Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilovning yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan MUROJAATI
Hurmatli ota-onalar, qadrli ustozlar va aziz yoshlar!Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan yoshlarimiz ishonch bilan katta hayotga kirib kelayotgani barchamizni quvontiradi.Zotan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida xalqimiz Uchinchi Renessans davriga mustahkam poydevor qoʻymoqda.Taʼkidlash kerakki, jonajon yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Yoshlarning taʼlim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk inson boʻlib ulgʻayishi yoʻlida barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Zero, barkamol avlod – Vatanimiz taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi!Maʼlumki, barcha zamon va davrlarda yoshlarni ilm-maʼrifatli qilib tarbiyalash va odob-axloq qilib voyaga yetkazish katta ahamiyat kasb etgan. Taassufki, keyingi paytlarda yoshlar orasida bilib-bilmay giyohvandlik va narkojinoyat “toʻri
BatafsilRadikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish” o‘nkunligi loyihasi doirasida “Soxta salafiylik: tarixi, g‘oyasi, belgisi, xatarlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Akademiya prorektorlari – Habibullo Sadibaqosev, Irgash Daminov, Zokirjon Ro‘ziyev, Salim Dusanov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, “Ziyo” media markazi direktori Abdulhamid Muxtorov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Matluba Qahhorova, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi, harbiy fanlar doktori (D
BatafsilSog‘lom jamiyat – xavfsiz kelajak
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1988-yildagi qaroriga asosan, 1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi.Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda mazkur kasallikni yuqtirgan 40 million nafardan ziyod bemor bor. Ular soni yiliga 1,5 million kishiga ortmoqda. Eng yomoni, kasallik har yili 600 ming kishini hayotdan olib ketmoqda. Mamlakatimiz OITSga qarshi kurash tizimi bo‘yicha keyingi yillarda barcha yo‘nalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo'shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Sog‘lom jamiyat – xavfsiz kelajak” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbird
BatafsilKengash majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi majlislar zalida Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Kamilov, Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Akademiya kengashi majlisi avvalida bir guruh o‘qituvchilarga ilmiy unvon va diplomlar topshirildi.Shundan so‘ng majlisda oliy ta’lim muassasasi zimmasida bajarilishi zarur bo‘lib turgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi. Oʻtgan vaqt mobaynida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekani qayd etildi.Dastlab Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Kam
Batafsil
Akademiya dotsenti xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Bugun Toshkent davlat yuridik universitetida “UNESCO – O‘zbekiston hamkorligining yangi bosqichi: ta’lim, madaniyat va inson huquqlari kesishmasida zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Mahfuza Alimova ham ishtirok etdi. Konferensiyada “UNESCO hujjatlarida mualliflik huquqini himoya qilish masalalari”, “UNESCO va Markaziy Osiyo: mintaqa tarixi va madaniyatini o‘rganish va xalqaro targ‘ib etish masalalari”, “UNESCOning huquqiy ta’limni rivojlantirishdagi roli” va boshqa shu kabi masalalar muhokama qilindi.
Batafsil
Yoshlar orasida radikalizm va ekstremizmni oldini olish masalalari
Joriy yilning 20-24-noyabr kunlari Farg‘ona, Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida “Yoshlar orasida radikalizm va ekstremizmni oldini olish masalalari” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘rtasida amalga oshirilgan “Radikalizm va ekstremizmga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida o‘tkazildi. Treninglarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Nigora Yusupova, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti A’zamxon Qambarov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Shukrullo Jo‘rayev, shuningdek, vilo
Batafsil
Akademiyada “Kuzgi psixologik maktab”doirasida seminarlar davom etmoqda
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Kuzgi psixologik maktab” tadbirlari boshlandi.Bugun “Psixologiya va din: zamonaviy qarashlar va chaqiriqlar” mavzusida seminar o‘tkazildi. Onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan tadbirda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Yuliya Shapoval, dotsent Almat Nuratdinov, Anqara davlat universiteti “Din sotsiologiyasi” kafedrasi mudiri Niyoziy Oqyuz, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.So‘zga chiqqanlar tomonidan “Diniy matnlarni sotsiologik jihatdan tahlil qilishning ahamiyati”, “Mojaro zonalaridagi bolalarni psixo-ijtimoiy reabilitatsiya qilish: Qozog‘iston tajribasi” hamda “Dindorlikni o‘lchash uchun psixodiagnostik vositalar to‘g‘risida” kabi mavzularda ma’ruz
Batafsil
“Konfessiyalararo muloqot klubi”ning navbatdagi yig‘ilishi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari o‘rtasida faoliyat yuritib kelayotgan “Konfessiyalararo muloqot klubi”ning navbatdagi yig‘ilishi madaniyatlar chorrahasi – Samarqand shahrida tashkil qilindi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvning asosiy mavzusi sifatida “Dinshunoslikda fanlararo yondashuvning ahamiyati” tanlandi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, “Dinshunoslik” yo‘nalishi talaba va magistrantlari, shuningdek, viloyatdagi turli diniy tashkilot vakillari ishtirok etdilar. Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – zamonaviy dinshunoslik sohasida sotsiologiya, antropologiya, tarix, psixologiya, madaniyatshunoslik, axborot texnologiyalari kabi fanlarning o‘zaro integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishdagi o‘rni va talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishdan iborat b
Batafsil
Talabalar ishtirokida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yaqin Sharqda diniy ekstremizmning oqibatlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Akademiya talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov mavzu doirasida ma’ruza qildi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Yaqin Sharq mintaqasida millatlararo, etnik va diniy asosdagi qarama-qarshiliklar, ichki va mintaqaviy mojarolar kuzatilayotgani, buning sabab va oqibatlari haqida so‘z yuritildi.Radikalizm, terrorizm va ekstremizm muayyan davlat yoki mintaqa tanlamasligi, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan aholi tashqi kuchlar tomonid
Batafsil
Diniy ekstremistik oqim g‘oyalari ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olish
Bugungi globallashuv va axborot almashinuvi davrida diniy-ekstremistik g‘oyalarni tarqatish orqali boylik orttirishni, turli siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ayrim toifalar tomonidan internet tarmog‘ida odam savdosi, giyohvandlik, terrorizm va diniy ekstremizmni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalar keng tarqatilayotganligi nafaqat yurtimiz jamoatchiligi, balki jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Ana shunday murakkab bir davrda yurtimiz yoshlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat”ning ta’siridan asrash jamiyatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Diniy ekstremistik oqim g‘oyalari ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
BatafsilBobur Mirzo: “Anda jonim olib qolgʻan Andijonim qoldi mening…”
Inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyos hisoblanadi.Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganlaridek, “Teatr bu – ibratxonadir”. Ayniqsa, ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va ijodi aks etgan sahna asarlari yoshlar ongiga vatanparvarlik, ilm-ma’rifatga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytiradi. Ana shunday siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, ulug‘ shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.Bugun ertamiz egalarida Bobur Mirzoning boy ilmiy ijodi, ma’naviy mahzanlari bilan tanishtirish, asarlarini mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni hisoblanadi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro
Batafsil
Narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 300 millionga yaqin odam giyohvandlik illatiga yo‘liqqan. Afsuski, ularning aksariyati 30 yoshga yetmagan. Ushbu illat oqibatida har yili 600 mingdan ziyod odam hayotdan erta ko‘z yumadi. Sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi psixofaol moddalar iste’mol qiluvchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Taassufki, xalqlar, millatlar kelajagiga raxna soluvchi bu ofat yurtimiz yoshlarini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, kuch-g‘ayratini bilim olish, izlanish, hunar o‘rganishga sarflashi kerak bo‘lgan yoshlarni aldov yo‘li bilan boshi berk ko‘chaga kiritayotgan shaxslar soni kun sayin ortmoqda.Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga q
Batafsil