Akademiyada arab tili kuniga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi
Har yili 18-dekabr sanasida butun dunyoda “Xalqaro arab tili kuni” nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1973-yil dekabr oyida arab tili tashkilot rasmiy tillari qatoriga qoʻshilgan. Shu bilan birga, UNESCO tashkilotining 2012-yil oktabr oyida boʻlib oʻtgan 190-sonli sessiyasida Saudiya Arabistoni taklifiga binoan 18-dekabr – Xalqaro arab tili kuni sifatida eʼlon qilindi. Shu yilning 18-dekabrida mazkur tashkilot birinchi marotaba ushbu sanani bayram sifatida nishonlagan.O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham har yili mazkur sana munosabati bilan an’anaviy tarzda anjuman hamda turli tadbirlar tashkil etiladi.Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Chet (arab) tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi va innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman “Arab tili va a
BatafsilAkademiyada dolzarb mavzudagi tadbirlar o‘nkunligi yakunlandi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish” o‘nkunligi loyihasi tashkil etilgan edi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbir “Soxta salafiylik: tarixi, g‘oyasi, belgisi, xatarlari”, “Radikallashuvni oldini olishda jamiyatning axborot madaniyati va jamoatchilik ishtirokini oshirish” hamda “Yoshlar radikallashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar” kabi mavzularda bo‘lib o‘tdi.Ushbu oʻnkunlik tadbirlaridan maqsad esa yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta daʼvolar, gʻarazli daʼvatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat taʼsiridan himoyalash, ularda vatanparvarlik, sadoqat tuygʻularini shakllantirishdan iborat bo‘
BatafsilAkademiyada “Rektor kubogi” sport bellashuvlari o‘tkazildi
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining barcha sohalar kabi sportga ham katta e’tibor berayotganliklari tufayli sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilish bilan birga tarixiy natijalarni ham qo‘lga kiritmoqda. Umuman, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ta’lim-tarbiya, o‘quv jarayonlari bilan bir qatorda sport sohasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 10 ga yaqin sport to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Yangi o‘quv yili boshlangach, fakultetlar kesimida “Dekan kubogi” bahslari o‘tkazildi. Unda yuzdan ziyod talabalar sportning mini futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi turlari bo‘yicha bellashib, g‘olib va sovrindorlarni aniqlab olishdi.Bugun esa O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyas
Batafsil
Radikalizm gʻoyalarining yoshlar ongiga ijtimoiy tarmoqlar orqali singdirilishining oldini olish usullari
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish” o‘nkunligi loyihasi o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir “Soxta salafiylik: tarixi, g‘oyasi, belgisi, xatarlari”, “Radikallashuvni oldini olishda jamiyatning axborot madaniyati va jamoatchilik ishtirokini oshirish” hamda “Yoshlar radikallashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar” kabi mavzularda bo‘lib o‘tdi. Bugungi tadbir esa “Radikalizm gʻoyalarining yoshlar ongiga ijtimoiy tarmoqlar orqali singdirilishining oldini olish usullari” mavzusiga bag‘ishlandi.Ushbu oʻnkunlik tadbirlaridan maqsad – yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta daʼvolar, gʻarazli daʼvatlar,
Batafsil
Sport – sog‘lom hayot garovi
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi orasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlab sport musobaqasi o‘tkazildi.Unda professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faol ishtirok etib, sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha bellashishdi. Mazkur bellashuvlar Akademiyada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoa o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish hamda do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Batafsil
Madhiya – milliy istiqlolimiz ramzi, Vatanga muhabbatning eng go‘zal qasidasi
O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi mamlakatimiz suverenitetining ramzlaridan biridir. 1992-yil 10-dekabr sanasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Qonunda madhiyamizga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Davlat madhiyasini birgalikda ijro etamiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar,
Batafsil
Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yigʻilishida ishtirok etdi. Yigʻilishda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish boʻyicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilandi.Davlatimiz rahbari oʻz nutqida korrupsiya islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻov ekanini taʼkidladi. Shu bois, soʻnggi yillarda bu illatga qarshi kurashish boʻyicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratildi. Parlament palatalarida masʼul qoʻmitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Agentlik tashkil qilindi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib y
BatafsilRadikallashuvni oldini olishda jamiyatning axborot madaniyati va jamoatchilik ishtirokini oshirish
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Radikallashuvni oldini olishda jamiyatning axborot madaniyati va jamoatchilik ishtirokini oshirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish” o‘nkunligi loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.Ushbu oʻnkunlik tadbirlaridan maqsad – yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta daʼvolar, gʻarazli daʼvatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat taʼsiridan himoyalash, ularda vatanparvarlik, sadoqat tuygʻularini shakllantirishdan iborat. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilg
BatafsilOʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum qadrli ustozlar!Aziz talaba-yoshlar!Bugun biz mustaqil davlatimizning huquqiy asosi, jamiyat barqarorligi va inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilayotgan Bosh Qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligini xalqimiz bilan bir qatorda tantanali nishonlamoqdamiz.Konstitutsiya – demokratik islohotlarimizning asosiy kafolati, mamlakatimizda adolat, erkinlik va tenglik tamoyillarini amalda qaror toptirishga qaratilgan ulkan huquqiy hujjatdir. Shu bois, ushbu sana “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida keng miqyosda o‘tkazilmoqda.Prezidentimizning 2025-yil 21-noyabrdagi qaroriga muvofiq, barcha taʼlim muassasalari qatorida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham “Konstitutsiya darslari”, tanlovlar, viktorinalar, davra suhbatlari va maʼrifiy tadbirlar uyushtirilmoqda. Akademiya profes
Batafsil
Konstitutsiya – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga joriy yil 33 yil toʻladi. Bu muddat yillar, asrlar suronida juda qisqa fursat, albatta. Biroq uning mamlakat rivoji, xalqimiz turmush farovonligi, huquqlarini taʼminlashdagi oʻrnini hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi. Ma’lumki, yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilindi. Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha barcha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topdi. Oʻtgan qisqa vaqt mamlakat uchun muhim oʻzgarishlar davriga aylandi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yangilanishlarga asos boʻlgan ushbu hujjat Oʻzbekistonning demokratik islohotlardan aslo ortga qaytmasligini, qonun ustuvorligi va barqaror rivojlanishga mudom intilishini tasdi
BatafsilAkademiyada “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi
Yurtimizda yoshlarni jismonan sogʻlom, maʼnan barkamol etib tarbiyalash, ularning sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha taʼlim maskanlarida sogʻlom turmush tarziga amal qilish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.Sport esa yoshlarni jismonan sogʻlom, irodali, bagʻrikeng va intizomli etishda eng muhim omillardan biridir.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlab, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur bahslarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzb
Batafsil
Yuksak matonat va metin iroda egalari parasport bahslarida bellashishdi
1992-yil 14-oktabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 47/3-sonli qaroriga asosan, 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni sifatida belgilangan.Bundan asosiy maqsad jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan muammolarni yaxshiroq tushunish, ularni bartaraf etish, qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat.Yurtimizda har yili mazkur sana e’tibor markazida bo‘ladi. Zero, mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni jamiyatda tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab keladi.Ana shunday ezgu an’analarimizni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadida keyingi yillarda yurtimizda imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ul
Batafsil