O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiyada “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi hamda “Oltin davrim” shiori ostida “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Bayram saylini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Matluba Qahhorova kirish so‘zi bilan ochib berishdi.Tadbirda so‘z olganlar tomonidan yurtimiz bayrog‘i nafaqat O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzi, balki xalqimizning, shu yurtda tug‘ilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan turli millat va elatlarning tinchligi, hamjihatli

Batafsil
Millat g‘ururi – Vatan bayrog‘i
Yangiliklar

Millat g‘ururi – Vatan bayrog‘i

Tarixdan maʼlumki, Vatan ramzlari doimo ulugʻ va muqaddas sanalgan. Bayroq hamisha insonlarni yakdillikka, ulugʻ maqsad yoʻlida birlashishga chorlagan. Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida eʼzozlangan. Zero, bayroq har bir xalq, millatning shonli oʻtmishi va buyuk kelajagi, asriy anʼana va urf-odatlarini oʻzida aks ettirgan.Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat suverenitetining ramzi bo‘lib tarixdan o‘rin egalladi.Ayni paytda yurtimiz boʻylab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham bayram tadbiri tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi

Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining  TABRIGI
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektorining TABRIGI

Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar!Aziz talabalar!Bugun mustaqil O‘zbekistonimiz uchun nihoyatda muhim sana hisoblanadi. Zero, 1991-yil 18-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan edi. O‘ttiz to‘rt yildirki, bu qutlug‘ sana har birimiz uchun faxr-iftixor, vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada yuksaltiruvchi imkoniyatdir. Chunki bayroq millat mavjudligi va ozodligi, tarixiy xotira va davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, o‘sha xalqning orzu-istaklarini, umidlarini, kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida ifoda etadi. Dunyodagi deyarli barcha mustaqil davlatlar o‘z bayrog‘iga ega. Mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida o‘rni bor. Shu ma’noda, milliy bayrog‘imiz davlat va jamiyat hayo

Batafsil
Oʻzbekiston – bag‘rikeng diyor
Yangiliklar

Oʻzbekiston – bag‘rikeng diyor

Maʼlumki, UNESCO tashkiloti tomonidan dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni taʼminlash, millatlar va elatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib, hozirda bagʻrikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, O‘zbekistonda nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston azaldan turli millat, elat va din vakillarining tinch-totuv, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhiti bilan ahillikda hayot kechirgan maskan sifatida e’tirof etiladi.Hozirgi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashab kelmoqda.Shu munosabat bi

Batafsil
“Diniy bagʻrikenglik” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

“Diniy bagʻrikenglik” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun poytaxtimizdagi “Azimut Grand” mehmonxonasida 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz “Diniy bagʻrikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, diniy konfessiyalar vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan hamyurtlarimiz, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdilar.Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev tantanali marosimda so‘zga chiqib, mukofot sohiblarini samimiy tabrikladi. U yurtimiz ravnaqi va ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga muvaffaqiyatlar tilab, ko‘krak nishonlarini egalariga topshirdi.Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentabrdagi “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻris

Batafsil
Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti vakili Akademiya talabalariga seminar dars o‘tdi
Yangiliklar

Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti vakili Akademiya talabalariga seminar dars o‘tdi

Oʻzbekiston va Qozog‘iston oʻrtasidagi munosabatlar, ayniqsa, taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining xorij oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Jumladan, Akademiya tomonidan Qozog‘istonning qator universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi, mamlakatning oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining maʼruzalari, talablar bilan almashinuv tashkil etilmoqda. Bugun ana shunday ilmiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi.Ma’lumot uchun aytish joiz, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti Qozog‘istondagi eng qadimiy universitetlardan biridir. Universitet 1934-yil tashkil topgan bo‘lib, 1991-yil 23-oktabrda universitetga Sharqning buyuk alloma

Batafsil
Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi
Yangiliklar

Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi

Bag‘rikenglik – xalqimizga xos azaliy fazilat. U boshqa millat va din vakillariga nisbatan hurmat, xayrixohlik va muruvvat bilan munosabatda bo‘lish, insonning e’tiqodi, tili yoki irqiga qaramasdan, eng avvalo, insoniy qadr-qimmat bilan e’zozlash madaniyatidir. BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, O‘zbekistonda nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston azaldan turli millat, elat va din vakillarining tinch-totuv, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhiti bilan ahillikda hayot kechirgan maskan sifatida e’tirof etiladi.Hozirgi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashab kelmoqda.Shu munosabat bilan mamlakatimizning

Batafsil
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari
Yangiliklar

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari

Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar masalasi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini koʻrsatish uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Shayxontohur tuman hokimi oʻrinbosari Ziyoda Toxirova, Din ishlari boʻyicha qoʻmita masʼul xodimi Zokirjon Mardonov, Toshkent shahar IIBB TKX TKKB katta tezkor vakili, kapitan Xusan Gaynazarov, Shayxontoxur tumani IIOFMB kat

Batafsil
Yurtimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlariga start berildi
Yangiliklar

Yurtimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlariga start berildi

Bag‘rikenglik — bu xalqimizga xos azaliy fazilat. U boshqa millat va din vakillariga nisbatan hurmat, xayrixohlik va muruvvat bilan munosabatda bo‘lish, insonning e’tiqodi, tili yoki irqiga qaramasdan, eng avvalo, insoniy qadr-qimmat bilan e’zozlash madaniyatidir.BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, O‘zbekistonda nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston azaldan turli millat, elat va din vakillarining tinch-totuv, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhiti bilan ahillikda hayot kechirgan maskan sifatida e’tirof etiladi.Hozirgi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashab kelmoqda.Bugun yurtimizning barcha hududlar

Batafsil
Davlat muassasalarida rasmiy protokol qoidalariga muvofiq kiyinish etikasi
Yangiliklar

Davlat muassasalarida rasmiy protokol qoidalariga muvofiq kiyinish etikasi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari uchun “Davlat muassasalarida rasmiy protokol qoidalariga muvofiq kiyinish etikasi” mavzusida maxsus seminar dars o‘tkazildi.“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi “Diplomatik akademiya” dotsenti, O'zbekiston Respublikasining Rossiya va Qirg‘iziston Respublikalaridagi sobiq elchisi Ziyadulla Po‘latxo‘jayev olib bordi.Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekanlar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri ham, bu – kiyinish etiketidir. Kimning qanday kiyinishiga qarab, uning

Batafsil
Akademiya mas’ullari tomonidan Talabalar turar joyidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi
Yangiliklar

Akademiya mas’ullari tomonidan Talabalar turar joyidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Farhod Karimov, Jahongir Tohirov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda dekan o‘rinbosarlari hamrohligida Akademiya hududida joylashgan 1-Talabalar turar joyida bo‘lishdi.O‘rganish davomida Akademiya mas’ullari talabalarning yashash sharoiti, o‘quv va dam olish imkoniyatlari bilan tanishib, ularning fikr va takliflarini eshitishdi. Talabalar turar joyi xonalari, kutubxona va oshxonalarni ko‘zdan kechirilib, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida gaz va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha maslahat berildi.Talabalar Akademiya mas’ullarining tashrif

Batafsil
“Ijod zavqi”da pok niyatlar, insoniy tuyg‘ular tarannumi
Yangiliklar

“Ijod zavqi”da pok niyatlar, insoniy tuyg‘ular tarannumi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida elimiz suygan shoir-yozuvchilar, qalam ahli sohiblari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan. Bu kabi tadbirlar talaba yoshlarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.Bugun shu maqsadda Akademiyada “Ijod zavqi” kitobining taqdimoti hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli shoira Umida Abduazimova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Akademiyaning “Mushoira” klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, professor Zohidjon Islomov, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, ijodkor talaba yoshlar ishtirok etishdi. Xalqimizning sevimli shoirasi Umida Abduazimova ham kitob bilan yosh qalamkashlarni tab

Batafsil
Ko'rinish