’lumot o‘rnida, Ahmad Sa’d Damanhuriy 2015 yilda “Al-Azhar” universitetida “Imom Moturidiy va uning tafsirdagi uslubi” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. Bugungi kunga qadar “Imom Moturidiy va uning tafsirdagi uslubi”, “Hidoyat bayrog‘i Abu Mansur Moturidiy haqidagi e’tirozlarga raddi
Batafsil
O‘zbekiston — Ozarbayjon: Qadim ildizi tutash xalqlarimiz ma’naviy merosini o‘rganishda yangi bosqich boshlandi
Har bir soha rivojida o‘zaro tajriba almashinuv, do‘stona hamkorlik, yangi ilmiy, innovatsion yangilik va kashfiyotlardan bahramand bo‘lish muhim omillardan hisoblanadi.Shu ma’noda tez suratlar bilan rivojlanib borayotgan O‘zbekiston ham barcha sohalarda dunyo va yaqin qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Albatta, o‘zaro do‘stona munosabatlar mustahkamlanishida ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik uzoq yillik hamkorlik aloqalariga bog‘lanishiga xizmat qilishi bilan e’tiborlidir.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Ozarbayjon ilohiyot instituti hamkorligida o‘tkazilgan “Diniy bag‘rikenglik davlat va jamiyat rivojlanishining muhim omili” mavzusidagi onlayn video-konferensiya shu ma’noda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda har ikki ta’lim muassasa
Batafsil
O‘zbekiston — Germaniya: Allomalar ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganishda hamkorlik
Hozirgi pandemiya sharoitiga qaramasdan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, sohada rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, ularning professor-o‘qituvchi, olimlari, turli soha vakillari bilan onlayn muloqotlarni tashkil etish ishlari davom etmoqda.Kuni kecha O‘zbekistonning Germaniyadagi Bosh konsulligi hamkorligida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Germaniyaning Myunster universiteti vakillari ishtirokida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-pedagogik faoliyat hamda islom dini ilm-ma’rifatini tadqiq etish, undan jahondagi bugungi global muammolarni hal etishda ilmiy foydalanish borasidagi amaliy ishlarni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.Muloqotda O‘zbekistonning Germaniyadagi Bosh konsulligi vak
Batafsil
Tabiiy inqiroz davrida ma’naviy va ilmiy taraqqiyotga qanday erishiladi?
Butun dunyoda Covid-19 pandemiyasi tarqalishi natijasida ko‘plab sohalarda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy muammolar vujudga kelmoqda. Shunday bir og‘ir sharoitda iqtisodiy barqarorlik, ma’naviy-ilmiy taraqqiyotga erishish dolzarb vazifalardan biridir.Xalqaro Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti – ICESCO Milliy komissiyasining onlayn tarzdagi kengaytirilgan anjumani bo‘lib o‘tdi.“Covid-19 va inqirozdan keyingi davrda: ta’lim, fan va madaniyat sohasida qanday harakatlar va ustuvorliklar mavjud” mavzusida o‘tkazilgan onlayn muloqotda ICESCO tashkilotiga a’zo 60 ga yaqin davlatlarning vakillari hamda ilmiy jamoatchilik qatnashdi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Baxromjon Mamadiyev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Davronbek Maxsudovlar ishtirok etdi.Xalqaro anju
Batafsil